Tadqiqodlarning ko'rsatishicha, massaj bolani rivojlanishiga, xulq-atvoriga juda ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Bola massaji bu avallo terini teri bilan munosabatni ta'minlaydi, bu munosabat esa ona va bolaning o'zaro aloqalsini takomillashtiradi, bir birlarini yanada osonroq tushuna olishga yordam beradi.
Albatta ayrim hollarda massaj tibbiy tavsiya etilgan bo'lishi mumkin. U holda bolangizga maxsus vrach tomonidan massaj qilinadi. Lekin agar chaqaloq sog'lom bo'lib, vazni yaxshi bo'lsa unga ham massaj juda foydali. Bunday bolalarga massajni onaning o'zi qilishi mumkin.
Massaj shunchaki bolaga yoqimli bo'lishidan qat'iy nazar, u bolani yaxshiroq rivojlanishini va o'sishini ta'minlaydi. Ayrim mamalakatlarda bolaga ona massaj qilmasa, bu katta xato deb ta'kidlanadi. Massajning qiziqarli tomoni shundaki, massaj olgan bola tezroq o'sib, yaxshi rivojlanadi. Nega?
1. Bolani silaganda bola organizmida o'sish uchun kerak bo'lgan maxsus moddalar ishlab chiqariladi. Masalan, vaqtidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarga massaj qilganda ularning vazni 47%ga ko'proq o'sayotgani kuzatilgan. Hayvonlar ham bolasini tili bilan yalab massajga o'xshash harakatlarni amalga oshiradilar. Yangi tug'ilgan kuchuk bolalarini onasidan ajratib, yalashdan cheklab qo'yganda, bu kuchuk bolalarining o'sish darajasi pasayib ketgan.
Aynan mehr bilan bola silanganda uning o'sishi ta'minlanadi.
2. Yana bir tadqiqodning natijasi ko'rsatishicha, masaj nafaqat tanani o'sishiga yordam beradi, balki miya rivojlanishiga ham katta ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Tadqiqodchilar aytishicha, chaqaloqni silab massaj qilganda, unda mielin moddasi ajralib chiqar ekan. Bu modda esa miya rivojlanishi uchun foydali ekan.