Bir kun kerak bo'lib qolar: PARHEZ  ( 52065 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


BelleQizcha  28 Noyabr 2011, 01:11:40

agar jismoniy  mashq bilan parhez qilmoqchi bolsangiz unda, koproq protein yeyishingiz kerak (gosht, tuxum, tovuq, baliq, tofu, sut mahsulotlari)
agar jismoniy tarbiyasiz parhez qilmoqchi bolsangiz, unda, protein kopaytirib, koproq yengil narsalar yeyishingiz kerak maslan, sabzovotar( bargli sabzovotlar bolsa undan yaxshi) suv kop ichib, kech soat 6dan yeydigan narsalarni umuman toxtatishinhgiz zarul.



Har qanday parhezda, shakarli narsalar yeyilmasa tuzuk, chunki shakarli narsalar qorini ishtirib, odami toldiradi, tuzli narsalar esa koproq oziga suv tortadi..


Muhumi, shakarni kamaytiring, koproq yengil ovqat yeb, noni umuman parhezingizdan obtasheng, parhezda nima yeyishingiz emas, balki qancha yeyishingiz muhum.
Hamma narsa meyorida bolsa, undanam yaxshi.

Jismoniy mashqlarga kelsak, haftasiga 3 marta 20 daqiqa yugursanigiz bas (yokiy kuniga 1 soat yursangiz bolgani.)


Kuniga 7-8 stakan suv ichish esa hech qachon esingizdan chiqmasin..
ertalab, toyib yeying, masalahn qaynatilgan tuxum, sutli mahsulotlarni toyib yeyib, kun boyi kamroq yeyib yursangiz ham boladi..


Suvli shakar suvlarni esa umuman parhezdan obtasheng( coca cola, fanta so'k)
undan kora suv iching.


... ;D

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  28 Noyabr 2011, 08:55:43

Har doimgiday parhezlaringiz daxshat.

Qaynatilgan tuhum kunda bir donadan oshirmaslik kerak, ikkitasi jismonan baquvvat odamlarga buyuriladi. Tuhumda xolesterin juda ko'p, umuman tuhum tuhum bittadan oshmaslik kerak.
Sut mahsulotlaridan to'yib istemol qilib yurish miyada tiqilmalar hosil qiladi, sut kop ichish qorinni dam qiladi, yoki sassiq yel haydaydi, odam lanj bolib yuradi. Kam ichish albatta foydali, sharti faqat yangi sut bo'lishi lozim. Faqat qatiqni kop ichish  bunday zararli emas, lekin qatiqni ham tuhum, turp, baliq singari taomlar bilan yeyish davosi og'ir pes kasalini keltirib chiqaradi.
Belle dietani qaysi saytdan olyapsiz? admin faqat bir tomonlama yondoshar ekan. ozish o'ylab inson salomatligini o'ylamas ekan.
Eng yaxshisi shirinlik va yog'lik taomlardan tiyilib, jismoniy harakatni ko'paytirsa olam guliston.
Ertalab birdan to'yib yeyish yurakka ziyon, buni avtomobilga qiyoslasak, ertalab turibla minib ketsak motorni ishdan chiqaramiz. Yaxshisi biroz qizdirib so'ng minamiz.
inson yuragi ham shunday. Sahar bomdodga turib bir piyola asalli suv yoki mayiz damlamasi ichish kerak. Birinchisi asabni mustahkamlasa, mayizli suv qonni kopaytiradi. Beda soki (lyutserna) ham juda servitamin ichimlik.
Biroz o'tib bir choy qoshiq asal bilan gulchangi, yoki yog'siz tvorog yeyiladi, tvorogga zaytun yog'i qo'shib yuborsa ham bo'ladi, bu odamni semirtirmaydi.
Bir soat o'tib nonushta qilsa bo'ladi, bir osh qoshiq miqdorida mayiz, shuncha bodom, 4-5ta yong'oq, bir burda qattiq non yoki yangi bolmagan kepakli non. Bularga quritilgan mevalardan tut, o'rik, anjir qoqisi, undirilgan bug'doyni qo'shish mumkin. 4-5 piyola giyohli choy yo qaynatilgan suv.

