Adobe Photoshop Dasturida Carbon stilli menyu tayyorlash  ( 7093 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nоdirbek  26 Mart 2011, 09:27:37

Ushbu darsda, carbon stilli menyu tayyorlashni o’rganamiz.


1. Photoshop dasturini ishga tushiramiz va 1200 x 600 pixel o’lchamda yangi oyna ochamiz (Ctrl+N).

Old fon rangi (Foreground color)ni ochamiz va #bebebf rang kodini kiritamiz. Orqa fon (background color)ga esa rang kodi #d2d2d2 ni kiritamiz. Asboblar qatoridan Gradient (G) asbobini tanlaymiz va boshqaruv panelidan Linear Gradientni tanlaymiz

2. Gradient asbobi yordamida oynamiz yuqorisidan pastga qarab chiziq chizamiz:

3 .Menyudan filter > noise > add noise bo’limini tanlaymiz va rasmda ko’rsatilganday moslaymiz:

4 .Menyudan filter > blur > motion blur buyrug’ini tanlab, moslaymiz:

5. Rectangular Marquee (M) asbobini tanlaymiz va quyidagi rasmda ko’rsatilgan joylarni belgilaymiz. Tezda Move toolni tanlaymiz yoki  klaviaturamizdan "œV" tugmasini bosamiz va Ctrl+T tugmalarini bosib, rasmda ko’rsatilgan yo’nalish bo’yicha oynamiz chetiga tortamiz.

Ko’rib turganimizdek, yuqorida biz, menyu uchun fon tayyorladik.

6. Asboblar orasidan Rounded Rectangle (U) asbobini tanlaymiz va Radiusni 10 pixelga moslab, oynamiz o’rtasiga menyu shaklini chizamiz:



7. Ushbu shaklni bo’yab olishimiz ham mumkin, buning uchun shakl ustiga sichqonchamiz o’ng tugmasini bosamiz va fill path buyrug’ini tanlab,

ranglar orasidan xohlagan rangni tanlab OK tugmasini bosamiz.

8. Menyudan Layer > Layer style > Inner shadow yoki Layers oynasini ochib, menyu shakli chizilgan layer ustiga sichqonchamiz

chap tugmasini ikki marta bosamiz va u yerdan Inner shadow bo’limini tanlab, rasmda ko’rsatilganday moslab chiqamiz:



Gradient Overlay:



Stroke:



Natija:




Qayd etilgan


Nоdirbek  26 Mart 2011, 09:32:25

9. Ushbu bosqichda biz, menyumiz uchun qolip tayyorlab olamiz. Buning uchun yangi oyna ochamiz, yani Ctrl+N tugmalarini bosamiz,

4X4 pixelga moslab, Backgorund contentsni transparentga o’tkizamiz va OK tugmasini bosamiz. Ctrl++ tugmasini bosish orqali

ushbu oynani 3200% gacha kattalashtiramiz va Asboblar orasidan Pencil (B) asbobini tanlab, quyidagi rasmda ko’rsatilgan joylarni

berilgan rang kodlari bo’yicha bo’yab chiqamiz.



10. Menyudan edit > define pattern buyrug’ini tanlaymiz va nomlab, OK tugmasini bosamiz.

11. Ushbu oynani yopamiz va menyu oynasiga o’tamiz. Layers oynasidan, menyu shakli chizilgan layerni tanlaymiz va menyudan

Select > Load Selection buyrug’ini tanlaymiz yoki ushbu layer ustiga Ctrl+Sichqonchamiz chap tugmasini bosamiz.

Yangi layer ochamiz buning uchun kalviaturadan Ctrl+Alt+Shift+N tugmalarini bosishimiz mumkin yoki Layer > New> layer

buyrug’ini tanlash mumkin. Asboblar orasidan Paint Bucket (G) asbobini tanlaymiz va boshqaruv panelidan Patternni tanlab,

qoliplar orasidan o’zimiz tuzgan qolipni tanlaymiz va menyu shakli ustiga bir marta sichqonchamiz chap tugmasini bosamiz.



