Bir kun kerak bo'lib qolar: PARHEZ  ( 51088 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Solihatun  18 Iyun 2011, 21:46:51

Baraka toping Belle=))
Shunaqa qilib nafaqat parxezni mevalarsiz, balki faqaaat mevalar bilan ham o`tkazish mumkin. Bundan tashqari Belle aytganlaridek past kaloriyali taomlarni iste'mol qilish kerak. Azizlar shu narsa ma`lumki inson ko`p ovqat yeb, kam harakat qiladi semiradi. Semirishning bundan boshqa sababi menga ma`lum emas. Gipodinamika asosiy sabab! Yaqinda bir qo`shni ayol dietologga uchrabdilar. Dimlangan, yog`siz, kam tuzli taomlardan, sabzavotlardan  oz-ozdan iste'mol qiling, shirinliklar o`rnini mevalarga almashtiring deb maslahat beribdi. Bir hafta davomida haqiqatdan ham qoidalarga qat`iy amal qilib "dieta" qildilar. Tarozi 7 kg ga semirganlarini ko`rsatganda hammamiz lol qoldik. Demoqchi bo`lganim parxez taom ekan deb ko`p-ko`p iste`mol qilish ketmaydi. Kam, lekin vitaminlarga boy taom yeng. Fast-food umuman ta`qiqlanadi. . .

Davomi bor.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  19 Iyun 2011, 07:14:28

mevalarni nega yeyilmasin digan sababimi, shakari borligi cuhun. parhezda bolgan odam, shuncha shakar kam yesa shuncha yaxshi.
Mevalarda tabiiy shakarlar bor, ta'siri sanoatda qayta ishlab chiqarilgan oq shakarday emas.
Mevalar tabiiy tozalovchi hisoblanadi.
Mevalar ham turli tuman, hammasiga birday xukm chiqarish to'g'ri emas. Masalan olma, nok, olxo'ri semirtirmaydi, diabetga chalinganlarga ham zarar bermaydi. Aksincha semizlikka bu mevalarning foydasi ham bor. Faqat, har bir narsaning meyori bo'lishi kerak, asalning ham ko'pi zahar deganlariday mevalarni ham ko'p yeyish turli dardlarni keltirib chiqaradi. Masalan olma ko'p yeyish boshni og'ritsa, o'rik qustiradi.
Xurmo, shaftoli, banan, kartoshkani ko'p yeyish semirtiradi.
Tarvuz esa semirtirmaydi, tarvuz ajoyib tozalovchi, ich suruvchi, siydik haydovchi bo'lib ichdagi jamiki toksinlarni tashqari sudraydi.

Yoqtirgan mevalarning tarkibini o'rganish kerak. Qaysi meva yo sabzavotlarda krahmal bo'lsa semirishdan qo'rqqanlarga tavsiya etilmaydi. Krahmal mevalardan bananda bor, sabzavotlarda esa kartoshkada juda ko'p miqdorda bor.

Men aniq ayta olaman, xurmoni hisobga olmasak xo'l mevalar bilan parhez qilgan odam semirib ketmaydi, aksincha tana tozalanib ortiqcha yog'dan halos ham bo'ladi! Chunki xo'l mevalarning tarkibining asosiy qismini suv tashkil etadi. Qand miqdori qo'rqinchli emas,

Faqat o'ta semizlargagina ayrim mevalarni taqiqlash mumkin, masalan shaftolini.

Mevalarni ham qachon yeyish kerakligini ham bilish kerak. Masalan olma, o'riklarni ovqatdan yarim soatcha oldin yeyiladi. Nok, olxo'rilarni ovqatdan keyinoq yeyilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bular hazm qilishni tezlashtiradi.

Bir narsani yodda tutish kerak, yuqorida Rabella aytganiday kunda bir bor ovqat yeyish yetarli.
Mevalardan ham ko'pam yeyaverish yaramaydi. Ibn Sinoday hakimlar kunda bir necha dona turshak yeb yashayverishgan. Qancha kam yesak organizmga shuncha foyda. Hazm qilish uchun oshqozon ko'pam qiynalmaydi, barcha a'zolarimiz harakatga tushmaydi.

Ozish uchun eng yaxshi yo'li bu ochlik! Kunda 0'5-1kg'dan ves tashlaydi, ortiqcha yog'lar shiddat bilan eriy boshlaydi. Iloji bo'lsa ochlik davrida suv ham ichmay turish kerak, ichsa ham faqat chanqaganda, og'iz yo ter quruqshaganda (aniqrog'i organizm juda suvsaganda). shunda tanamiz suvsasa yog'larimizdan suv oladi, siydik bilan chiqarib yuboradi.
Bunga misol qilib tuyani olishimiz mumkin, suvsiz qolsa yog'laridan suv olib ko'p muddat suvsiz yura oladi.

O'zimdan misol qilsam. 6 oy oldin vesim 74-76kg atrofida edi. Avval 3, keyin 7-10kunlik ochliklar qildim, vesim 60-61kg'ga bordi. Hozir normal 63-66 kg atrofidaman.
Ochlikdan chiqqandan keyin ishtaha juda kuchli bo'ladi. Ozmoqchi bo'lganlarga mana shu vaziyat juda qo'l keladi, ovqatdan tiyilib tursa yetarli, 2haftada ishtaha izga tushadi, juda xushqomat, go'zal bo'ladi.
Ko'z atrofidagi ajinlar ham yo'qoladi, ko'zlar charaqlaydi, sochlar xira bo'lsa yaltiraydi.

