O'rgildim shunday "ixtiro"laridan.
Shularning "ixtiro"si sabab tabiiylik o'rnini suniylik egallayapti.
Yana "zahar"lar haqida gapirishlari nimasi.
Bunday mahsulotlarni hechkimga tavsiya etmayman! Alloh bergan tabiiy ravishda yetilgan mevalar servitamin bo'ladi, organizm tez o'zlashtiradi va eng muximi zahari bo'lmaydi!
Bir narsani tushunib yetishimiz kerak, Alloh ne'matlarini vaqt va iqlimga mos qilib beradi. Organizmga kuz faslida gilos umuman kerakmas, bahorda esa xurmo kerakmas, yozda quruq yong'oq, qishda esa tarvuz kerakmas! Mijozni tushunganlar Alloh har narsani, jumladan yeguliklarimizni ham o'lchov bilan berganini tushunib yetadi. Bizning tanamizga qaysi davrda nima kerakligini Alloh biladi, o'sha vaqt kelganda ne'matini sochadi.
Tabiiylikka qaytinglar, anovi ertapishar chiroyli (dorilangan) mevalarini olib qon va jigarni zaharlamanglar. Ayniqsa bolalarga bermanglar! Allergiya aynan shu kasofat ximik moddalar bilan o'stirilgan mevalardan kirib keladi.
Katta katta sersuv olmalar, kivi, ananas, mango, banan, kokos yong'og'i bizga kerakmas. Kerak bo'lganda bizning iqlimda ham o'sar edi. Bu mevalarda topiladigan vitaminlar o'zimizning yerlarda ham to'lib yotibdi. Ximikatlar bilan to'ldirilib eksport qilingan bu mevalarni iste'mol qilayotganlar ko'plab kasallikka chalinadilar.