“Қизим, Қайнонанг – тилло”  ( 11215 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Hadija  09 Aprel 2011, 10:06:37

 :as:

Qarab tursam forumda qaynona va kelin yoki qaynota va kuyov mavzulari, ular odoblari haqidagi mavzular yo'q ekan. Marhabo Karimovaning ushbu she'ridan kelib chiqqan holda shu mavzuni ochdim. Qarshiliklar bo'lsa sekingina mavzuni bekitib qo'yaqolamiz. Hohlovchilar mavzu borasida fikr mulohazalari va savol-javoblarni berishlari mumkin.

Qayd etilgan


Hadija  09 Aprel 2011, 10:08:59

ҚИЗИМ, ҚАЙАОАААГ - ТИЛЛО

Қизгинамни узатдим,
Уз уйига кузатдим,
Кетарда бир ссз айтдим:
Қизим, қайнонанг - тилло.

Аразлаб келар кизим.
Жовдираб турар ксзим,
Безиллаб турар ксзим,
Дедим: қайнонанг - тилло.

Дер: "Қайнонам тили сқ,
Койиб, нолиб, урар дсқ,
Кснгил билан иши йсқ... "
Дедим: қайнонанг - тилло.

— Кечирмас, бурни осмон,
А­рим схши, у - ёмон
— Бекор айтибсан, нодон, -
Дедим, Қайнонанг - тилло.
Икки кслдан чиқар қарс,
Мулойим бсл, келгин паст,
"Хсп бслади ", десанг бас,
Қизим, қайнонанг - тилло.

Арз килиб келгандасм,
Хар нима дегандасм,
Қизим ҳақ бслгандасм,
Дедим: - Қайнонанг - тилло.

Кутиб олиб сзини,
Бошламасдан ссзини,
Бекитаман оғзини:
Қизим, қайнонанг - тилло.

Қайнаб келса, "бор", - дедим,
"Сенга уйим тор", -дедим,
"Лешона бозор ", - дедим,
Дедим: Қайнонанг - тилло.
Қизгинамни оврайман.
Телефондасм сайрайман,
Уйкумдасм жоврайман:
Қизим, қайнонанг - тилло.

Чархни бузган - парраси,
Қизни бузган - онаси,
Бузмай слсин - онаси,
Қизим, қайнонанг - тилло.

Уйини-уй бслсин деб,
Айрилмоқни ксрмай сп, .
Битта билан стсин, деб,
Дедим: Қайнонанг - тилло.
 
Қиз узатиб тсйлабман,
Қутилдим деб уйлабман,
Бекорларни суйлабман, 
Қизим, Қайнонанг - тилло.
Қизингмидур сғлингдир-
Бари юрак қсрингдир,
Тинчмаса шсрингдир,
Қизим, Қайнонанг - тилло

Марҳабохон йиғлаб дер:
Юрагим қони - бу шеър,
"œТиллахонга "œ инсоф бер,
Қизим, Қайнонанг - тилло

Тугамайди ғавғоси,
Адо қилди савдоси,
Қиз туққаннинг жазоси-
"œҚизим, Қайнонанг — тилло"
Marhabo Karimovaning "Dunyoning bir qavati" nomli she'rlar to'plamidan olindi
Manbaa

Qayd etilgan


azizbek_mx  09 Aprel 2011, 21:59:33

Yahshi mavzu, bugungi kunga juda dolzarb deb hisoblayman. Bardavom qilsin

Qayd etilgan


Bonuxon  10 Aprel 2011, 02:12:04

Yahwi mavzu qaynona kelin munosabatlari köpro yoritilsa yahwi bölardi

Qayd etilgan


Chustiy  10 Aprel 2011, 02:43:15

mavzu egasi praktika ishlarini boshlab yubordilami deyaman a? ;D
Iloyim izlanishilani davomli qilsin ;)

Qayd etilgan


Hadija  11 Aprel 2011, 10:11:37

QAYNONALARGA MUROJAAT

Endi so'z bizga ,biz qaynonalarga"¦Avvalo qo'llarimizni vijdonimizga qo'yaylik ,hisob berishdan avval nafsimizni hisobga tortaylik.Yahshi amallar qilish va xatolarimizni avf ettirish uchun kelinlarimizchalik fursatimiz yoqligini avf ettirish uchun kelinlarimizchalik fursatimiz yo'qligini o'ylab ko'raylik.Shunday hislar bilan barcha harakatlarimizni sarhisob qilaylik.