Qayd etilgan


akula  12 Iyul 2011, 03:23:41

MuminMirzo aka man sizni IBN SINO bobomizni hozirdagi zamonaviy timsoliga uxshataman sizning har bir yozgan postlariz foydali ma'lumotlarga tula, uziz ham kupgina ma'lumotlarga ega inson ekanligizga shubxam yuq.. man qoil qolganim dori darmonlarsiz dardga davo topish yullaridan xabardor ekanligiz bu mani ajablantirdi

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  12 Iyul 2011, 09:41:28

MuminMirzo aka man sizni IBN SINO bobomizni hozirdagi zamonaviy timsoliga uxshataman sizning har bir yozgan postlariz foydali ma'lumotlarga tula, uziz ham kupgina ma'lumotlarga ega inson ekanligizga shubxam yuq.. man qoil qolganim dori darmonlarsiz dardga davo topish yullaridan xabardor ekanligiz bu mani ajablantirdi
Qani edi Ibn Sinoning hech bo'lmasa yuzdan bir qismicha ilmiga ega bo'la olsak.

:as:
Mo'min Mirzo böyiz uzunligi necha sm ?
:vsl3:
180sm.

Qayd etilgan


BelleQizcha  28 Avgust 2011, 00:12:27

Assaloam alaykum., aziz porumdoshlar..
bu mavzuga nega yozyatganim uje bilib bogan bosela kere, gapni cho'zmasdan, Gapni gapini boshluviza..

Ramazonda, odam tanisida, yil boyi kutulmagan hodisilar boladi..
Imminutiy sistemimmiza, qornimizga ovqat kirmagani uchun, sekin ishlay boshlaydi, va boshqa sistemimiza ishga tushadi..

Ramazonda, kopchilik, ozib ketishi aniq, Lekin kopchilik semirib ketishi ham aniq.
Chunki Saharda toydirib ovqat yeb uxlash, iftordan 3-4 soatlarda to'q qorinda uxlash ham, semirib olib kelishga, ich qotishiga va bu holat 30kun qaytarilsa, odam tanasi bu narsaga organib, semirib ketishi mumkin.,..

Demak bu yerda, Ramazondan kiyingi diet haqida yozib boraman.,..
Ramazondan olgan KGlarimizni, yoqotish juda oson boladi.. Bu narsaga ishonchim komil...


-Demak, Bu dietimizda, kun boyi och yurish, mumkin emas, chunki ramazondan kun boyi och yurganimiz uchun bu sapar, to'q yurib, sistemamizni oldingi holatga keltiramiz..
koproq mevalar, va sut mahsulotlari, meva suvlari va sabzavotlar, va sabzavot suvlari tavsiya qiladi..
Tuzlik narsalarni koproq shirinliklarni esa kamroq yeyish tavsiya qilinadi.,. chunki shirinliklar odamni ishishga tuzlik esa qurutishga olib kelgani uchun,tuzlik mahsulotlar tavsiya qilinadi, masalan, badom, yong'oq, qora non, suyuq toamlar kuchli tarzada tavsiya qilinadi...

Oshdan, va goshtli narsalardan uzoqroq yuring..
Ramazon oyida Ifotlikda yeganimiz uchun, Ramazon dietida  esa, Shomdan kiyin ovqat yemaslik tavsiya qilinadi,..
KOPROQ SUV ichish esdan chiqmasin,... kok choy ham kuchli tarzda tavsiya qilinadi..

Yozilganlarni qilsangiz, 4 kun, tanangizda kotta ozgarishlarni korasiz..
Rahmat.. yana biron narsa esga kelsa albatta yozaman..

Kelyotgan Hayit bayrami barchamizga muborak bolsin... Tutgan ro'zalarimiz, va oqilgan namozlarimizni Allahni o'zi Qabul qilsin... Amin

Qayd etilgan


BelleQizcha  22 Sentyabr 2011, 04:07:00

Ortola yangi parhez topdim,..

Qayd etilgan


Solihatun  22 Sentyabr 2011, 17:30:20

Ortola yangi parhez topdim,..


Ma'lumot bering

Qayd etilgan


Solihatun  16 Oktyabr 2011, 09:30:14

BelleQizcha yangi parxez topdim deb shahar ko`chalariga plakatlarni yopishtirib qo`yganingizga ham mana salkam  bir oy bo`ldi. Lekin parxezingizdan darak yo`q. Yoki dietologlar XolaBelle nonimizni yarimta qilyapti deb tahdid qilishdimi? :10

Qayd etilgan


BelleQizcha  16 Oktyabr 2011, 09:51:25

Yoq .. prosta aql kirib pulga sotvoman ertaga yozaman hudo hohlasa

Qayd etilgan


Solihatun  27 Noyabr 2011, 22:04:22

Belle qaysi parxezzi eng natijasi zo`r fikringizcha, kam uglevodli, kam yog`li yoki  kam oqsilli??  Faqat sut mahsulotlari bn yoki faqat qaynatilgan go`sht orqali qilinadigan parxezlarni qay biri effekt berarkan? Jismoniy mashq bn ham shug`ullanayotganlarga siz qanaqa parxez tavfsiya qilasiz?

Qayd etilgan