Eng muhimi shu nonushta, tushlik ihtiyoriy. faqat issiq va sovuqni, suyuq bilan quyuq ovqatni aralashtirib yemaslik, umuman hech qachon bir-biri bilan chiqisha olmaydigan taomlarni yemaslik lozim. Sabzavotli sho'rva juda foydali taom.

Kechki ovqat vaqtida qorin juda ochib ketsa bir piyola asalli suv ichiladi. Agar taomga ishtaha g'olib kelsa (jismonan baquvvat odamlarda) turli ko'katlar, turp, bodring, bolgar qalampiri, va hazmi yengil ovqat yesa bo'ladi.
Ko'katlar va ho'l sabzavot, ho'l mevalarni yeyishdan qo'rqmaslik kerak, bularning asosiy tarkibi suv bo'lib, organizmni yuvib darrov chiqib ketadi, foydali elementlar esa qonga singadi.

Yuqorida kepakli non tavsiya etildi. Nonni kundalikdan olib tashlashni o'zi bolmaydi, qolaversa qorinni to'q tutadi. Kepakli non oq unli nondan farqli o'laroq ichaklarda turib qolmaydi, kepak krahmalni surib yuboradi, hazm qildiradi. Lekin buni ham kunda ikki burdadan oshirmaslik kerak.
Biz hindlarning Chapati degan nonidan pishirib, bir kundan so'ng yeymiz. Kunda shulardan ikkitasi yetarli.

Qayd etilgan


Humayro  28 Noyabr 2011, 13:07:01

 :asl3:

Mo'min Mirso kofe haqida sizning fikringizni bilmoqchiman. Turli manbalarda turlicha ma'lumot topish mumkin, ammo ular hamisha bir-biriga qaramaqarshi tavsiyalarni berishadi. masalan biri zararli desa, boshqasi yoq foydasiyam bor deydi.

Kofe ichishni juda yaxshi ko'raman. Ammo do'xtirlar taqiqlashdi, salomatligingizga zarari bor deb.

Sog'lom odam uchun kofe qanchalik kerak yoki usiz ham yashasa bo'ladimi?

Oldindan rahmat javob uchun.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  30 Noyabr 2011, 17:10:05

Va alaykum assalom.
Kofega men zaharga qaraganday qarayman. kofeda kofein moddasi bor, bu juda zararli modda. Mashxur parhezshunos olim Pol Bregg tamaki, kofe va qora choyni narkotikka qiyoslaydi. Qahva ichganizda biroz rohat sezasiz, bu qo' zg'atadi. Lekin oradan bir soat o' tmay markaziy asabni tushkunlikka olib keladi, sababsiz yurak g'ashlanadi, jizzakiroq bo' lib qolasiz.
Alkogol, tamaki, qora choy ham shunday, boshida qo' zg'atadi, odam juda rohatlanadi, so'ng bular o'z kuchini ko'rsata boshlaydi.
Kofe yurakka quvvat bermaydi, aksincha yurakka kuchli bosim o'tkazadi. Qonni ham qoraytiradi, bu degani jigarni ham zaiflashtiradi, qonni ifloslaydi. Bor kasalliklar toza qon yetishmasligidan kelib chiqadi.
Hozircha bu sizga bilinmas, lekin iste'mol qilgan narsangiz tanadan najosat bilan chiqib ketmaydi, balki organizm o' ziga shimib oladi. Bir kuni infark kabi og'ir hastalikka olib kelishi mumkin, Alloh saqlasin.
Menimcha meditsina ham hech qahvani maqtamaydi, faqat qon bosimi pastlarga tavsiya etishadi. Bu ham ularning aybi, chunki tibbiyot kasallik sababiga emas, balki asoratiga (belgilariga) qarshi kurashadi. Asoratini yoqotar, lekin sababi qoladi, bu kasallik yana qaytalanadi degani. Shuning uchun meditdina haligacha qon bosim kasalliklariga davo topa olmadi, olmaydi ham!
Shunga organizmni asrang, Alloh salomatlikni o'zimizga bog'lab qo'ygan, dard yetsa o'zimiz sababchi bo'lamiz, hotiramiz zaiflashsa ham o' zimiz sababchi bo' lamiz. Shamollashimiz ham aslida sovuqdan emas, balki yog'li, krahmalli, kuchli shakarli taomlardan ko'p yeyishimiz sabab bo'ladi. Chunki bular tanada shilimshiq moddani ko'paytiradi, bu vaqtda organizm bezovtalanadi, isitma chiqarib sovuqlikni quvib shilimshiq moddalarni pishiradi, so'ng shilimshiqlarni tashqariga chiqarib yuborish harakatida bo'ladi, buni burun, peshob, axlat orqali bajaradi.

