Muallif Mavzu: Чорвачилик  ( 38859 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Чорвачилик
« : 05 Aprel 2011, 11:18:53 »
Ассалому Алайкум
Ушбу мавзуда Юртимизнинг ҳар бир жойида кенг тарқалган чорвачилик ҳақида суҳбатлашсак. Сир эмас, кўпчилигимиз уйда чорва(мол,қўй,от,) боқамиз. Уларни қандай парваришлаш, даволаш, сотиш, харид қилиш, тур ва зотлари ҳақида ҳаммамиз ҳам билмаслигимиз табиий. Шу мақсадда ушбу мавзуни очишга бел боғладик. Чорва боқиш сирларини бир-биримиз билан баҳам кўрамиз деб, умид қиламан!




muxlisa

  • Mehmon
Re: Чорвачилик
« Javob #1 : 06 Aprel 2011, 13:46:18 »
 :as:

Mumkin bo'lsa, savolim bor edi.

Chorvani o'zi boqib sotgan bilan birovga boqtirib sotgandagi faqrini bilmoqchiman. Qaysi biridan foyda ko'proq  tushadi? masalan, manda chorva boqishga imkoniyat yo'q, lekin chorva boquvchilarga biror chorva hayvonidan olib bermoqchiman. shunda yemini pulini ham berishim kere bo'ladimi? keyin bundan  manga foyda bo'ladimi? boqib beruvchilar hozir qancha olishadi molni boqib berishlari u-n? 
Agar bu narsadan foyda olish mumkin  bo'lsa molning miqdoriga ham qaraladimi? ya'ni agar chorvamol ko'p bo'lsagina foyda bo'ladimi yoki 1ta buzoqdan ham foyda olish mumkinmi?


Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: Чорвачилик
« Javob #2 : 06 Aprel 2011, 15:16:33 »
:as:

Mumkin bo'lsa, savolim bor edi.

Chorvani o'zi boqib sotgan bilan birovga boqtirib sotgandagi faqrini bilmoqchiman. Qaysi biridan foyda ko'proq  tushadi? masalan, manda chorva boqishga imkoniyat yo'q, lekin chorva boquvchilarga biror chorva hayvonidan olib bermoqchiman. shunda yemini pulini ham berishim kere bo'ladimi? keyin bundan  manga foyda bo'ladimi? boqib beruvchilar hozir qancha olishadi molni boqib berishlari u-n? 
Agar bu narsadan foyda olish mumkin  bo'lsa molning miqdoriga ham qaraladimi? ya'ni agar chorvamol ko'p bo'lsagina foyda bo'ladimi yoki 1ta buzoqdan ham foyda olish mumkinmi?


Жуда яхши саволлар берибсиз.
Чорвани ўзингиз боқсангиз ҳам бўлади, боқтирсангиз ҳам бўлади.  Вақтингизга қарайсиз. Ёллаган одамнинг пулига келсак, қанчалигини билмайман. Ойига берасиз унга ойлик қилиб, адашмасам. Чорвани кўп бўлгани яхши, аммо эплай олиш ҳам керак. Фойдаси ҳам кўп бўлади кўп молдан. Битта бузоқдан ҳам фойда олиш мумкин. Ихлос билан, ҳафсала билан боқилса 1-1 фойда қолади.
Боқиб берувчиларга емини ҳам олиб берасиз, албатта.
Яна биладиган форумдошлар ёзишади, ИншаАллоҳ.
Мол боқиш унчалик қийин иш эмас, айтишларича. Кунига икки маҳал емини берасиз. Сувни узмайсиз, яъни суви олдида бўлиши керак доим.

Sofdil

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 88
  • -oldi: 311
  • Xabarlar: 325
  • Jins: Erkak
Re: Чорвачилик
« Javob #3 : 06 Aprel 2011, 15:44:37 »
 :as:

Boqmaganmanuu no bir paytla qiziqqanidim.
Moldan eng yaxshi foyda qilish uchun uni eng kamida 1 yoshida olinadi, yemlap yana boshqa 1-2 ta oqatlari bor berip boqilsa 3 - 3.5 oyda 1-1 tashidi.

Hozirgi paytta, oddiy yemmiyam "strategik" ahamiyatga ega qip, sotip olinishini qiyinlashtirishvorgnaini hisobga ogan holda ishi boshlashi maslahat beraman.
Mol sotvolish muammomas, asosiysi emmi qattan olishi uylela i qanchadan olishi.

