Kechira olasizmi?  ( 31029 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


AbdurRohman  16 Mart 2011, 12:31:13

 :as:

Kechirimli bo'lish insonning juda go'zal fazilatlaridan biridir. Kechirimli bo'lish bilan bir qatorda, kechirim so'rashni ham bilish kerak ekan. Kechirim so'rash ham turli xil bo'larkan. Masalan "uzr" deganda odatda til uchida kechirim so'raladi, "kechirasiz" deganda esa ba'zida kesatiq ba'zida esa chin yurakdan so'raladi. "Kechiring" deganda esa ko'p hollarda chin yurakdan so'raladi. Bu so'z aytolmaganlar esa yuqoridagi ikki so'zni ishlatarkan.

Shaxsan man "kechiring" deb aytishga odatlanganman. Bu so'zni aytishda qiynalmas ekanim. Mandan kechirim so'rashganda ham so'rashmaganda ham kechirib yuboraman. Ba'zida juda qattiq xafa qilishgan bo'lsa, kechirim so'rashini kutaman va kechirishga tayyor turaman. Manimcha o'sha ko'ngilsiz voqealarni imkon boricha unutib yuborish kerak.

Shunday ekan, aziz birodarlar, qadrdon forumdoshlar! Sizlarga maslahatim,
Kechirimli bo'ling, Allohga xush keladi.
Bo'lib o'tgan ko'ngilsiz voqealarni unuting yuragizga og'ir yuk bo'lmaydi.
Qilgan aybiz uchun chin yurakdan pushaymon bo'lib kechirim so'rang, yengil tortasiz, InshaAllah!

Qayd etilgan


ibnUyayna  17 Mart 2011, 17:14:06

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar. Sizlarni kirib kelayotgan Navruz bayrami bilan barchangizni muborakbot etaman.
(Ааврсз айёми муносабати билан) - Шу жойини учириб ташланг, илтимос.
 Булиб ҳам бу мажусийларни байрами булса.

Узи шундоғам тазийқ, босим ва зулм остида куп солиҳ амалларни қила олмаспмиз. Ҳеч бумаганда, бизга гап тегмийдиган, фитна чиқмийдиган мавзуларда, бунақа ҳурофотларга амал қилмайлик.
Узимизни, сқинларимизни аста секинлик билан, ҳикмат ва ширин суз билан туғри йулга чақирайллик.
 (iydbek,arbuz)

Qayd etilgan


Hadija  18 Mart 2011, 16:36:16

Muslim-4101: Avvalo kechirim so'rashning o'zi bir jasorat bo'lsa kechira olishlik undan ham katta jasorat odamiylikning bir qiyofasidir... Boya aytganimdek, Mavjudotu mahluqotni yaratgan Alloh shirkdan boshqasini kechirganda biz bandalar kim bo'libmiz...

Qayd etilgan


siddiqa  27 Aprel 2011, 00:13:01

 :as:
Barbir bandalik qilib ichimda kek qolib ketar holatlar bo'lsa ham ,qiyomatga qolgani yomonda shunchun kechirvorovramiz .alhamdulillah. :) :)

Shuncha kamchililarimizni Sattor Alloh bekityaptiyu biz bir kichkina insoncha bo'lsak ,Allohi rahmatini eslab ,o'zimizni foydamizniyam o'ylab kechirishga qattiq harakat qilamiz .

Qayd etilgan


Best friend  27 Aprel 2011, 09:30:07

 Assalomu alaykum. Agar bilmay qilgan bo'lsa va afsuslansa, Qasddan qilib so'ng qalbidan pushaymon yesa va har qanday holatda ham bo'lgan ishdan qattiq afsusda bo'lsa, kechirish kerak menimcha.  Inson kechirimli bo'lishi lozim. Kechirim so'rashining yoki so'ramasligining ahamiyati yo'q. Kimning qalbida adovat bo'lsa, undan yahshilik chiqishi qiyin. Adovat o'rnashgan qalb qora bo'ladi ammo, u inson bo'lgan voqeadan afsuslanmasa va aziyat yetkazishda davom etsa, aziyat yetkazgani uchun emas, mo'minlikka xos ish qilmagani uchun yomon ko'rish kerak, Alloh unday kimsalarni yomon ko'rgani uchun yomon ko'rish kerak... Hullas yomon ko'rish kerak bo'lsa, Alloh uchun yomon ko'rish kerak, zero bu mo'minlikka xosdir.

 Kimdir xato qilib, so'ng birodaridan kechirim so'rasa, birodari kechirmay xato qiladi, biroq xato qilishdan pok Robbimiz esa tavba qilsak albatta kechiradi.