Qayd etilgan


Ansora  30 Noyabr 2011, 17:47:55

:asl3:

Mo'min Mirso kofe haqida sizning fikringizni bilmoqchiman. Turli manbalarda turlicha ma'lumot topish mumkin, ammo ular hamisha bir-biriga qaramaqarshi tavsiyalarni berishadi. masalan biri zararli desa, boshqasi yoq foydasiyam bor deydi.

Kofe ichishni juda yaxshi ko'raman. Ammo do'xtirlar taqiqlashdi, salomatligingizga zarari bor deb.

Sog'lom odam uchun kofe qanchalik kerak yoki usiz ham yashasa bo'ladimi?

Oldindan rahmat javob uchun.

Men odatda dars qilganımda nescafe ichardim, keyinchalik sezdimki me'damda qahvadan keyin og'riq bo'la boshladi, keyin umuman tark etdim bu odatimni...

Mo'min Mirzo, rahmat fikrlar uchun...

Qayd etilgan


Solihatun  01 Dekabr 2011, 18:22:48

 :asl3:

Mayiz soki- qaynatilgan mayizni suvi a? Qancha mayizga qancha suv?

Beda soki-lyusterna qanaqa tayyorlanadi yoki qayerdan topsa bo`ladi?

Gulchangi avval umuman eshitmagan ekanman. Shu haqida ma'lumot bersangiz.

Qishki tanovulning o`ziga hosliklari haqida ham yozsangiz.


Qayd etilgan


Solihatun  01 Dekabr 2011, 19:00:29

Bizning bugungi farmakologiyadan o`tilgan ma’ruzamiz huddi shu haqida bo`ldi:
Psixostimulyator-markaziy nerv sistemasi yuqori bo`limlari tonusini  oshirib, kayfiyatni, psixomotor
Faollikni, aqliy va jismoniy faoliyatni (ayniqsa toliqqanda) ko`taradi, uyquga ehtiyojni  vaqtincha kamaytiradi. Narkotik va uhlatuvchi moddalar ta’sirini pasaytiradi.
Kofein sof  psixostimulyator hisoblanmas ekan. Chunki  u yurak, nafas, qon-tomir markazlarini qo`zgatadi.  Kofein alkaloidi- choy bargi, kofe, kola, kakao urug`idan olinar ekan.
Kofein glikogenoliz jarayoni(uglevod bo`lmagan moddalardan glyukozaning hosil bo`lishi) va metobolitik jarayonlar(moddalar almashinuvi)ni oshirib yuboradi. Uning kimyoviy tuzilishi adenozinga o`xshash bo`lgani tufayli uning o`rniga miyadagi adenozin retseptorlarni bog`lab oladi.Adenozin esa miyadagi qo`zg`alish jarayonlarini pasaytiruvchi omil hisoblanadi.Kofein adenozin o`rniga adrenoretseptorlarni bo`glagani uchunqo`zg`atish jarayonlarini oshirib yuboradi. Agar kofein uzoq vaqt mobaynida qo`llansa, yangi adenozin retseptorlar hosil bo`lib, kofeinning ta`siri kamayib boradi. Shu bilan birga kofeinni qo`llanishi birdan to`htatilsa, adenozin butun adenozin retseptorlarini qamrab oladi, kofein uchun bo`sh retseptorlar qolmaydi, natijada uyquchanlik, toliqish, depressiya xolatlari paydo bo`ladi, qon bosimi pasayib ketadi. Kofeinga tobe bo`lishlikning natijasida kelib chiqadigan salbiy ta`sirlar:ko`ngil aynishi, bezovtalik, yurakni tez urishi, uyqusizlik.
Kofeinni qon bosimi oshganda, ateroskleroz, uyqusizlik va glaukomada qo`llash mumkin emas.