Praktikada qiganla busa u bu narsa divorila bizayam bilvolilu bohonada :)

Al-Aziz

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 3
  • Xabarlar: 8
  • Jins: Erkak
  • Allohu Akbar!
Re: Чорвачилик
« Javob #4 : 06 Aprel 2011, 15:52:41 »
Assalomualeykum,yaxshi mavzu harholda yoshlikni eslaymiz  :) .mana bizde praktika qilgan .Hullas,chorvani uziz boqqaniz maqul chunki hozir birovga ishonch qoldimi ? ozuqalaga kelsak suvni kam berib yemini kop berish kerak.qishloq sharoitida esa manimcha ularga ozuqa dalada buladi,xarxolda dalaga opchiqib qo'yib yuborishadide kech kirguncha egalari miz'gib olishadi :).eng yaxshi zoti Hollandskiy Cow bulsa kerak. Foydaga kelsak Allohdan baraka...  


P.S: qo'y boqishdan mol boqish osonroq!

Al-Aziz

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 3
  • Xabarlar: 8
  • Jins: Erkak
  • Allohu Akbar!
Re: Чорвачилик
« Javob #5 : 06 Aprel 2011, 15:57:52 »
ozuqasiga kelsak .ular arzonlab  ketganda qoplab olib uyizni omboriga joylashtiras,(ularga srok qo'ylimagan manimcha )albatta ocheretda turib, moshinaga yuklab,hamma ishni uziga yarasha qiyinchligi buladi.buni Biznes deydilaar! ;)
« So'nggi tahrir: 06 Aprel 2011, 16:20:22 muallifi Al-Aziz »

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: Чорвачилик
« Javob #6 : 06 Aprel 2011, 16:36:33 »
ozuqalaga kelsak suvni kam berib yemini kop berish kerak.
Бундай қилинса мол гўштининг зичлиги ошиб, тош босади. Пўк бўлиб, қатлам-қатлам бўлмайди.

Sadulla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 960
  • -oldi: 914
  • Xabarlar: 512
  • Jins: Erkak
  • Ey,Muslimlar!Olloh yo'lida birlashaylik!
Re: Чорвачилик
« Javob #7 : 07 Aprel 2011, 07:04:33 »
 :as:

:as:

Mumkin bo'lsa, savolim bor edi.

Chorvani o'zi boqib sotgan bilan birovga boqtirib sotgandagi faqrini bilmoqchiman. Qaysi biridan foyda ko'proq  tushadi? masalan, manda chorva boqishga imkoniyat yo'q, lekin chorva boquvchilarga biror chorva hayvonidan olib bermoqchiman. shunda yemini pulini ham berishim kere bo'ladimi? keyin bundan  manga foyda bo'ladimi? boqib beruvchilar hozir qancha olishadi molni boqib berishlari u-n? 
Agar bu narsadan foyda olish mumkin  bo'lsa molning miqdoriga ham qaraladimi? ya'ni agar chorvamol ko'p bo'lsagina foyda bo'ladimi yoki 1ta buzoqdan ham foyda olish mumkinmi?



Hozirgi kunda chorva boqish oson emas,bu fikrga qo'shilaman.Lekin hozir bahor fasli oldinda esa yoz turibdi,shuni hisobga olsak,molni ovqati bo'yicha muammo bo'lmaydi.Meni fikrimcha mol boqqandan ko'ra qo'y boqqan yaxshiroq.Kichkinani muammosi kamroq bo'ladi diganga o'xshab.Mol ko'p ovqat yeydi,ko'p narsa talab qiladi.Uni sotish uchun boqsangiz sal qiynalib qolasiz.Qo'y esa hozirgi kunda dalaga kechqurun opchiqib,ertalab obkirsez bo'ldi.Molni ham shunday qilish mumkin ,lekin uni semirtirishga alohida yem olishingiz kerak,qo'yga esa arpani o'zi ham yetadi.Mol 1 yilda 1taga ko'payadi,buqacha olinsa bu ham yo'q.Qo'y esa yiliga 2 marta ko'payadi.Bitta mol olgandan ko'ra ikkita qo'y olgan yaxshi.Boqtirish masalasiga kelsak.Dala tomonlarga yaqinroq bo'lgan bir tanish toping.Pulini esa 70 ga 30 bo'lish  eng to'g'ri yo'l meni fikrimcha.Hech qanday mol ovqatini ham olib bermaysiz,chunki hozir dalada mol ovqati ko'payadigan vaqt.Dalada o'tlar kamaya boshlaganda esa...Bungacha bir gap bo'lar  ;)
Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Alloh sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o'limni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Re: Чорвачилик
« Javob #8 : 07 Aprel 2011, 08:06:36 »
Tovuq boqish borasida qanday maslahatlar bera olasizlar?
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

