Ekin-tikin, bog'dorchilik, dehqonchilik haqida gaplashamiz  ( 137659 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 23 B


Aqoid  12 May 2011, 03:45:09

Bu esa anor bog'imiz


Qayd etilgan


Aqoid  14 May 2011, 05:20:24

 :as: Anjonliklar! Kimda malina ko'chati bor, ho'y devorilar

Qayd etilgan


Nurdinboy  15 May 2011, 13:27:27

:as: Anjonliklar! Kimda malina ko'chati bor, ho'y devorilar

     Bizi Uchqo'rg'in tomonda, Farg'ona kanali qirg'og'ida malina o'sadi. U qanaqasi yovvoyisi bo'ladimi? 

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  30 May 2011, 05:00:56

Bog'imizda shaftoli, behi va yana bir qancha yosh daraxt barglari negadir sarg'ayib ketyapti.
Yerimiz baquvvat, go'ngni vaqtida yetarlikcha solib turamiz.
Bu sarg'ayib ketishi nimadan bo'lishi mumkin?

Qayd etilgan


Aqoid  30 May 2011, 09:11:02

Bizda faqat behilarda shunaqa bo'ldi. Buyam kasallikdir zangga o'xshagan.

Qayd etilgan


Sadulla  23 Iyun 2011, 05:47:18

 :asl3:

Bu yil mevalar ancha mo'l bo'ldi.Ayniqsa o'rik,olma daraxtlari serhosil bo'ldi bu yil.Ko'chadagi o'riklar pishib ketganidan yerlarga to'kilib yotibdi.Shu mevalarni uvol bo'lgani yaxshimasda lekin  :( .Mevalar kam bo'lsa odamlar kam deydi,ko'p bo'lsa uvol bo'lib yotadi.Mevani pishgandan keyin tez terib olish kerakda,yerda uvol bo'lib yotgandan ko'ra.O'riklar pishib,qolmayotgan bir paytda bizni ko'chadagi o'rik xech pishaman demaydi  :D . Past shoxlaridagi dovuchchalar(g'o'ralar) hali ham yam-yashil.Lekin bizga pishmagani ham bo'laveradi,sabr chidamasdan pishmaganlariniyam yeb tashlayapman  :D

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  23 Iyun 2011, 06:15:00

Шу ксчада ётган меваларнинг хукми қандоқ бсларкин, кимда шаръий хукм бслса келтириб стсин илтимос.
Ксча ксйда мевалар исроф бслиб тскилиб ётганини ксраман, меваларни четга олиб қссман. Бир куни махаллада (дом)йслакдаги меваларни териб уйга кетаётгандим, Имом Абу Ҳанифанинг отасининт олмани бессроқ еб қсйгани ссимга тушдию, ортга қайтиб меваларни сша огороднинг бир четига қсйиб келдим.
Барибир меваларни биров емади, чириб кетди.
Бировнинг боғидаги меваларга асло мухтожлигимиз йсқ, алҳамдулиллаҳ шароитимиз схши, боғимизда ҳар турли мевалардан керагича бор. Фақат қсчада исроф бслиб ётганини ксриб чидаш қийин бслспти.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  25 Iyun 2011, 21:18:14

13 rasmdagi limon guli. Bizi limon bu yil bir dona meva berdi ;D
Limonariya bormi yo tuvakda o'stirilganidanmi?

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  25 Iyun 2011, 22:01:00

  :asl3:
Ayrim o'simliklar haqida savollar bor, bilganlar nomini yozvorar degan umidda rasmlarini forumga joyladim.

1. Bog'imizda bir gul bor, uyni sotib olishimizdan oldin uy egasi ekkan ekan. Bahorda ochiladi, lekin umri qisqa, ikki haftalarda barglari to'kilib deyarli qolmaydi. Hidi judayam xushbo'y.
Shu gulning nomini bilganlar bormi?
Rasm:




2. Bolaligimizda istirohat bog'iga chiqib, yerga to'kilgan bargsimon mevalarni terib olardik. Orasini yorib shirasini yerdik : ) Bugun peshin namozidan kelayotib ko'chada shu daraxtni ko'rib qoldimu, bir ikkita mevasidan uzib oldim. Hozir hom, yashil rangda. Pishganda jigarrang bo'lib po'sti qalinlashadi, o'zi yerga to'kiladi. Ichida danakchalari ham bo'ladi. Rasmdagi hom holda.
Rasm (mevasi va bargi):



3. Poytahtimiz dam olish joylarida va yo'l chetlarida shu yong'oq darahti yastanib yotadi.
(Rasm sifati uchun uzr. U yoqdan o'tsam ham bu yoqdan o'tsam ham, chiroq nurida xira chiqaverdi).



Qayd etilgan


azizbek_mx  25 Iyun 2011, 23:49:28

13 rasmdagi limon guli. Bizi limon bu yil bir dona meva berdi ;D
Limonariya bormi yo tuvakda o'stirilganidanmi?

u payt tuvakda edi. Hozir teplitsachamizga ko'chirib, yoniga ikkita qarindoshlaridanam o'tqazib qo'ydik. Undan tashqari pomidor, bodring, bulgor qalampir, rayxon va boshqa ko'katlaniyam o'stiryapmiz. Hozircha dehqonchilik yomon emas. Svejiysini palagidan uzib yegan boshqacha bo'ladida baribir

Qayd etilgan