Ekin-tikin, bog'dorchilik, dehqonchilik haqida gaplashamiz  ( 173886 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


Ansora  18 May 2012, 13:23:44



Yana balkondagi rayxonlarim:)

Qayd etilgan


Sayyid90  18 May 2012, 20:34:37

Hozir gilos,qulupnay va tut pishgan maza qilib yeb olinsa yil bo'yi odamga yod yetishmovchiligi deyarli qisqaradi.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  18 May 2012, 23:15:55

Bu mevalarda yod moddasi yo'q.

Qayd etilgan


ibnUyayna  18 May 2012, 23:34:15

Bu mevalarda yod moddasi yo'q.

 nimalarda bor?

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  19 May 2012, 12:05:48

Aslida ko'p o'simliklarda bor, lekin juda kam miqdorda. Biz kilolab yesakkina kunlik meyorni qoplay olamiz. Masalan, xurmo, yong'oq posti... biz bularni kilolab yeya olmaymiz.
Yod moddasi dengiz jonivorlarida va dengiz o'simliklarida ko'p bo'ladi. Dengiz baliqlari, dengiz karami kabi.
Biz dengizga uzoq joydamiz, yod tanqisligi shundan.
Aptekalarda dengiz balig'i moyi sotiladi.
Yod uchun bizdagi o'simliklardan faqat olma danagini tavsiya etishim mumkin. Olma ma'lum, juda foydali meva. Bu mevani yeb ko'pincha po'choq deb danagini ham tashlab yuboramiz. Aslida danagi mevasidan ko'ra bizga foydaliroq. Kunda 6-8 dona olma danagini yeb yurish kunlik yod meyorini qoplaydi.
Olma danagining po'stini ehtiyotlab archib tashlab iste'mol qilinadi. Buni kichkina pichoq yo o'zimizning tirnoq yordamida ham ajratish oson.

Qayd etilgan


Sayyid90  19 May 2012, 13:23:42

Xalq tabobatchiligida gilos quvvat bag'ishlovchi ne`mat sifatida tavsiya etiladi , gulidan bod kasalligini davolashda foydalaniladi . Haqiqatdan ham gilos gullari o'z tarkibida salitsil kislotasini saqlaydi . Ma`lumki bu modda revmotizmni davolashda ilmiy medetsinada keng ko'lamda ishlatiladi . Imiy medetsinada gilosni kamqonlik (гипохромнас анемис) kasalligida iste`mol qilish tavsiya qilinadi . Chunki gilos tarkibida salmoqli miqdorda temir moddasi bor . Gilos mevalaridan pishirilgan murabbo va sharbatlar (kompot) juda mazali bo'lib , ularni uy sharoitida ham tayyorlasa bo'ladi . Gilosning bir necha navi mavjud . Ular : Qora gilos , Savri surxoni , Sariq gilos , "Воловье сердяе" hisoblanadi .

Qayd etilgan


Sayyid90  19 May 2012, 13:25:11

Tut Ovqatdan oldin yeyish foydali hisoblanadi. Vitamin C ga boy bo'lib, o'z ichida kaliy, kalsiy va temir moddasiga ega.

Qayd etilgan


Sayyid90  04 Iyun 2012, 13:18:04

mana yoz ham keldi.kun issiq,mevalar ayni pishib yetilishiga harorat yaxshi lekin ekinlar esa hozir suv qo'yish biroz kechiksa ular so'lib o'la boshlaydi.

Qayd etilgan


azizbek_mx  21 Iyun 2012, 12:53:40

bu yil uzumimiz rosa hosilga kirdi. Ötgan 2 yilda faqat özim xomtok qilardim, shunga hech xosil qilolmasdi :D bu yil ham özim qilay desam unashmadi ;D

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  01 Iyul 2012, 10:34:56

mana bug'doylar o'rilib yerlar ikkinchi ekin uchun bo'shadi, endi biz ham bir javlon urib ekin ishlarini tugatib olsak (har zamonda ishdan zerikkanda belni chigalini yozish uchun andakkina < 3 gektar > er olgandim ;) )

Qayd etilgan