Сумалак танлови  ( 28294 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B

Nozima25  14 Mart 2011, 07:28:37

AQSHda yashovchilar uchun bugdoyni Whole Foods dokonidan olishlarini tavsiya etaman,  u erdagi bugdoyning rangi judayam chiroyli sumalak mazali chiqadi.

Qayd etilgan

BelleQizcha  15 Mart 2011, 06:05:18

Sumaleni o'tgan yili, bir kosani ozim *Paqilatgandim*
bu yil shu bir kosa tursin bir piyyolayam nasib qisin-de

Qayd etilgan

Nozima25  17 Mart 2011, 01:37:39

Sumalak.
 
Masalliqlar: 1 kg bugdoy,  2,5-3kg un, 200 ml yog, suv.

 Sumalak uchun bugdoyni olib 24 soat sovuq suvga solib qoyiladi, keyin tahtali patnisga 1,5-2 sm qalinlikda yoyiladi, qorongi quyosh tushmaydigan joyga qoyish kerak(ustiga hech narsa yopilmaydi) tahtani bir tarafini salgina qiya qilib qoyilsa (1sm) bugdoy pihlanib qolmaydi. Keyin har kuni suv quyib turiladi. Bugdoy unib sargish rangda boladi uzunligi tahminan 3 sm bolsa kerak, (agar kokarib ketsa sumalak tahir chiqadi) oppoq ildiz otgan bolishi kerak. Keyin bugdoyni gosht qiymalagichdan (yoki food processor) otkaziladi.  Ezilgan bugdoyni  togoraga solib muzdek suv quyilib yahshilab aralashtiriladi keyin dokada suzib olinadi, 2-3 martda buni qaytariladi. Togoradagi bugdoyning suviga un , yogni solib blender yoki kopirtirgich( whisk)da silliq massa bolguncha aralshtiriladi va gazga qoyiladi  (baland olovga)  qaynagunicha  yogoch chavlida tinmay aralashtiriladi, qaynagandan keyin olovni  past qilinadi. Suvi kamayib qolganda qolgan bugdoy suvi yoki qaynagan suv solinadi va kavlab turiladi, (10-11 soatdan keyin umuman suv solinmaydi).Sumalak ortacha 13-14 soatlarda pishadi, ohirgi soatlarda tez-tez kavlab turish kerak. Sumalakni tayyor bolganini qaynavatganda shirasi ortaga keladi, rangi chiroyli va quyuq boladi, shundan bilish mumkin.

*Qozonning kattaligiga kelsak 1kg bugdoy uchun 13-15 litrli qozon togri keladi, mening fikrimcha tegi olmaydigan (yopishmaydigan) qozon bolsa tosh solmasayam boladi. Man ozim sumalakka tosh solmayman.   

Qayd etilgan

Sadulla  17 Mart 2011, 07:19:06

   :as:
Sumalakni tayyorlanishini juda tushunarli qilib tushuntiribsiz  :ms: :ms:
Biza sumalak qiganimizda sumalak qaynagandan keyin qaynagan suv o'rniga bug'doy suvi solinsa yanayam shirin chiqadi diyishgandi.Shunga bug'doy suvini solish yaxshiro.

Qayd etilgan

Chustiy  23 Mart 2011, 20:04:01

Sumalak maydonidan, jonli efirda kamina :)

Vanihoyat bug`doylarni ko`kartirib, bugun sumalak pishirishni boshlab yubordim, hozir ham qaynab yotibti :) besh soatcha qaynab rang kirishni boshlagan holati :)

Yangiliklardan bohabar bo`lish uchun dasturimizni kechki sonlarini ham kuzatib boring :)

Qayd etilgan

Chustiy  24 Mart 2011, 00:34:21

Qaynar sumalak... Ohirgi bosqichlaridan poto lavha...

Sumalakga o`xshabtimi? Birinchi gal bo`lgani uchun, ubu kamchiliklari bo`lsa mazur tugaysizlar... ;)

Qayd etilgan

Sadulla  24 Mart 2011, 07:00:27

 :as:
Sumalakni ko'rib odammi yegisi kep ketti  :(

Qayd etilgan

BelleQizcha  24 Mart 2011, 07:26:43

man bugun o'zim bug'doy olib ivib qoydim sumalee qilamiza, chiqmasa sumale non qiluviza hudo hohlasa...

Qayd etilgan

muxlisa  24 Mart 2011, 08:43:52

 :as:

Chustiy, sumalak o'xshabdi.  :bar: Bir narsani aytmoqchi edim. Sumalakni istagan paytda oshxonaga kirib qilinadigan taom emas-da, shunga rasmlardan tashqari sumalakni tayyorlash etaplarini ham yozib borsangiz yaxshi bo'lardi. Nimadan keyin nima solinadi, qachon solinadi, qancha qaynidi, qanday qaynidi..(nega qaynidi.hazil)  shularni xullas.

Qayd etilgan

Chustiy  24 Mart 2011, 11:37:47

O`zi sumalakni o`sha yozib qo`yish uchun qilindida... bo`masam zaril keptimi :)

Qayd etilgan