Jamiyat va inson > Tikuvchilik

Tikuvchilik sohasi bo'yicha savol-javob va foydali maslahatlar beramiz!

(1/4) > >>

Ansora:
:as:

Azizlar, bu mavzuda tikuvchilik, to'quvchilik bilan bog'liq savol-javoblaringizni berishingiz mumkin. Bu bilan birga foydali maslahatlaringizni ham ayamaysiz, degan umiddaman.

Абдурроҳман:
ШИК деб номланган журнал боракан. Тикувчилик тсғрисида маълумотлар ксп. Лекин кспи очиқ сочиқ кийимлар. Худди шунга схшаш хижобларнинг тикилиши тсғрисида журналми, сайтми йсқми? Ким билади?

Shukrona:
Assalomu alaykum.
Afsus manam duch kemadim,to'g'ri hammasi ochiq sochiq kiyim modellari.Lekin man ko'pincha "Burda"dan foydalanaman bazi joylarini o'zimga moslab olaman.Inshaalloh agar topsam albatta yozaman.

Ansora:
 :as:

Azizlar unaqamasda endi, ming marotabaga yaqin o'qilibdi mavzu, lekin 2 postdan boshqa yozmabsizlar, oramizda tikuvchilar bor. Bilgan maslahatlaringizni yozsangiz barcha foydalanardi, iltimos:)

Shukrona:
Assalomu alaykum.
Ho'p bo'ladi Kapalak opa :13.
Katta - katta maslaxatlar beradigan katta chevarmasman-u bilganlarim:

* Albatta xar bir ishni boshlashdan oldin "bismillah"ni aytish joiz(bu eslatma),qolaversa xalqimizdagi "yetti o'ylab bir kes" naqli tikuvchilarga juda qo'l keladi.
* Qaychingizni zinxor qog'oz shunga o'xshash narsalarga ishlatmang!o'tmaslashib qoladi.Qaychini nina(igna) yordamida o'tkirlashingiz mumkin.
* Tikuv mashinangizni tez-tez yog'lab va tozalab turishni kanda qilmang.Ko'pincha "labka" tegadigan joyiga kir yig'iladi,buning natijasida mashinangiz bo'sh tikishi mumkin.
* Qalin matolarni katta o'lchamdagi ninalarda,yuqalarini esa kichigida tiking.
* "Masla" shunga o'xshash cho'zinchoq matolarni tashlab-tashlab tikmasligi u-n ninani sham(shag'am) yordamida artib oling.

Hozircha shular inshaalloh yana yozaman.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version