Ekin-tikin, bog'dorchilik, dehqonchilik haqida gaplashamiz  ( 118339 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 23 B


AbdulAziz  08 Mart 2011, 18:27:32

Assalomu alaykum!
Bahor keldi. Kunlar isib, yerlarga jon kirdi. Hovlisida o'n qarich yeri bo'lsa ham o'zbek undan foydalanadi, unga biron giyoh ekadi.
Bir giyohning urug' bo'lib yerga qadalib, so'ng undan go'zaldan go'zal gullar, shirindan-shirin mevalar unib chiqishi katta mo'jizadir.

Olloh taoloning qavli: «Sizlar o‘zlaringiz ekayotgan ekiningiz xususida hech o‘ylab ko‘rdingizlarmi? Uni sizlar undirursizlarmi yoki Biz undirurmizmi?! Agar Biz istasak, albatta uni quruq cho‘p qilib qo‘ygan bo‘lur erdik!» («Voqi’a» surasi, 63—65-oyatlar).

Ushbu mavzuda xuddi mana shu xayrli ziroat haqida gaplashamiz. Zero sevikli Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. aytganlaridek:

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi bir musulmon biror daraxt yoxud biror ekin eksa-yu, uning hosilidan inson, qush yoki hayvon yesa, buning uchun unga ajru savob ato etilur» — deb marhamat qildilar». (Buxoriy rivoyati)

Ushbu mavzuda siz yozishingiz mumkin bo'lgan xabarlar:

1. Oxirgi marta nima ekdingiz? O'zi domda yashaymiz, nima ham ekardik? - demoqchimisiz? Unda ko'p qavatli uy hovlisida nima ekdingiz? Loaqal, uyda tuvakka nima ekdingiz?
2. Hovlingizda qanday mevali daraxtlar bor?
3. Qaysi daraxt yoki buta, gul, giyohlarning ekilishi, parvarish qilinishi haqida ma'lumot bera olasiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2011, 18:37:25

Ha, biron narsani ekishdan avval yaxshi niyat qilib, ushbu ekayotgan narsam foydali bo'lsin deb, "Bismillahi, binniyatil xoyri" (yaxhi niyat bilan) deb ekishni tavsiya qilishadi.

O'tgan yili havas qilib, ushbu gulning urug'idan olib qo'ygandim. Bugun shuni va yana bir gul urug'ini yerga qadadim:


Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2011, 18:45:00

O'tgan yili kuzda ekilgan gazonlar ko'karib qoldi:



Gazonni parvarishlash bo'yicha qanday maslahatlar bor?

Eski uy buzlishi bilan ochilib qolgan 3x10 metr jjoyni bugun ukam bilan tekislab, kartoshka ekishga tayyorlab qo'ydik:



Men avval kartoshka ekib ko'rmaganman. Qanday ekish kerakligini urug' sotuvchisi tayinladi. Xudo xohlasa bugun yo erta ekib yuboramiz. Sotuvchining aytishicha, kartoshka urug'ini ikkiga bo'lib ekish kerak ekan.

Qanday maslahatlar bor?

Qayd etilgan


BelleQizcha  08 Mart 2011, 18:45:16

mana senga olam olam gul, etaginga chiqanichaa oll.

guzel guzel

Qayd etilgan


muxlisa  08 Mart 2011, 19:50:04

 :as:

Chiroyli mavzu boshlabsiz.  :jaza:

 Ekinlariz xayrli, barakotli bo'lsin.

Bilishimcha, gazonga tez-tez suv quyib turiladi, qurib qolmasligi u-n. Va yana uzun bo'lib o'sib, betartib bo'lib ketmasligi u-n kesib turgan yaxshi. agar gazon kesadagan apparat bo'lsa, yanayam yaxshi.

Qayd etilgan


AL_laziz87  08 Mart 2011, 20:16:28

Davron aka kartoshka ekkani agatni o'ziz oldizmi diyman :) ozgina kichikka o'xshadi.  Suv qo'yganizda qiynalasiz. Nam tez tarqam yer qattiq bo'lib qoladi. Suv qo'yganizdan keyin yerni yumshatib turing begona o'tlar chiqme tez katta bo'ladi kartoshka

Qayd etilgan


AL_laziz87  08 Mart 2011, 20:26:31

Davron aka agar uruq katta bo'lsa keyin ikkiga bo'ling. Bo'lgan tomonizda kartoshkani ko'karib chiqqan nishi bo'lishi kerak. Bo'lmasa kartoshka chiqmedi. Uruqni orasini 22 sm dan katta qivormeng. 16 sm dan kichik xam bo'lmasin

Qayd etilgan


Ansora  08 Mart 2011, 20:38:25

 :as:

Mavzu uchun rahmat. Aziz Mahmud Hudoiy Hazratlarini hayotlaridan bilamizki (o'qituvchilariga gul sovg'a qilaman, deb qo'llarini uzatsalar gul zikr aytayotgan bo'ladi) har bir jonli o'simlik Allohga zikr aytarkan. Siz ekkan har narsangizga mehr bilan qarasangiz u albatta maromida o'sadi. Lekin qarovsiz qolsa so'ladi. Men o'g'lim tug'ilgandan beri gullarimga e'tibor bermaganim uchun ular birma-bir so'la boshladi. So'lmaganlari esa hech o'smay qo'ydi:(
Ekin-tikinda ma'naviy taraf ham muhim, degan maqsadda bularni yozdim...

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Mart 2011, 08:34:30

Davron aka kartoshka ekkani agatni o'ziz oldizmi diyman :) ozgina kichikka o'xshadi.  Suv qo'yganizda qiynalasiz. Nam tez tarqam yer qattiq bo'lib qoladi. Suv qo'yganizdan keyin yerni yumshatib turing begona o'tlar chiqme tez katta bo'ladi kartoshka

Tashakkur. Egat kechagi holat edi. Keyin uni chiroyli qildik:



Bizga egatning o'rtarog'iga ekishni maslahat berishgandi. Shundaymi?

Davron aka agar uruq katta bo'lsa keyin ikkiga bo'ling. Bo'lgan tomonizda kartoshkani ko'karib chiqqan nishi bo'lishi kerak. Bo'lmasa kartoshka chiqmedi. Uruqni orasini 22 sm dan katta qivormeng. 16 sm dan kichik xam bo'lmasin!

Biz urug' kichkina bo'lsa ham ikkiga bo'laveribmiz. Xayrli bo'lsin. Urug'lardan yana ortib qoldi. Boshqa yoqqa ekib yuborarmiz:



Xo'p, mana ekildi. Endi maslahat kerak:
1. Qanchada sug'orish kerak?
2. Chopiq deganday narsalarni qachon qilish kerak?
3. Kartoshka yaxshi unib-o'sishi uchun yana nimalarga e'tibor berish kerak?

Qayd etilgan


Habib  09 Mart 2011, 11:11:48

Ассалому Алакум
Жуда чиройли, мазмунли ва фойдали мавзу учун раҳмат. Билганларимиз билан бслишамиз Худо хохласа.

Qayd etilgan