Bolaning teri kattalarnikidan farq qiladi, shuning uchun bolaning teriga alohida ahamiyat berish lozim.
Birinchidan, bolada ter chiqaruvchi bezlar rivojlanmagan bo'ladi. Shuning uchun bola badanidan issiqlikni ter orqali emas, o'pkasi orqali chiqaradi. Quruq yoki issiq havo o'pka orqali badan issiqligini chiqarishga to'sqinlik qiladi va bolaning hali yaxshi rivojlanmagan ter bezlariga og'irilik tushib, bola teriga ziyon yetadi.
Ikkinchidan, bola terining eng yuqori qismi kattalarnikiga nisbatan ingichka bo'ladi. Shuning uchun arzimagan kimyoviy yoki mexanik ziyon bola teriga qattiq ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Uchinchidan, bola teri yog'lar (lipidlar)ga boy bo'ladi. Bu yog'lar kattalar uchun zararsiz bo'lgan moddalarni (kimyoviy poroshok, siydik, kal) bola terida tez parchalab yallig'lanish oson hosil bo'lishiga olib keladi.
Bola terining do'stlari:
1. Harorati 20 gradus atrofida, va namlik darajasi 50-70% bo'lgan xona;
2. Sifatli paxta tolasidan qilingan kiyim;
3. Yalong'och bo'lish - bola terini toza havo bilan kontakt qildirish lozim;
4. Nam gigienik salfetkalar;