Kechira olasizmi?  ( 31062 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Muslim_4101  14 Mart 2011, 15:53:04

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar. Sizlarni kirib kelayotgan Navruz bayrami bilan barchangizni muborakbot etaman. Aziz birodarlar har qanday holatda ham yon atrofingizdagi insonlarni qilgan hatolarni chin qalbdan kechira olasizmi? Aziz forumdoshlar balki bunday mavzu forum bo'limlarida bordur oldindan uzr so'rayman. Olindan sizlarga Rahmat   

Qayd etilgan


muxlisa  14 Mart 2011, 21:00:18

 :as:

Manga nisbatan hali xech kim kechirib bo'maydigan xato qilmagan... faqat kechirib bo'ladiganini qilishgan:)

 kechirib bo'maydigan xato qanday bo'ladi o'zi?
Buyuk Robbimiz bizni qanchadan qancha xatolarimizni kechirib tursayu, biz ojiz bir xatokor inson bo'laturib boshqalarni xatolarinini kechiromasak..
bilmadim, xafa bo'lurib-xafa bo'lurib oxiri xafa bo'lmaydigan odamga aylanarkan odam...

Qayd etilgan


Aqoid  14 Mart 2011, 22:10:18

Alloh buyukdir,biz ojiz bandalarmiz, kechira olish judayam katta ish. Shu katta ishni eplay olish undan ham katta ish. Menga ham juda jiddiy tuhmat qilishgan, hozirgacha kechira olmayman,garchi kechirim so'rashmagan bo'lsa ham.

Qayd etilgan


Anorushka  14 Mart 2011, 22:34:45

Agar qilingan xato uchun chin qalbdan pushaymon bo'lishganini bildirishsa, va men bunga ishonsam, kechira olaman deb o'ylayman. albatta provided that bu xato juda katta yo'qotishlarga sabab bo'lmagan bolsa. Aks holda, kechirish uchun vaqt kerak...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  15 Mart 2011, 04:24:08

 :bsm:

Eng muhimi gap kishining kechira olishida emas, balki kechirim surash olishidadir. Kishi kechirim surashni bilish kerak. Avval biz kechirim surashni urganaylik, kechirim surayotgan kishingizning kechirish yoki kechirmasligini Allahga quyib bering, uning kechirmagani hech narsa emas, u ham siz kabidir. Ammo siz kechirim surang, siz bilan men bilmaymiz, kim haqu kim nohaq, tavakkal qiling, sizni hafa qilgan bulsa ham kechirim surang, kishining kechirim surashi aybdor ekan degani emas.

PS: Bu mening shaxshiy fikrm. Ushbu mulohazamni bugungu kun mulohazalari mavzusiga yozmoqchi edim, qarasam yangi mavzu ochilibdi, shu yerga yoza qoldim.

Qayd etilgan


Aqoid  15 Mart 2011, 06:25:58

Assalamu alaykum! Taqsir, birov sizga tuhmat qilib tursa, siz undan kechirim so'ravorsez,garchi u nohaq bo'lsa ham, yo'q aybni bo'ynizga olgan bo'p qolasizku. Sizning fikrlaringiz qaysidur o'rinlarda to'g'ri.

Qayd etilgan


Ansora  15 Mart 2011, 14:38:53

 :as:

Kechira olmaydigan birovlar bor, ulardan mahshar kunida, Allohni huzurida haqqimni olaman inshalloh...

Qayd etilgan


muslima_sodiq  15 Mart 2011, 17:49:02

  :as:
ba'zida kichkinagina xato qilib qo'yib keyin insonlardan kechrim so'raseyiz "nega kechirim so'raysiz axir kechirimga loyiq ish qilmadizku! " deyishadi. ammo o'sha kichkina xatolarga e'tibor bermasak ertaga katta xatolarga munosabatlarimiz qandey bo'larkin?

lekin bizlarga shunday qilishsachi? o'shanda kechirarmidik?
shunday paytlarda beixtiyor Allohning marhamatli rahmati keng ekanligi, u kechiruvchilani yaxshi ko'rishligi ko'z oldimga keladi. Rasululloh s.a.v. ning hayotlarini o'qiganim sari u kishining "rohmatullil a'lamiyn"liklariga yana bir bor hayratda qolaman...  shunda inson o'z holati bilan U kishining holatlarini taqqoslasa, inshaAlloh kerakli javob topadi. yo kechiradi yoki ...


Qayd etilgan


Mufazzala  15 Mart 2011, 18:00:26

 :as:

Kechira olaman! Kim bo'libmanki kechira olmasam, lekin....
yana qayta hafa qilishsa bitgan yaram qayta tirnaladi xolos.

Qayd etilgan


Muslim_4101  15 Mart 2011, 20:07:12

Assalomu alaykum. Aziz birodarlar sizlarni har bitta qoldirgan fikrlaringizni sinchiklab o'rganib, o'zimga tegishli xulosalar qildim. Alloh sizlardan rozi bo'lsin aziz forumdoshlar. Agar qarshi bo'lmasangiz shu mavzu davom etsa menga o'xshagan odamlar qancha deysiz? o'zlariga to'g'ri xulosalar qilishgan bo'lardi

Qayd etilgan