Kumushbibi:
- Sendan yuksak nima bor, yulduz?
- Ona mehri.
- Sendan keskin nima bor, olmos?
- Onalar qahri.
- Qayerdan olding otashni, quyosh?
- Ona qalbidan.
- Po`lat, qayerdan senga zo`r bardosh?
- Ona zarbidan.
- Senmi, ko`klam, hayotbaxsh fasl?
- Yo`q, ona izi.
- Senmi, totli, shifibaxsh asal?
- Yo`q, ona so`zi.
- Dengiz, nedir kenglika tanho?
- Ona og`usi.
- Sendan shaffof ne, tongi ziyo?
- Ona boqishi.
- Yaratgusi senmi, tabiat?
- Yo`q, yo`q, onalar.
- Baxt bitguvchi senmisan, hayot?
- Yo`q, yo`q, onalar...