  • Sevimli qaynonalar! Shoyad bizning qaydlarimzni inobatga olsangiz,amal qilsangiz.Kelin bu'lganingizda qaynonangizdan nojoiz (noo'rin) harakatlar,muomalarni eslang, yozib qo'ying va teskarisini qiling.Siz jabr ko'rgan bo'lsangiz keliningiz ko'rmasin.

    Kelinlarimizni Payg'ambarimiz (s.a.v.)ifodasi bilan aytganda Ollohning omonat qilib (go'zalliklari,nasl-nasablari,boyliklari uchun emas ,axloqlari va imon(din)lari uchun)oldik.O'g'limiz va bizga qilingan omonatga hiyonat qilishimiz yaxshimi (to'g'rimi,mumkinmi)?
    "Erkaklarning eng yaxshisi turmush o'rtog'iga ko'p foydasi tekkani" ekanligini kelinimizning yonida ham bot-bot takrorlasak haq rizosini olmaymizmi?
    Kelinimizni "birovning qizi"deb emas,o'z bolamiz deb bilaylik.Bu yaxshi niyatimizni his etishlari uchun Olloh taolaga duo qilib,madad so'raylik.Shu tariqa qalbimizning "ilohiy nazar" qarshisidagi samimiyatini nazorat qilaylik.
    Kelinimizni yahshi ko'rishimizni aytishdan,yahshi gapirishdan qo'rqmaylik,taltayib ketmaydilar.Ayniqsa o'g'lingizning,do'st-yor,qarindosh-urug' orasida keliningizning fazilatlarini e'tirof etaylik.Eshitib xursand bo'ladilar .Bizga ham mehrlari ortadi.
    Ularni ovsinlari va boshqa kelinlar bilan solishtirmang (qiyoslamang).
    Keliningiz oldida o'g'lingizga alohida e'tibor ko'rsatib,yashirincha gaplashmaylik.
    Bizga ma'lum bo'lmasa-da,ularning xursand qiluvchi ishlarni qo'llab -quvvatlaylik.Hayotdan,biz bilan birga bo'lishdan zavq tushunchalariga yordam beraylik.
    Chindan mumkin bo'lmagan xatolardan ko'z yumib, kechirimli bo'laylik.Olloh ham kechirimlilarni sevadi.
    Tanqid qilib,haqoratlab "tarbiyalash" bolalarga ham o'tmaydigan (eskirgan) usul.Ularni yo'lga solishni istasak mehr bilan qilgan tanqidimizni unga ishonishimiz,yaxshi ishlarni haqida so'zlar bilan tugatishimiz lozim.
    Kattalar ham kichiklarga hurmat ko'rsatishi lozim.Shunda kichiklar ham hurmatda bo'lishni o'rganadi.Hurmat uning mustaqil inson sifatida tan olingani dalolatidir.Bo'lar-bo'lmas ishlarga aralashib,orani buzmaslik kerak.
    Har qancha tajribaga ega bo'lsak ham insonmiz,xato qilamiz.Uzr so'rasak obro'imiz kamayib qolmaydi,aksincha ortadi,bizga bo'lgan ishonch mustahkamlanadi.
    Kelinimizni xayolimizdagi shakldagidek emas ,boricha qabul qilaylik.Shu zaylda niyatlarimiz haqida tushuncha beraylik.
    O'z qizimizning ayblarini yashirgandek unikini ham yashiraylik.Mahshar kuni ayblarimiz yashiriladi.
    Kelinimizda bo'lmagan fazilatlarga hafa bo'lish o'rniga borlariga quvonlik,shkur qilaylik.O'zimiz ham halovatga erishamiz,o'zgalarga ham rohat bahsh etamiz.
    Ylardagi bizga yoqmaydigan narsalar haqiqatdan ham qo'llaridan kelmaydigan,qurbilari etmaganligi uchun qila olmaydigan narsalardir. G'iybat va tuhmatlar bilan o'g'limizga salbiy ta'sir ko'rsatib dunyo va oxirat saodatidan bebahra qolmaylik."Biz yoqtirmagan kelindan Olloh qanday xayrlar kutayotganini kim bilsin" .
    Kelin bilan buyruq ohangida gaplashmaylik.Iltimos qilaylik.Rahmat aytishni ham unutmaylik.
    Nasihat qilganimizda kelin jimgina eshitsa so'zlarimiz bekor ketganidir.Ularga ham fikirlarini aytish imkonini beraylik.
    Biror narsadan aziyat chekib turganida "senga aytmaganmidim" deb dardiga dard qo'shish o'rniga qanday xulosaga kelganini so'rab kelinimizning tajribasini oshirishga yordam beraylik.
    Kelinimiz o'zimiz istaganimizdek qilib o'zgartirishga urinish uning shaxsiyati ustiga chiqib o'tirib olishga o'xshaydi .Niyatimizga etdik deganda ostda qolganning chil-chil bo'lgan parchalar uyumiga aylanganini ko'ramiz.Badbaxt qilsak badbaxt bo'lamiz.
    O'g'limiz bilan kelinimiz tortishib qolsa o'rtaga tushmaylik (aralashmaylik).Agar aralashishimiz shart bo'lsa manfaatlarimizga zid bo'lsa-da haqiqatni e'tirof etaylik.Janjalda o'g'limizdan ko'ra kelinimizga ko'proq yon bosaylik.
    Kelinimiz bizga xizmat qilishga majbur emasligi buni qilsa savobga erishishni unutmaylik.Tez-tez minnatdorchilik bildiraylik,duo qilaylik.Shunda onadek sevilamiz,hurmat ko'ramiz.
    Iloji bo'lsa alohida,ammo yaqin uyda yashaylik.Oldindan xabar bermasdan kirib bormaylik.Uylarini o'zi tartibga keltirishga imkon beraylik.Muhabbatimiz mehrimiz bardavom bo'ladi.
    Nevaralarimizga ota-onasi bergan tarbiyaga ta'sir o'tkazmaylik.Mulohazalarimizni bildiraylik.
    Barcha urunishlarimiz zoe ketsa ,munosabatlar o'nglamasa ular uchun duoda bo'laylik.Yaratgan yomonni yaxshga aylantirishga qodirdir.Balki Olloh sabrimizni sinayotgandir shu tariqa gunohlarimiz kechirilar,Olloh huzurida martaba (daraja)miz oshar

