Bolalarda ASTMA  ( 9259 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  07 Mart 2011, 15:04:43

Astma kasalligi keng tarqalgan bo'lib, kattalarda juda og'ir kechadi. Astma bilan kasal bo'lgan bola nafas olishi qiyin bo'lib, doimiy yo'talishi bilan qiynaladi. Oddiy jismoniy mashg'ulotlardan keyin nafas olishi muamo bo'lish hollari ham mavjud. Astma kasalligini vaqtida aniqlab davolash kerak. Aks holda bola jismonan juda zaif bo'lib o'sadi. Agar kattalarda astma surunkali bo'lsa, bolalarda uni davolash mumkin.

Astma kasalligining alomatlari:

- Tez-tez, qisqa-qisqa nafas olish (chuqur nafas olish mushkul);
- Nafas hushtak bilan chiqadi;
- Nafas olinayotganda ko'krak mushaklari qattiq, ko'rinarli harakatda bo'ladi;
- Lab, tirnoq yoki yuzning ko'kishroq rangda bo'lishi (o'pkaga yetarlicha kislorod tushmagani sababli);
- Doimiy charchoq hisi;
- Ishtahaning yo'qligi;
- Yig'lash ohangining o'zgarishi (pastroq ohangda yig'lash);
- Apatiya;
- Bo'shlik.

Qayd etilgan


Ansora  07 Mart 2011, 15:05:02

Astma simptomlari ko'pincha kechasi uyqu payti namoyon bo'ladi. Buning sababi:

1. Nafas olish yo'llari kechasi sezgirligi oshadi;
2. Tunda o'pka qisqarishi pasayadi;
3. Tunda organizm o'pka faoliyatini ozgartiruvchi maxsus moddalarni ishlab chiqaradi;
4. Badan harorati kechasi pasayadi, bu esa nafas yo'llari sovushiga olib keladi.

Bolalarda astma kelib chiqish sababi:
Hozirgi kungacha astma kasalligining barcha sababi aniqlanmagan. Asosiy aniq sabablar:
- Allergiya - allergenlar tufayli bola nafas olish tizimi zaiflashadi;
- Genetika - astma genetik o'tishi mumkin bo'lgan kasallik;
- Bola rivojlanishi - chaqaloqning immuniteti pasayishiga olib keluvchi faktorlar mavjudligi (og'ir homiladorlik, chaqaloqni ko'p shamollatish, ko'krak sutini emmasligi, homiladorlik davomida homilador ayolning chekishi va boshqalar).

Qayd etilgan


Ansora  07 Mart 2011, 15:05:22

Bolalarda astmani davolash:

Odatda bolalarda astma ikki bosqichda davolalanadi. Birinchisi - astmani keltirib chiqaruvchi faktorlar (allergen, sovuq havo, tashqi muhitdagi yod moddalar, masalan tamaki)ni aniqlab ularni bartaraf etish. Ikkinchisi - kasallikni dori bilan davolash.
Davolashni doimo yoki xuruj paytidagina amalga oshirish mumkin. Ko'pincha gormonal preparatlar, ingalyatsiya va spreylar ishlatiladi. Eng asosiysi kasallikni davolash sxemasini aniq bajarish lozim.
Astma bilan kasal bolalarni jismoniy mashg'ulotlardan xoli qilish kerak.

Ota-ona bilishi lozim bo'lgan narsalar:

1. Bolaning hayotining dastlabki yili davomida ko'p shamollagan, ayniqsa yo'talgan bo'lsa, uni nazorat qilib turing;
2. Astma alomatlari aniqlansa, darhol vrachga murojaat qiling;
3. Vrach bilan davolash sxemasini ishlab chiqing;
4. Astma alomatlari namoyon bo'lish tezligi va sonini kuzating;
5. Bolada astma alomatlari paydo bo'lishiga ta'sir etuvchi faktorlarni aniqlang va ularni bartaraf eting;
6. Vrach tavsiya etgan dorilarni vaqtida to'g'ri miqdorda bolaga ichiring.

Qayd etilgan