Al-Aziz

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 3
  • Xabarlar: 8
  • Jins: Erkak
  • Allohu Akbar!
Re: Чорвачилик
« Javob #9 : 07 Aprel 2011, 08:18:06 »
Parrandachilik  chorvachilikdan juda qiyin va masuliyatli  ammo  juda barakali,hullas Uzbekiston viloyatlari bo'yicha Samarkand va Farg'onada kotta Fabrikalar mavzud.Eng asosiysini aytsam tovuk uchun katak(Kletka ) muammo.agar shu muammoni echimini topa olsez qolganlari(Don-dun,suv Vitaminlar...) oson topish.lekin boru har kuni tuhum,tovukli dimlama yeb zerikasiz  :)

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Re: Чорвачилик
« Javob #10 : 07 Aprel 2011, 08:55:06 »
Fabrika emas ferma deng.
Tovuq boqish qiyin, tez kasal bo'ladi, bittasi kasallanib qolsa qolgani ham yoppasiga kasallanib ketadi. Ikki marta urinib eplay olmaganmiz.
15yildan beri mol fermamiz ishlab turibdi, asosiy foyda sutdan keladi.
O'zimiz uyda qo'y ham boqamiz, qo'y boqish hammasidan oson va bu barakali hayvon. Yilda 2ta, yurtimizda tarqalgan zotiga qarab 4tagacha ham tug'adi. Qishloq sharoitida boqish yanada oson, ko'm ko'k maysazorga qo'yib yuborsa kechgacha yuraveradi. Haydab qamash ham juda oson, molday bezrayib turavermaydi, bittasini haydasa qolgani ergashib ketaveradi.
Bizga o'xshab shaharda uy sharoitida boqib ham bo'ladi, hovlini deyarli sasitmaydi. Eng muhimi qo'ylarni Rasululloh s.a.v. maqtaganlar.
Molni afzal tomoni ko'p go'sht va sut beradi. Og'ir yillarda bir oila qornini sigir suti yetib turgan.

Shuhrat_

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 701
  • -oldi: 658
  • Xabarlar: 705
  • Jins: Erkak
  • Shuhrat Mamadaliyev.
Re: Чорвачилик
« Javob #11 : 07 Aprel 2011, 20:40:09 »
 :as:
Aytganizday quy juda barakali xayvon
1ta Quy 10 yilda 1024 ta buladi agr quchqorini solig`iga almashtirib turilsa.
Xisoblab kurishingiz mumkin
Xudo xoxlasa Men uyda boqaman,yaxshi egzak tugadigan,
kamroq baraydiganidan :7 topvoliy
Baribir borar joyimiz qora tuproq qabr,
insonga azaldan azizdir umr,
dunyo lazzati gohida ko`pu gohida kam,
boriga shukr qil,
yug`iga sabr!

Nurilla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 652
  • -oldi: 234
  • Xabarlar: 642
  • Jins: Erkak
Re: Чорвачилик
« Javob #12 : 08 Aprel 2011, 09:54:02 »
Nima sababdan yem maxsulotlari qimmatlashib ketti ekan, kim biladi. Adashmasam Fevral-Mart oylarida kepakni 380 dan olar edim. Endi esa 600-660 ga ko'tarilibdi.
Har qanday holatingda ham sengaberilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, Har qanday holatingda ham Alloh sendan habardor ekanini unutma, Har qanday holatingda ham ölimni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: Чорвачилик
« Javob #13 : 08 Aprel 2011, 10:29:00 »
Nima sababdan yem maxsulotlari qimmatlashib ketti ekan, kim biladi. Adashmasam Fevral-Mart oylarida kepakni 380 dan olar edim. Endi esa 600-660 ga ko'tarilibdi.
Ҳа, чиндан ҳам кўтарилиб кетди емлар. Оддий кепак ҳам аввалгидек арзон эмас. Худо хохласа кунлар исиб қолди, энди арзонлашиб қолар.

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Re: Чорвачилик
« Javob #14 : 08 Aprel 2011, 10:30:40 »
Har doim shunday bo'ladi. Bahorga kelib don-urug'lar kamayadi, talab esa ortadi. Shuning uchun hozir qo'ylar ham arzon. Qo'y kerak bo'lsa maygacha olib qo'yishni maslahat beraman. Chorva hayvonlarini eng arzon vaqti Mart oyida, chunki bu vaqtda o't-o'lan bo'lmaydi, yemlar esa qimmatlashadi. Apreldan boshlab qo'y narhlari sekin-asta ko'tarila boradi. Don-urug'lar narhi esa maydan boshlab tusha boshlaydi.
Erta bahorda don va don mahsulotlari 11yil ichida, adashmasam faqat 2marta qimmatlashmadi.