Qayd etilgan


Музаффар  27 Aprel 2011, 09:54:35

тсғрисини айтсам, бировга нисбатан гина сақлаш, ғараз тутишни хохламайман, лекин баъзи бир оқеалар ва одамлардан ортиқча ранжиганман, хеч қачон кечиролмасам керак деб сйлайман. Барибир кснгилни снг чуқур жойида сша одамга нисбатан нохушлик сақланиб қоларкан.
Айтишадики, агар банда чин дилдан истиғфор айтиб, тангрида ёлвориб ссраса, худо уни албатта кечиради. Чунки ожиз, гунохкор бандани кечирмаслик унинг шаъни азмига тсғри келмайди. Лекин одам одамни кечириши қийин масала, айниқса қиёмат қоим бслган пайтда, хисоб бериладиган махалда савоби етишмай турганлар бировлардаги аламлари ва счларини сслаб қолиб сшалар свазига савоб талаб қилиб қолишлари хам мумкин скан...
шунинг учун хар қандай холатда хам одамни кснглини оғритиш, зарар етказишдан тийилиш, аввало хамма нарсанинг хисоби бир куни албатта берилишини фикр қилиш керак.
Ақоид биродаримизни бир имзолари бор:
Хар кима хар хил ёзар бу арш мирзоси сана,
 айланур оина бу хеч бири иш қолмас пана....

Qayd etilgan


Best friend  27 Aprel 2011, 12:15:44

тсғрисини айтсам, бировга нисбатан гина сақлаш, ғараз тутишни хохламайман, лекин баъзи бир оқеалар ва одамлардан ортиқча ранжиганман, хеч қачон кечиролмасам керак деб сйлайман. Барибир кснгилни снг чуқур жойида сша одамга нисбатан нохушлик сақланиб қоларкан.
Айтишадики, агар банда чин дилдан истиғфор айтиб, тангрида ёлвориб ссраса, худо уни албатта кечиради. Чунки ожиз, гунохкор бандани кечирмаслик унинг шаъни азмига тсғри келмайди. Лекин одам одамни кечириши қийин масала, айниқса қиёмат қоим бслган пайтда, хисоб бериладиган махалда савоби етишмай турганлар бировлардаги аламлари ва счларини сслаб қолиб сшалар свазига савоб талаб қилиб қолишлари хам мумкин скан...
шунинг учун хар қандай холатда хам одамни кснглини оғритиш, зарар етказишдан тийилиш, аввало хамма нарсанинг хисоби бир куни албатта берилишини фикр қилиш керак.
Ақоид биродаримизни бир имзолари бор:
Хар кима хар хил ёзар бу арш мирзоси сана,
 айланур оина бу хеч бири иш қолмас пана....
Gapingizda jon bor, kechirish qiyin ammo, o'tgan ishdan pushaymon bo'lgan kishini qanday qilib kechirmaslik mumkin. Kim kechirsa, shu og'ir ishni qilgani uchun ham ajr oladi inshaaloh. Bu gapim bilan hammani yahshi ko'rish kerak demoqchi emasman, shunchaki Alloh kifoya qilsin deb qo'yish kerak. Agar u hafa qilishda davom etsa, u bilan kurashish kerak.
 Bu mening shaxsiy fikrim albatta, balki fikrim qaysidir o'rinda noto'g'ridir.

Qayd etilgan


Nurdinboy  27 Aprel 2011, 17:08:10

Gina saqlash odatim yo'q. O'zim ginachilarni juda yomon ko'raman. Lekin chegaradan ortgan xatoni kechirish qiyinroq... 

Qayd etilgan


Muslim_4101  25 May 2011, 06:34:53

Assalomu alaykum. Shunday go'zal fikrlaringiz uchun katta Rahmat Alloh sizlardan rozi bo'lsin

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  25 May 2011, 16:56:23

 :bsm3:

Bugun bu yerdagi postlarni uqib, kechirmaslikka haqimiz bormikin deb uylab qoldim va uzimga savol qilib berdim. Shu ondan boshlab shu savolga javob izlab, kitob varaqlab qayerdan bu haqda ma'lumot topsam ekan deb, forum.islom.uzga kirdim, mana shu yerdan topsam ajab emas degan xolis niyatda. Oxirgi post qilingan mavzularni kurib, Bu - Rasululloh s.a.v degan mavzuga kirdim. Buni qarangki, ochgan sahifamda

199. Kechirimli bo'l, yaxshilikka buyur va johillardan yuz o'gir. (A'rof surasi)

deb yozib quyibdi. Demak biz kechirimli bulishga buyurilganmiz, kechirmaslikka emas.

Qayd etilgan