Samimiy harakatlarimiz uchun ikki dunyo saodatini tilayman.

Tayyorladi: Gulsen Ataseven

Manba

Qayd etilgan


Hadija  19 Aprel 2011, 09:30:16

Qaynona — kelin janjalimi ? Ona- bola do’stligimi ?

Qaynona-kelin , qaunona-quyov so'zlari birga tiliga olinganda noxushlik,yoqimsizlik his qilinadi.Hayotning ma'lum bir bosqichida kelin , boshqa bir bosqicnda qaynona bo'lgan ayolning hamjinsi bilan murosa qila olmasligiga sabab nima? Nimalarga e'tibor berilsa baxtli oila bo'lishi mumkin ? Bizning qaydlarimiz quyidagilar.Fikrimizga ko'shilarmikansiz?

Keksalar ruhiyatini u qadar yaxshi bilmasliklarini e'tiborga olib, avvalo kelinlarga, so'ngra qaynonalarga murojat qilamiz.



· Suyukli kelinlar,turmush o'rtog'ingizga, uyingizga ,farzandlaringizga muhabbat bilan bog'lanishingiz,fidoyi tartibli, saranjom-sarishta bo'lishingiz qaynonanda ishonch tuyg'usini xosil qiladi, yakka-yu yagona o'g'lining "ishonchli qo'llarda, baxtiyor ekanligini" o'ylab shu "qo'l" ning sohibasini dilbandlari qatorida ko'radi.

· Shuni yodda tuting-ki ,qaynonangizga ko'rsatadigan xurmatingiz, mehringiz vaqti kelib keliningizdan qaytadi.

· Turmush o'rtog'ingiz ( bilan birga u)ning sevimli onasini "ona"deb biling.O'z manosi bilan qaunona "ona"

· O'z onangizning koyishlari, tanbehlari qalbingizda iz qoldirmagani kabi qaynonangizning " jonkuyarliklari"ni ham saxiy qalb bilan kechiring.

· Juda jaxlingiz chiqqanida odob saqlang. Turmush o'rtog'ingiz "Qur'on" tili bilan onasiga"uf" ham deya olmaganidek, siz ham sabrli bo'ling. Buning mukofoti bu dunyoda halovat ,oxiratda adabiy saodat bo'lajak. Juda g'azablangan, nafratlangan paytlaringizda hazrat Ouisha onamizning yodga oling.Beadabligi bilan nom chiqargan xizmatkori o'lganda "U men uchun bir sinov edi,sabr qilib jannatdagi darajamni orttirar edim .Shu imkoniyatdan mahrum bo'ldim" deb yig'lagan , xammani hayratga slogan edi.Bu fikr sizga ko'p narsani ifoda etishi lozim. Jannatga aylantira olishni eplolmasak, dunyo jannat emas-ku"¦

· Onangizning kamchiliklarini O'zgalardan, ayniqsa, turmush o'rtagingizdan yashirishga qanchalik urinsangiz, qaynonangizga nisbatan ham xuddi shunday yo'l tuting.Shunda farzand qatorida ko'rilasiz. Sir saqlash, sirdosh bo'lishni undan boshlang.

