Jamiyat va inson > Biznes

Ekin-tikin, bog'dorchilik, dehqonchilik haqida gaplashamiz

(1/45) > >>

AbdulAziz:
Assalomu alaykum!
Bahor keldi. Kunlar isib, yerlarga jon kirdi. Hovlisida o'n qarich yeri bo'lsa ham o'zbek undan foydalanadi, unga biron giyoh ekadi.
Bir giyohning urug' bo'lib yerga qadalib, so'ng undan go'zaldan go'zal gullar, shirindan-shirin mevalar unib chiqishi katta mo'jizadir.

Olloh taoloning qavli: «Sizlar o‘zlaringiz ekayotgan ekiningiz xususida hech o‘ylab ko‘rdingizlarmi? Uni sizlar undirursizlarmi yoki Biz undirurmizmi?! Agar Biz istasak, albatta uni quruq cho‘p qilib qo‘ygan bo‘lur erdik!» («Voqi’a» surasi, 63—65-oyatlar).

Ushbu mavzuda xuddi mana shu xayrli ziroat haqida gaplashamiz. Zero sevikli Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. aytganlaridek:

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi bir musulmon biror daraxt yoxud biror ekin eksa-yu, uning hosilidan inson, qush yoki hayvon yesa, buning uchun unga ajru savob ato etilur» — deb marhamat qildilar». (Buxoriy rivoyati)

Ushbu mavzuda siz yozishingiz mumkin bo'lgan xabarlar:

1. Oxirgi marta nima ekdingiz? O'zi domda yashaymiz, nima ham ekardik? - demoqchimisiz? Unda ko'p qavatli uy hovlisida nima ekdingiz? Loaqal, uyda tuvakka nima ekdingiz?
2. Hovlingizda qanday mevali daraxtlar bor?
3. Qaysi daraxt yoki buta, gul, giyohlarning ekilishi, parvarish qilinishi haqida ma'lumot bera olasiz?

AbdulAziz:
Ha, biron narsani ekishdan avval yaxshi niyat qilib, ushbu ekayotgan narsam foydali bo'lsin deb, "Bismillahi, binniyatil xoyri" (yaxhi niyat bilan) deb ekishni tavsiya qilishadi.

O'tgan yili havas qilib, ushbu gulning urug'idan olib qo'ygandim. Bugun shuni va yana bir gul urug'ini yerga qadadim:

AbdulAziz:
O'tgan yili kuzda ekilgan gazonlar ko'karib qoldi:



Gazonni parvarishlash bo'yicha qanday maslahatlar bor?

Eski uy buzlishi bilan ochilib qolgan 3x10 metr jjoyni bugun ukam bilan tekislab, kartoshka ekishga tayyorlab qo'ydik:



Men avval kartoshka ekib ko'rmaganman. Qanday ekish kerakligini urug' sotuvchisi tayinladi. Xudo xohlasa bugun yo erta ekib yuboramiz. Sotuvchining aytishicha, kartoshka urug'ini ikkiga bo'lib ekish kerak ekan.

Qanday maslahatlar bor?

BelleQizcha:
mana senga olam olam gul, etaginga chiqanichaa oll.

guzel guzel

muxlisa:
 :as:

Chiroyli mavzu boshlabsiz.  :jaza:

 Ekinlariz xayrli, barakotli bo'lsin.

Bilishimcha, gazonga tez-tez suv quyib turiladi, qurib qolmasligi u-n. Va yana uzun bo'lib o'sib, betartib bo'lib ketmasligi u-n kesib turgan yaxshi. agar gazon kesadagan apparat bo'lsa, yanayam yaxshi.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version