Ekin-tikin, bog'dorchilik, dehqonchilik haqida gaplashamiz  ( 116346 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 23 B


Mo'min Mirzo  07 Iyul 2011, 23:05:52

O'rgildim shunday "ixtiro"laridan.
Shularning "ixtiro"si sabab tabiiylik o'rnini suniylik egallayapti.
Yana "zahar"lar haqida gapirishlari nimasi.
Bunday mahsulotlarni hechkimga tavsiya etmayman! Alloh bergan tabiiy ravishda yetilgan mevalar servitamin bo'ladi, organizm tez o'zlashtiradi va eng muximi zahari bo'lmaydi!
Bir narsani tushunib yetishimiz kerak, Alloh ne'matlarini vaqt va iqlimga mos qilib beradi. Organizmga kuz faslida gilos umuman kerakmas, bahorda esa xurmo kerakmas, yozda quruq yong'oq, qishda esa tarvuz kerakmas! Mijozni tushunganlar Alloh har narsani, jumladan yeguliklarimizni ham o'lchov bilan berganini tushunib yetadi. Bizning tanamizga qaysi davrda nima kerakligini Alloh biladi, o'sha vaqt kelganda ne'matini sochadi.
Tabiiylikka qaytinglar, anovi ertapishar chiroyli (dorilangan) mevalarini olib qon va jigarni zaharlamanglar. Ayniqsa bolalarga bermanglar! Allergiya aynan shu kasofat ximik moddalar bilan o'stirilgan mevalardan kirib keladi.
Katta katta sersuv olmalar, kivi, ananas, mango, banan, kokos yong'og'i bizga kerakmas. Kerak bo'lganda bizning iqlimda ham o'sar edi. Bu mevalarda topiladigan vitaminlar o'zimizning yerlarda ham to'lib yotibdi. Ximikatlar bilan to'ldirilib eksport qilingan bu mevalarni iste'mol qilayotganlar ko'plab kasallikka chalinadilar.

Qayd etilgan


Habib  08 Iyul 2011, 11:23:22

Ўзбекистонимизда ИншаАллоҳ сқин орада зайтун дарахти ҳам ссади.
В Узбекистане планируют вс‹рас‰ивать маслинс‹

Qayd etilgan


Ansora  11 Sentyabr 2011, 12:20:43

AbdulAziz, kartoshka hosili qalay bo'ldi:)

Qayd etilgan


Habib  20 Dekabr 2011, 00:14:25

Бугун "А исовс‹й" бозори ёнидаги Магнит супермаркетига кирдим. А асталарда нақ гилос(буқаксз) ва шафтоли турибди. Қани-қани бир нархини ксрай деб қарасам, ишонинг икки марта, синчиклаб қарадим, адашмадимми деб сна қарадим.
Гилос - 170.000 ссм/кг
Шафтоли - 99.000 ссм/кг

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  20 Dekabr 2011, 10:14:56

Qimmatlashibdida : )
Ikki uch yil oldin qo'shnimizning ahliyasi ayni qish pallasida avval shaftoliga so'ng gilosga boshqorong'i bo'lib qolgandi : )
Shaftoli o'shanda Zarqaynarda 75ming, gilos Demirda 9donasini 12mingga olgandi : )

Qishga gilos saqlash qiyin emas, ayni pishgan vaqtda terib olib, tsellofan haltalarga solib, og'zini mahkam yopib xolodilnik muzxonasiga solib qo'ysa yil bo'yi buzilmay turadi.

Qayd etilgan


Ansora  20 Dekabr 2011, 15:18:40

 :asl3:

Biz tarvuz olgandik. Yozda kg- 50 kurush edi, bu safar 1 kg- 5 lira, voydod qancha ortibdi, hisoblashga ojizman...

7 kg tarvuzga 35 lira berish alam qilarkan:(

Qayd etilgan


Humayro  20 Dekabr 2011, 15:39:07

Endi qishda yalpizam topiladi.
Pul bo'lsa jangalda sho'rva.

lekin inson organizmi baribir har narsani mavsimiga qarab talab qilarkin

Qayd etilgan


Ansora  20 Dekabr 2011, 15:42:47

Endi qishda yalpizam topiladi.
Pul bo'lsa jangalda sho'rva.

lekin inson organizmi baribir har narsani mavsimiga qarab talab qilarkin

Biz taraflarda yalpiz 4 mavsum bo'ladi, ham arzon:) jo'nataymi:)

Qayd etilgan


Humayro  20 Dekabr 2011, 15:54:57

yo mangamas opa  ;)

Zumrad bechora esimga tushib ketdi, berahm ogay onasiga to'rta yalpiz axtaraman deb sovuq qishda o'rmon kezganidi :2...

Bizda esa pulga topiladi "hamma" narsa. Yalpizniyam sog'inish yo'q, tarvuzniyam kutmaysan pishishini...

Qayd etilgan


Ansora  20 Dekabr 2011, 15:56:18

Bu yerlarda o'zimizni yashil turp boru- qarsillagan shuni hech ko'rmadim, sog'indim, bu yerda rediskaga- turp deyishadi, men yolg'ondakam turp ku, asl turpni yemabsizlar, deyman kulib:)

Qayd etilgan