Yaxshi mavzuni boshlabsizlar.
Man bu haqda bir hikoya yozgan edim. Shu hikoyadan iqtibos keltiraman:
Farzand ko’ramiz. Birinchi farzand. Men uning o’g’il bo’lishini tilardim. Qizaloq bo’lsa ham shukrona aytaman. O’g’il bo’lsa ismini Abdulaziz qo’yamiz, qiz bo’lsa Muhsina. Onamning quvonchini ko’rmaysanmi? Hali tug’ilmasdan tikdirib qo’ygan kiyimchalarini senga taqdim etadi. Chaqaloqni qo’liga olarkan, Allohga shukronalar aytadi. Yuz-ko’zidan o’padi, erkalatadi. Beshikto’yga o’z qo’llari bilan kulcha yopadi. Uyimizni to’ldirgan yosh bolalarga kulcha tarqatasan. ...Hali ko’p bolalarimiz bo’ladi, bir-biridan shirin. Ular bag’rida yana yoshlikka qaytamiz.
Abdulaziz menga o’xshaydi! Hech tinch turmaydi. Seni doim qiynayveradi. Lekin sen bundan rohatlanasan. "œOg’ilginam" deb erkalatasan. Asta-sekin tili chiqadi. "œDadadzon" deya boshlaydi. Keyin "œoyijon"ni o’rganadi. Endi uning xizmatidan sen ham bahramand bo’lasan. Saxar uxlab yotganimda uni boshimga qo’yib qo’yasan. U meni uyg’ota boshlaydi:
- Dadadzooon! Turiin! Nomoz o’qiysimiii?
- ...ha, hozir..., - deyman erinibgina.
- Dadadzooon! Dadadzooon!
- Abdulaziiiiz!
- Turiiiiin, dadooooo’.
- Xoooo’p. Mana. Turdim, o’g’lim...