Shirinliklarni Sultoni-BAKLAVA tayyorlaymiz:)  ( 19077 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  30 Mart 2011, 17:13:40

Assalomu alaykum pazandalar. Pazandalik bo'limida Baklava uchun alohida mavzu ochichga qaror qilishimni sababi bu haqda mendan tez tez so'rab turishlari bo'ldi. Yaqinda yana singillarimizdan biri Baklava qanday tayyorlanadi, deb so'rabdilar. U kishini kuttirmaslik uchun bugun bu shirinlik uchun vaqt ajratishga qaror qildim. Bo'limda Paxlava mavzusi bor, bazilar Baklava bilan bir xil shirinlik deb o'ylashlari mumkin, lekin unday emas. Balki vaqt bo'lsa Paxlava tayyorlanishi haqida ham yozarman, chunki savol javobsiz qolibdi.

Xullas, mavzuimiz Baklava va uy sharoitida tayyorlanishi, marhamat.



Qayd etilgan


Ansora  30 Mart 2011, 17:15:15

Baklava


Sharbati uchun:


1.   5 stakan shakar (stakan 200 gr)
2.   3.5 stakan suv
3.   Yarim dona limoni suvi

Xamiri uchun:

1.   4 stakan un
2.   1 stakan iliq sut
3.   1 paket karbonat
4.   100 gr eritilgan saryog’
5.   1 dona tuxum

Xamirni orasi uchun:


250 gr maydalangan yong’oq

Bundan tashqari:

1.   3 paket bug’doy kraxmali (500gr) (xamir ochishda ishlatiladi)
2.   150 gr eritilgan qaynoq saryog’


Tayyorlanishi:

Xamir mahsulotlarini hammasini aralashtirib yumshoq xamir qoring va 15-20 daqiqaga xamirni o’rab qo’ying. Xamirni 3 qismga bo’ling. Har qismni 16-18 dona yongoq kattaligida bo’laklarga bo’ling. Bo’laklarni dumaloq shaklga keltiring. Dumaloqlangan har bir xamirni o’rtacha tarelka kattaligida yoying. Oralariga mo’l kraxmal sepib 16 yoki 18 bo’lakni ustma ust qo’ying. (eng usttagi xamirga kraxmal sepmang) Shunday qilib 3 dona 16 yoki 18 bo’lakdan iborat xamir hosil qiling.
Dumaloq bir duxovka listini yog’lang. Agar dumaloq yo’q bo’lsa to’rtburchak idishingizni ichiga dumaloq ochilgan xamirlarni solishingiz mumkin. 16 bo’lakli xamirni duxovka listi kattaligida yoying. Buni duxovka listiga solib ustiga maydalangan yong’qoni yarimini seping. İkkinchi bo’lak xamirlarni ham yoyib ustiga qo’ying. Qolgan yong’oqlarni bu bo’lakni ustiga seping. Ohirgi 16 dona xamirni ham shu shaklda yoyib qolgan xamirlarni ustiga joylashtiring.
Listdagi xamirlarni baklava tilimi shaklida kesing. Ustiga va har tarafiga tegadigan qilib saryog’ni 150 gr qaynoq saryıg’ni to’king. 200 darajada usti qizarguncha pishiring. Duxovkadan olgandan keyin baklavani sovuting. Baklava sovugandan keyin ustiga iliq sharbatni to’king. 4-5 soatdan keyin dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha.

Qayd etilgan


Kamalak  30 Mart 2011, 17:29:14

Assalomu alaykum Kapalak juda ham yaxshi qilibsiz bu bo'limni ochib.Paxlava bo'lim bor ekanu lekin hech kim yozmagan men ham tayyorlamoqchi bulib izlab kurgandim u kuni sizdan suramoqchi buldimi lekin vaqtingiz kamligini bilib xijolat bulib turgandim.Katta rahmat sizga sog' bo'ling.