· Qalbingiz buyurmasa ham "Sovg'a bering, sovg'a berish muhabbatni kuchaytiradi" amriga bo'ysunib qaynonangizga ma'qul bo'ladigan sovg'alar oling.Tez-tez ko'rgani boring.

· Xos bir masalada tortishmang. Yumshoq ohangda "Siz haqsiz,lekin men mana bunday deb hisoblayman" deng.Sukut saqlang ( jim bo'ling).

· Nimani gapirishingiz emas ,qanday aytishingiz ham muhim . Harakatingiz, mimikangiz, ovozingiz toniga ham e'tibor bering.

· Turmush o'rtog'ingizdan uning onasiga xurmat, muomala masalasida tanbeh eshitmaslikka harakat qiling. Har bir ogohlantirish va majburan qilgan harakatlaringiz nafratga zamin hozirlaydi.

· Biz ko'rmasak-da, "yashirin kameralar" ham lahzada hayotimizni sarhisob qiladi. Robbimiz uning rizosi uchun qilingan harakatlarni biladi, zarradek yaxshilik, yoki yomonlik izsiz yo'qolmaydi. Unutmang.

Izoh: Bu qaydlardagi " kelin " so'zi o'rniga " kuyov" so'zini ham ishlatish mumkin.

Manba

Qayd etilgan


Hadija  19 Aprel 2011, 10:53:23

KELIN BO'LISH ILMI

KELIN BO'LGUVCHI OYIM !

Qiz uzatish bir ko'chatni joyidan sug'urib olib,boshqa boqqa ko'ndirish demakdir.Bir tilnigina uqadigan qushchangni mutlaqo boshqa tilda sayraydiganlar to'piga qo'shish, qovurg'alaring orasida o'stirgan gulira'noingni to'rt tommondan elvizak urib turgan sahnda qoldirish demakdir! Seni u yoqdan bu yoqqa ko'chirayotgan bog'bonlarning va xaridorlarningga unchalik qiyin emas !

Hamma jabr, hamma urinish-surinishlartomirlari uzilayotgan ko'chat,ona uyidan uchirma bo'layotgan polapon - senga, senginaga yuklagay. Axir birgina ko'ylat tikishni bilish uchun , bemorga igna sanchish, mashinaga murvat o'rnatish uchun, qo'y-chi, to'p tepish sirlarini o'rganish uchun ham yillab o'qiydilar,zahmat chekadilar. Kelinlik-birovning uyiga ,birovning qalbiga beozor o'rnashish, yangi odamlarga o'zini tushuntirish, ularni ham tushuna olish, bir honadonning fayzi,keragiga aylanish,suyaklaringning qatidan "farzand" degan shirin jonni yasab olish va uddalab uning suyagini qotirish demakdir. Bu taqdiringda inqilobiiy burulish emasmi ?! Bunga tayyorlanish, ilm kerak emasmi ?

Oy qizim ,sening toifang uchun kelinlik ilmi- bahtli bo'lish ilmi, boshqacha aytganda ,bahtsizlikdan qitulish ilmidir.Va u serqirra, ko'p bobli ilmdir.Biz bu risolachada shu daryodan bir hovuchginasini uzatmoqdamiz,xolos. Umid qilaylikki,saodatmand bo'lishingda o'gitlarimiz senga yordamchi bo'lsin !

* * *

" Hamma narsa niyatga bog'likdir" deyiladi Qur'oni karimda. Avvalo , baland va chiroyli niyat qil . Xuddi quriyotgan ekiniga yomg'ir so'rayotgan dehqonday, bemor bolasiga shifo tilayotgan ona kabi ixlos bilan niyat qil !

Ota-onang, yaqinlaring, hattoki bolachaqangdan ham xohlagan narsangni so'rolmaysan, hammasi hisob-kitobli. Faqat Yaratgandangina istsgsningcha tilashing mumkin. Uning dargohi keng va ugina beminnat muruvvatga qodirdir ! Niyatingni ulug' qilaver. Ixlos bilan niyatlar qilganing sari jismingda o'sha darajada faoliyat uyg'onadi.


