Qaynona — kelin janjalimi ? Ona- bola do’stligimi ?
Qaynona-kelin , qaunona-quyov so'zlari birga tiliga olinganda noxushlik,yoqimsizlik his qilinadi.Hayotning ma'lum bir bosqichida kelin , boshqa bir bosqicnda qaynona bo'lgan ayolning hamjinsi bilan murosa qila olmasligiga sabab nima? Nimalarga e'tibor berilsa baxtli oila bo'lishi mumkin ? Bizning qaydlarimiz quyidagilar.Fikrimizga ko'shilarmikansiz?
Keksalar ruhiyatini u qadar yaxshi bilmasliklarini e'tiborga olib, avvalo kelinlarga, so'ngra qaynonalarga murojat qilamiz.
· Suyukli kelinlar,turmush o'rtog'ingizga, uyingizga ,farzandlaringizga muhabbat bilan bog'lanishingiz,fidoyi tartibli, saranjom-sarishta bo'lishingiz qaynonanda ishonch tuyg'usini xosil qiladi, yakka-yu yagona o'g'lining "ishonchli qo'llarda, baxtiyor ekanligini" o'ylab shu "qo'l" ning sohibasini dilbandlari qatorida ko'radi.
· Shuni yodda tuting-ki ,qaynonangizga ko'rsatadigan xurmatingiz, mehringiz vaqti kelib keliningizdan qaytadi.
· Turmush o'rtog'ingiz ( bilan birga u)ning sevimli onasini "ona"deb biling.O'z manosi bilan qaunona "ona"
· O'z onangizning koyishlari, tanbehlari qalbingizda iz qoldirmagani kabi qaynonangizning " jonkuyarliklari"ni ham saxiy qalb bilan kechiring.
· Juda jaxlingiz chiqqanida odob saqlang. Turmush o'rtog'ingiz "Qur'on" tili bilan onasiga"uf" ham deya olmaganidek, siz ham sabrli bo'ling. Buning mukofoti bu dunyoda halovat ,oxiratda adabiy saodat bo'lajak. Juda g'azablangan, nafratlangan paytlaringizda hazrat Ouisha onamizning yodga oling.Beadabligi bilan nom chiqargan xizmatkori o'lganda "U men uchun bir sinov edi,sabr qilib jannatdagi darajamni orttirar edim .Shu imkoniyatdan mahrum bo'ldim" deb yig'lagan , xammani hayratga slogan edi.Bu fikr sizga ko'p narsani ifoda etishi lozim. Jannatga aylantira olishni eplolmasak, dunyo jannat emas-ku"¦
· Onangizning kamchiliklarini O'zgalardan, ayniqsa, turmush o'rtagingizdan yashirishga qanchalik urinsangiz, qaynonangizga nisbatan ham xuddi shunday yo'l tuting.Shunda farzand qatorida ko'rilasiz. Sir saqlash, sirdosh bo'lishni undan boshlang.
· Qalbingiz buyurmasa ham "Sovg'a bering, sovg'a berish muhabbatni kuchaytiradi" amriga bo'ysunib qaynonangizga ma'qul bo'ladigan sovg'alar oling.Tez-tez ko'rgani boring.
· Xos bir masalada tortishmang. Yumshoq ohangda "Siz haqsiz,lekin men mana bunday deb hisoblayman" deng.Sukut saqlang ( jim bo'ling).
· Nimani gapirishingiz emas ,qanday aytishingiz ham muhim . Harakatingiz, mimikangiz, ovozingiz toniga ham e'tibor bering.
· Turmush o'rtog'ingizdan uning onasiga xurmat, muomala masalasida tanbeh eshitmaslikka harakat qiling. Har bir ogohlantirish va majburan qilgan harakatlaringiz nafratga zamin hozirlaydi.
· Biz ko'rmasak-da, "yashirin kameralar" ham lahzada hayotimizni sarhisob qiladi. Robbimiz uning rizosi uchun qilingan harakatlarni biladi, zarradek yaxshilik, yoki yomonlik izsiz yo'qolmaydi. Unutmang.
Izoh: Bu qaydlardagi " kelin " so'zi o'rniga " kuyov" so'zini ham ishlatish mumkin.
Manba