So'rovnoma

Sizningcha bugungi kunda mamlakatimiz talabalaridagi ijodiy tafakkur (kreativlik) qay darajada?


Zo'r! Bugun talabalarning aksariyati har qanday muammoga original yechim topib bera oladigan darajada
  0 (0%)
Yaxshi, talabalarning bir qismigina masalaga ijodiy yondasha oladi. Lekin ular yetarli darajada rag'batga ega emas
  2 (25%)
O'rtacha. Talabalarda ijodiy tafakkur salohiyatiga egalari bor. Lekin oliy o'quv yurtlaridagi ichki muhit ulardagi ijodiylikni siqib qo'ymoqda
  2 (25%)
Yomon. Bugungi talabalarning aksariyati faqat diplom olish uchungina "o'qiydi". Muammoga ijodiy yondashuv uyoqda tursin, majburiy predmetlarni o'zlashtirishda ham jiddiy nuqsonlar talaygina
  4 (50%)
Boshqa javob (yozib qoldiring)
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 7

So'rovnoma tugadi: 08 May 2011, 22:11:43



Innovatsion oliy ta'lim tizimi: kamchiliklar va taraqqiyot  ( 3805 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Usmon  08 Aprel 2011, 22:11:43

Assalomu alaykum!

Bu mavzuni ochishimdan maqsad mamlakatimizda innovatsion ta'lim tizimini rivojlantirish borasida fikringizni bilish. Bugungi kunda respublikamiz oliy ta'lim tizimida bir necha universitet, institut, akademiyalar faoliyat olib bormoqda. Ushbu so'rovnomada fikringizni ulardagi bilim berish jarayoni yoki moddiy-texnik, moliyaviy ta'minot muammolari emas, balki ta'lim tizimimizning qay darajada innovatsion ekanligi, talabaning ijodkorlikka nisbatan qay darajada motivatsiyaga ega ekanligi masalasiga tortish. Masalaning dolzarbligi shundaki, innovatsion ta'lim tizimini shakllantirish va uni rivojlantirish bilangina biz Bilimlarga asoslangan Iqtisodiyot qura olamiz va jahonning rivojlangan davlatlari qatoridan o'rin olishimiz mumkin.

Ma'lumot uchun:
Ijod - inson faoliyati jarayoni bo'lib, unda sifat jihatdan yangi moddiy yoki ma'naviy boylik yaratiladi;
Ijodni ishlab chiqarishdan farqlashning asosiy me'zon bu - uning mahsulining unikalligidir. Ijod mahsuli shunday narsaki, muallifdan boshqa hech kim xuddi shu sharoitlar yatatilgan taqdirda ham aynan shu natijaga erisha olmaydi. Demak, ijod jarayonida muallif mehnat operatsiyalari yoki mantiqiy xulosalarga to'g'ri kelmaydigan qandaydir faqat o'zigagina tegishli bo'lgan imkoniyatni yakuniy mahsulga singdiradi. Shu fakt ijod mahsulining ishlab chiqarish mahsulidan qadrliroq bo'lishini ta'minlaydi.

Innovatsion oliy ta'lim tizimi deganda men quyidagilarni nazarda tutdim:
1) ta'lim tizimi yangi mahsulotlar bera olsin: yangicha ilmiy qarash, nazariyalar, paradigmalar, ixtirolar, nou-xau, texnologiyalar va h.k.
2) bunday ta'lim tizimida tahsil olgan talaba har qanday masalaga ijodiy yondashib, o'zining original yechimini taqdim qila olsin.
3) ijod mahsuli osonlik bilan kommertsializatsiya (bozorga chiqish, tovarga aylanish) bo'la olsin.

So'rovnomada qatnashishni istagan gumanitar, aniq fanlar, texnika va boshqa barcha soha oliya ta'lim muassasalari talabalari, shuningdek xorijdagi talabalar va boshqa barcha shu masalaga qiziqqan porumchilarga KATTA RAHMAT!!!! Faqat javobni belgilash bilan cheklanib qolmay, nega shu javobni tanlaganingizga izoh hamda shu masalaga doir barcha o'zingizni qiziqtirgan mulohazalarni qoldirsangiz, nur ustiga a'lo nur bo'lar erdi!

Qayd etilgan


Adelaida  09 Aprel 2011, 20:05:47

 :as:
Таьлим жараёнига снги педагогик технологисларни жорий стиш сқувчилар томонидан мавжуд илмий билимларни пухта сзлаштирилишини кафолатловчи ёндошув ҳисобланади. Бизга схши маьлумки, "œтаьлим технологисси" таълим жараёниниг моҳисти, унинг босқичлари сзига хос хусусистлари шунингдек сқитувчи ва сқувчи  сртасида  кечадиган таълимий муносабатларнинг мазмунини англатишга хизмат қилади.

Qayd etilgan


Usmon  10 Aprel 2011, 17:26:51

Salom, Adelaida, fikr uchun rahmat. Shuni qo'shimcha qilmoqchi edimki,
Iqtibos
...В ходе исследований вс‹свлено, что в некоторс‹х научнс‹х кругах имеет место истолкование понстис «системс‹ инноваяионного образованис» как внедрение в учебнс‹й прояесс инноваяионнс‹х образовательнс‹х технологий: активнс‹х форм и методов обученис, проведение мастер-классов и т.п.  Ло нашему мнению, сто намного сужает понстие «система инноваяионного образованис», так как охватс‹вает только часть ее. Здесь, считаем, больше подходит термин «система образованис с применением инноваяионнс‹х образовательнс‹х технологий»
Demak, innovatsion ped texnologiyalarning qo'llanishi innovatsion ta'lim tizimining bir qismi, biroq "bo'lishi shart" emas bo'lgan, ya'ni optsional qismidir. Lekin buyam bitta tadqiqotchining mustaqil fikri.

Qayd etilgan