* * *


Har ishni boshlashdan avval "Uni ,albatta a'lo darajada bajaraman !" deb niyat qil va shunday qilishingga ishon, mana ko'rasan , shunday bo'ladi ham !


* * *


Qizoyim, astoydil tilab borginki, borgan joyingga istarangni issiq ko'rsatsin.Sen kuyovning uyiga emas, umringni ko'chirib boryapsan .Chamanzormi,tikonzormi,to yuzga kirguningcha shu er endi senga vatav ! Shu borishda o'zingni yaxshi-yomon holatlarga sozlab borgin. Fe'li tekis bo'lmagan qaynonani ham yomon ko'rmayman, eritib olaman , shu uyga, albatta ko'nikib ketemen,deb niyat qilgin ! Bu niyat senga kechirimlilik, sabr va ko'ngil topishda izlanuvchanlik beradi.

Qayd etilgan


Hadija  19 Aprel 2011, 10:57:06

* * *


Yor- yor aytilib , nikoh o'qilib bo'ldi! Ro'parangdagi jufting oltin chiqadimi, mis chiqadimi, endi orqaga qaytish yo'q, peshonangning yozig'i shu ! Shugina erkakdan oiling uchun , o'zing vz farzandlaring uchun yaxshi o'g'il, yaxshi juft va yaxshi ota yasab olaman , deb niyat qil! O'z foydangni astoydil o'ylasang, shu niyatniamalga oshirasan. Chunki jufting ota-onasi ,aka-singillari bilan yaxshi bo'lmasa,senga kun yo'q. Qolaversa ,yaxshi kelin oila a'zolarini kelishtirgani, qovushtirgani keladi.Jufting ota-onasi bilan yaxshi bo'lib,seni tushunmasa, yana bir balo! Bolalariga namuna bo'lishi uchun ham avval otasini yaxshilash kerak. Ammo qo'rqma, bu ishlar unchalik mushkul emas. Birinchidan, sening niyating yaxshi, yo'lingni xudo o'zi ochadi. Ikkinchidan , erkak odam samimiy,tashviqotga tez beriladi. Uchinchidan,sendan ko'p narsa ketmaydi, faqat mehr,mehr, va yana mehr ko'rsatish,xolos!


* * *


Hech qachon juftimni egib olaman , deb niyat qilma! Bu yomon ayolning ishi ! Erni xayrli ishlarga etaklash boshqa,bunday harakatning nomi - do'sti sodiqlik ! Ammo uni faqat o'zining yaxshi-yomon istaklarini ijro etadigan laqmaga aylantirib olish olchoqlikdir"¦Agar shu yo'lni tutsang ,farzandlaringdan tortib qolasan, ya'ni bolalaring senga bee'tibor bo'ladilar,keksaliging g'arib ketadi"¦


* * *


Niyatingga qachon etasan ? Duolaring qachon ijobat bo'ladi ? Qachonki, duo tilayotgan tillaring beozor bo'lsa ,qo'ling xarom pul ushlash, xarom mol tutishdan uzoq bo'lsa,dilingda birovni qarg'amasang, qasd olguvchi, hasad qilguvchi bo'lsang

Odamlarga ozoring yo'qolib, muruvvating ko'paygan sari atrofingni omad o'rab boraveradi.


* * *


Ko'ngling ko'zi ochiq bo'lishini , dunyo go'zalliklarini ko'ra olishingni nasib etsin .Yaxshi odamlar,ko'ngilparvar munosabatlar, tabiat in'omlari-bari osmoniy ne'matlaridir, bu yaxshiliklarni tanigan saring o'zing ham yaxshilanib borasan.


* * *


"Cho'li iroq" yangrayotganda saqich chaynab o'tirgan ayol, bir quloch erga gul ekishni orzulamagan,hech o'sma qo'yib , orolanishni bilmagan ayol , kulib, yayrab turgan insonni so'zi bilan sindirib, vayron qiladigan ayol dunyoga eng xunuk ayoldir !


* * *


Uyindagi,atrofingdagi,jismi joningdagi mavjud imkoniyatlar uchun tinmay,dildan shkurona aytishni odat qil va bu amalni yuragingdan o'chirmasligini Yaratgandan yolvorib so'ra ! "Unim yo'q, bunim yo'q" dema, o'zingga berilgan imkonlarni ko'ra bil,o'ksiy boshlagan zahoting qo;lingdan boring ham bir-bir keta boshlaydi!