Ustozimiz aytdilar: Biz ishayotgan kofe haqiqiysi emas. Unga boshqa komponentlar ko`p iqdorda qo`shilgan. Kofening haqiqiy granulalisini olish kerak. Bizning talabalar farmakologiya imtihoniga bir kun qolganda yarim butilka kofe damlashadi va oldilariga qator kitoblarni qo`yib, issiq-issiq kofe ichishadi. Tongda uyg`onib qarasa farmakologiya kitobni ustiga boshini qo`yib uhlab yotgan bo`ladi.  ;D
Bu ilmiy tasdiqlangan! Talabajonlar uyingizdagi eng katta bakalni tanlamang! 50 ml ham yetarli. Kofeni issiq-issiq ichish shart emas. Sovuq holatda ham ta’siri o`zgarmaydi. Tetiklik uchun  oz-ozdan ho`plab ichiladi, qachonki uyqungiz kelsa.


Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  01 Dekabr 2011, 19:44:57

:asl3:

Mayiz soki- qaynatilgan mayizni suvi a? Qancha mayizga qancha suv?
Bitta chiniga 200 ml qaynoq suv quyib unga bir siqim (bir osh qoshiq) mayiz solib, ustini likop bilan yopib qo'yasiz. kechqurun yotishdan oldin qilsangiz ertalab sharbati tayyor bo'ladi. Bu qoni kamlarga juda foyda qiladi.

Iqtibos
Beda soki-lyusterna qanaqa tayyorlanadi yoki qayerdan topsa bo`ladi?
Dalalarda o'sgan bedaning tepa qismini agar bo'lsa guli bilan olasiz. keyin buni go'sht qiymalagichdan o'tkazib, suvini siqib olasiz.
Agar dalalardan uzoqda bolsangiz, buni uy sharoitida tayyorlasa ham boladi, faqat vaqt oladi, bir haftada tayyor bo'ladi. Huddi sumalakka bug'doy undirganday ko'katlari 10-12sm bo'lguncha o'stiriladi.

Iqtibos
Gulchangi avval umuman eshitmagan ekanman. Shu haqida ma'lumot bersangiz.
Gulchangi asalari mahsuloti bo'lib juda servitamin ne'mat hisoblanadi. Bozorlarimizda asal sotuvchilarida bo'ladi. Ko'rinishi grechkagayam o'xshab ketadi. Faqat olingan joyiga qarab rangi turlicha bo'ladi. Bu ayniqsa qish va bahorda tengsiz ne'mat hisoblanadi.
Iqtibos
Qishki tanovulning o`ziga hosliklari haqida ham yozsangiz.
Yuqoridagi postda aytganlarim asosan kuz, qish va bahorga mo'ljallangan sog'lom ovqatlanish dasturi bo'lib, yozda bular biroz o'zgaradi. Masalan, yong'oq va pistalar o'rniga ho'l mevalar iste'mol qilinadi.
Umuman Maydan Sentyabrga qadar yog'li taomu quruq mevalardan tiyilib, o'rniga salqin yo suyuq taomlar, va ho'l mevalardan yeyish kerak bo'ladi.

Okoroshka kabi qatiqqa tuhum aralashtirilgan salqin taomlar mustasno.


[/quote]

Qayd etilgan