Fabrika emas ferma deng.
Tovuq boqish qiyin, tez kasal bo'ladi, bittasi kasallanib qolsa qolgani ham yoppasiga kasallanib ketadi. Ikki marta urinib eplay olmaganmiz.
15yildan beri mol fermamiz ishlab turibdi, asosiy foyda sutdan keladi.
O'zimiz uyda qo'y ham boqamiz, qo'y boqish hammasidan oson va bu barakali hayvon. Yilda 2ta, yurtimizda tarqalgan zotiga qarab 4tagacha ham tug'adi. Qishloq sharoitida boqish yanada oson, ko'm ko'k maysazorga qo'yib yuborsa kechgacha yuraveradi. Haydab qamash ham juda oson, molday bezrayib turavermaydi, bittasini haydasa qolgani ergashib ketaveradi.
Bizga o'xshab shaharda uy sharoitida boqib ham bo'ladi, hovlini deyarli sasitmaydi. Eng muhimi qo'ylarni Rasululloh s.a.v. maqtaganlar.
Molni afzal tomoni ko'p go'sht va sut beradi. Og'ir yillarda bir oila qornini sigir suti yetib turgan.