© Tursunoy Sodiqova
Manba

Qayd etilgan


Saliha  19 Aprel 2011, 20:52:57

Qaynona — kelin janjalimi ? Ona- bola do’stligimi ?

bo'lishingiz qaynonanda ishonch tuyg'usini xosil qiladi, yakka-yu yagona o'g'lining "ishonchli qo'llarda, baxtiyor ekanligini" o'ylab shu "qo'l" ning sohibasini dilbandlari qatorida ko'radi.

· Shuni yodda tuting-ki ,qaynonangizga ko'rsatadigan xurmatingiz, mehringiz vaqti kelib keliningizdan qaytadi.

· Turmush o'rtog'ingiz ( bilan birga u)ning sevimli onasini "ona"deb biling.O'z manosi bilan qaunona "ona"

· O'z onangizning koyishlari, tanbehlari qalbingizda iz qoldirmagani kabi qaynonangizning " jonkuyarliklari"ni ham saxiy qalb bilan kechiring.

· Juda jaxlingiz chiqqanida odob saqlang. Turmush o'rtog'ingiz "Qur'on" tili bilan onasiga"uf" ham deya olmaganidek, siz ham sabrli bo'ling. Buning mukofoti bu dunyoda halovat ,oxiratda adabiy saodat bo'lajak. Juda g'azablangan, nafratlangan paytlaringizda hazrat Ouisha onamizning yodga oling.Beadabligi bilan nom chiqargan xizmatkori o'lganda "U men uchun bir sinov edi,sabr qilib jannatdagi darajamni orttirar edim .Shu imkoniyatdan mahrum bo'ldim" deb yig'lagan , xammani hayratga slogan edi.Bu fikr sizga ko'p narsani ifoda etishi lozim. Jannatga aylantira olishni eplolmasak, dunyo jannat emas-ku"¦

· Onangizning kamchiliklarini O'zgalardan, ayniqsa, turmush o'rtagingizdan yashirishga qanchalik urinsangiz, qaynonangizga nisbatan ham xuddi shunday yo'l tuting.Shunda farzand qatorida ko'rilasiz. Sir saqlash, sirdosh bo'lishni undan boshlang.

· Qalbingiz buyurmasa ham "Sovg'a bering, sovg'a berish muhabbatni kuchaytiradi" amriga bo'ysunib qaynonangizga ma'qul bo'ladigan sovg'alar oling.Tez-tez ko'rgani boring.

· Xos bir masalada tortishmang. Yumshoq ohangda "Siz haqsiz,lekin men mana bunday deb hisoblayman" deng.Sukut saqlang ( jim bo'ling).

· Nimani gapirishingiz emas ,qanday aytishingiz ham muhim . Harakatingiz, mimikangiz, ovozingiz toniga ham e'tibor bering.

· Turmush o'rtog'ingizdan uning onasiga xurmat, muomala masalasida tanbeh eshitmaslikka harakat qiling. Har bir ogohlantirish va majburan qilgan harakatlaringiz nafratga zamin hozirlaydi.

· Biz ko'rmasak-da, "yashirin kameralar" ham lahzada hayotimizni sarhisob qiladi. Robbimiz uning rizosi uchun qilingan harakatlarni biladi, zarradek yaxshilik, yoki yomonlik izsiz yo'qolmaydi. Unutmang.

Izoh: Bu qaydlardagi " kelin " so'zi o'rniga " kuyov" so'zini ham ishlatish mumkin.

Manba
Avvalom bor hayirli bo'lsin. judayam chiroyli maslahatlar, haqiqatdan hamma narsani hisob-kitobi bo'lganidey, qilgan yahshilik va yomonligimiza o'zimizga vaqti kelib qaytadi.. shunchun yomon so'z ogizdan chiqquncha, avvalom shu ogzimizdan yomon so'z chiqmasligiga diqqat qilishimiz kerak..bir marotaba yuzchoparlik qilib aytishishga odatlansek, shunga odam o'rganib qoladi. Birinchi o'rinda nafaqat qaynona balki o'sha oilada kelin hurmatini saqlab qolishi kerak--chiroyli hulqi bilan gap eshitmaslikka harakat qilinsa..hammasi yo'lida bo'ladi..
aytishadiyu, agar to'gri bo'lsa, hato bo'lsa uzr..Kelin kerilmasa--Qaynona qaynamidi!!! deb!..

Qayd etilgan