Aslida ko'p o'simliklarda bor, lekin juda kam miqdorda. Biz kilolab yesakkina kunlik meyorni qoplay olamiz. Masalan, xurmo, yong'oq posti... biz bularni kilolab yeya olmaymiz.
Yod moddasi dengiz jonivorlarida va dengiz o'simliklarida ko'p bo'ladi. Dengiz baliqlari, dengiz karami kabi.
Biz dengizga uzoq joydamiz, yod tanqisligi shundan.
Aptekalarda dengiz balig'i moyi sotiladi.
Yod uchun bizdagi o'simliklardan faqat olma danagini tavsiya etishim mumkin. Olma ma'lum, juda foydali meva. Bu mevani yeb ko'pincha po'choq deb danagini ham tashlab yuboramiz. Aslida danagi mevasidan ko'ra bizga foydaliroq. Kunda 6-8 dona olma danagini yeb yurish kunlik yod meyorini qoplaydi.
Olma danagining po'stini ehtiyotlab archib tashlab iste'mol qilinadi. Buni kichkina pichoq yo o'zimizning tirnoq yordamida ham ajratish oson.