12. Layers oynasidan Blend Modeni Difference ga o’zgartiramiz



13. Endi menyuga matn yozamiz, ya’ni har bir tugmacha nomini yozib chiqamiz, demak Type Tool (T) asbobini tanlaymiz

va menyumizning pastki qismiga gorizontal shaklda tugmacha nomlarini yozib chiqamiz:



14. Menyudan Layer > Layer style> Drop Shadow:



Color Overlay:



15. Har bir link orasiga gorizontal chiziq chizib chiqamiz, buning uchun asboblar orasidan Line Tool

(U yoki Shift+U tugmalarini tanlaymiz) va radiusni 1 px ga moslab menyumizning yuqori qismidan boshlab pastki

qismiga qadar chiziq chizamiz. Birinchi chiziq qora rangda bo’lishi kerak, ikkinchisi esa oq rangda. Shundan so’ng

Opacity-50% gacha kamaytiramiz va "œBlend mode"ni "œSoft Light"ga o’zgartiramiz va bizda quyidagicha natija chiqishi kerak:



16. Elliptical Marque (M) asbobini tanlaymiz va quyida ko’rsatilganday aylana chizamiz:



17. Yangi Layer ochamiz (Ctrl+Alt+Shift+N).Gradient (G) asbobini tanlaymiz va boshqaruv panelidan

"œLiner Gradient"ga moslab, ranglarni #000000 va #828282 ga moslab, aylanamiz yuqori qismidan pastki

qismiga qarab gradiyent chizamiz.



18. Yana Elliptical Marquee asbobi yordamida aylanamiz ichiga kichikroq o’lchamdagi aylana chizamiz:



19. Ushbu aylanani rang kodi #8e8e8e da bo’yab olamiz, yani Old fon rangi(Foreground color)ga shu

rang kodini yozamiz va Alt+Backspace tugmalarini bosamiz. Tezda yangi layer ochamiz (Ctrl+Alt+Shift+N)

va old fon rangini oqga o’tkizamiz. Gradient (G) asbobini tanlaymiz va Transparent Gradientga moslaymiz,

va boshqaruv panelidan "œRadial Gradient"ni tanlaymiz.




 

Qayd etilgan


Nоdirbek  26 Mart 2011, 09:35:31

20. Yuqori chap burchakdan pastki o’ng burchakka qarab gradiyent chizamiz va bizda quyidagicha natija chiqadi:

Boshqaruv panelidan "œLinear Gradient"ni tanlaymiz va pastdan yuqoriga ham xuddi shu tarzda gradiyent chizamiz:



Ana shu holatda yaltiroqlik effektini chiqarish mumkin:



21. Har bir aylanani har bir tugmachaga joylab chiqamiz buning uchun mavjud bo’lgan aylanalarni nusxalaymiz

yani Ctrl+J tugmalarini bosish orqali nusxalash mumkin, so’ngra Move (V) asbobi yordamida kerakli tugmalar

ustiga joylab chiqamiz:



22. Ushbu bosqichda menyu uchun Hover effect, yani menyuning xohlagan tugmasiga sichqonchamiz

ko’rsatkichini olib borganda aktivlashganini bildiradigan effect tayyorlaymiz.

Buning uchun tugmachalar orasidan xohlaganimizni tanlaymiz va o’sha tugmacha ustidagi aylanani tanlab,

o’sha aylanaga Gradient Overlay qo’shamiz, buning uchun, Layer> Layer style: Gradient Overlay va ranglarni moslaymiz:



23. Rectangular Marquee (M) asbobini tanlaymiz va ushbu tugmacha ustiga quyida ko’rsatilganday to’rtburchak shaklini chizamiz:



24. Yangi Layer ochamiz va belgilangan joyni #dddddd rangda bo’yab olamiz va "œBlend mode"ni "œOverlay"ga o’zgartiramiz:



25. Nihoyat oxirgi bosqichga ham yetib keldik. Asboblar orasidan "œPolygonal Lasso" asbobini tanlaymiz va

quyida ushbu tugmachaniz ustki qismiga uchburchak chizamiz. Layer> Layer Style> Drop shadow:




Menda esa mana bunday natija chiqdi:



Muallif: hv-designs

Tarjima: Nodirbek

Qayd etilgan