Oshxona bn bog'liq hamma so'zlarni ham o'zbekchalashtirish qiyin.. o'sha duxovka so'zini shundayligicha qoldirilgani ma'qul bo'lsa kerak, chunki tandir bn duxovkani farqi katta.. "marinad" so'zini lug'atda "ziravorli sirka-moyi" deb tarjima qilingan ekan.. undan ko'ra marinad deyilgani yaxshi, manimcha..
Bundan tashqari ba'zi so'zlar boshqa millatlardan kirgan, m-n: qahva arabcha so'z. patnis podnos ruschadan..
K.Maxmudovning "Qiziqarli pazandalik" degan kitobidan shularni o'qigan edim.. tilimizdagi "samovar", "choynak", "piyola" so'zlari ruschadan olingan. chunonchi, "sam"-o'zi, "o"- so'z bog'lovchi harf, "var"-varit-qaynatmoq bo'lib, "ozi qaynatadigan" ma'noni anglatadi... ", "choynak" aslida "chay-nik", yani chay va -nik suffiksi, "piyola" esa "pit" fe'lidan olingan ekan...
shunday so'zlar borki, ularni to'g'ri tarjima qildik deganimizda ham baribir tilimizga o'rnashgan variantini ishlataveramiz. bir gazetada aeroport so'zini o'zbekcha qilib tayyoragoh deb tarjima qilingan ekan. lekin kim hozir tayyoragoh deydi, hamma aeroport deyishga o'rgangan. ha keyin tayyora so'zi ham arabcha so'zdan olingan..
shuning u-n ba'zi terminlar tarjimasiz o'z holicha qolgani yaxshi deb o'ylayman. shunday qilsak, o'zimizni ham boshqalarni ham qiynamasdik. bu mani fikrim...