Qayd etilgan


Ansora  30 Mart 2011, 17:34:33

Baklavani ta'rifini o'qiganlar oson ekan-u deyishlari mumkin. Aslida eng asosiy qismi xamirini yoyishda, chunki baklava xamiri judayam yufqa shaklda, qog'ozday ingichka yoyilishi shart. Undan keyin xamirni duxovkada pishishi muhim. Sharbatni qo'yiq suyuqligi, to'kilmasdan oldingi issiq sovuqligi...

Baklavani judayam turi ko'p. Ham shakli hamda ichida qo'llanilgan yong'oq, pistaga qarab turi o'zgaradi, albatta narhiyam:)


Qayd etilgan


Ansora  30 Mart 2011, 17:39:47

Baklava-Turkiyada shirinliki deganda ilk xayolga kelgan lazzattir.

Hayitlarni, kelin so'rashlarni, jiddiy mehmondorchiliklarni baklavasiz tasavvur qilish qiyin.

Xamir ochishi qiyin bo'lganligi uchun so'ngi 4-5 yildan beri tayyor baklava xamirlari chiqdi. Xamirni olasiz, orasiga yong'oq, pistani solib, pishirasiz, shabrat to'kasiz, vassalom:) yani ishlar ancha osonlashdi.

Lekin pista va yong'oq, saryog' qimmatligi uchun baklava haliyam tahtdan tushgani yo'q:)


Qayd etilgan


Hadija  05 Aprel 2011, 15:03:52

opajon, karbonat nima u?
1 st karbonotni o'rniga Uzbda topiladigan boshqa ubu narsa solsa ham bo'ladimi?

Qayd etilgan


registan  05 Aprel 2011, 16:27:30

Chaynaya soda bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


Bonuxon  19 May 2011, 13:05:38

Rahmat kottakon!
Ba'zi bir narsalaga oydinlik kiriting agar malol kelmasa! 16 donali xamir boru uwani diametri tahminan qan4a böladi? Duxovka listini diametri4i? Duxovka listiga xamirni yoyganda qalinligi ne4 sm.böladi? Karbonat nima?
Uzr savollarga kömib tawlaganim un 4unki 1 marta pitsa piwiriwniyam retseptini öqib piwirgandim xamirni azgina qalinro qipman wunga azgina öhwamagandi! Keyin söravolib piwirgandim yahwi bögandi!

Qayd etilgan


Ansora  25 May 2011, 17:24:58

Rahmat kottakon!
Ba'zi bir narsalaga oydinlik kiriting agar malol kelmasa! 16 donali xamir boru uwani diametri tahminan qan4a böladi? Duxovka listini diametri4i? Duxovka listiga xamirni yoyganda qalinligi ne4 sm.böladi? Karbonat nima?
Uzr savollarga kömib tawlaganim un 4unki 1 marta pitsa piwiriwniyam retseptini öqib piwirgandim xamirni azgina qalinro qipman wunga azgina öhwamagandi! Keyin söravolib piwirgandim yahwi bögandi!

Arzimaydi:)
karbonat-razrıxlitel' bo'ladi.
Bu yerda muhim bo'lgan narsa duxovkani o'lchimi emas, xamirni ingichkaligi. Agar duxovkangizni listiga sig'masa, chetlaridan kesib, ustma ust qo'yishingiz mumkin. Zotan qanchalik ko'p qavat bo'lsa, baklava shunchalik zo'r bo'ladi.

Baklava bilan bog'liq videolar: Bu yerda xamirni ingichkaligi 0.2mm ekan.

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=0Z3NimsKPLQ" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=0Z3NimsKPLQ</a>

Qayd etilgan


Ansora  25 May 2011, 17:27:25

Yana videolar:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=0_m-DqCspm4" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=0_m-DqCspm4</a>

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=JfTnCCv0b2c" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=JfTnCCv0b2c</a>

Qayd etilgan