Aziza Xalil:
Assalomu alaykum, juda qiziq mavzu topibsizlar. Men bir odatimizni tushunmayman, (albatta, ming yillik an'anamiz bo'lsa ham) nega farzandiga uni dunyoga keltirgan ota-ona emas, buvijon-buvajonlari ism qo'yishi kerak? Axir, shariatda ham farzandiga nom qo'yish ota-onaning pirovard burchi-ku! Rost, yosh ota-onaga ularning yaqinlari, ota-onalari ism tanlashda maslahat berishlari tabiiy. Lekin, butunlay shu vazifani o'zi bajaradigan buvi-buvajonlarimiz qancha...
Masalan, man farzandlarimga umr yo'ldoshim bilan maslahatlashib, o'zimiz yoqtirgan ism qo'yishni isratdim. Dugonalarim esa qaynota-qaynonang istagani bo'ladi, deyishadi.
Agar 0Olloh menga qiz farzand ato etsa uning ismini- Mahin, o'glon bo'lsa-Firdavs deb qo'ygan bo'lardim. Mahin-Oy nuri, Firdavs esa jannat degani...