KO`NGIL KUNDALIGI  ( 75323 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 B


OyishaBonU  09 Iyul 2012, 08:39:19

Mehr...
Sog'onch...
Ishonch...
Shirin orzular...
Ezgu niyatlar...
Kemtik ko'ngilda bor...
Ko'ngilda boru lekin 0'zi
wu tuygularga zor..

Qayd etilgan


Mufazzala  09 Iyul 2012, 17:58:51

 :asl3:

Bugun to'yib-to'yib rosa yig'ladim,
Ammo, nechun yig'laganim hanuz bilmadim...

Qayd etilgan


Donishmand  11 Iyul 2012, 11:45:44

Xadicha, xayotni kitobga aylantirib yuboradiganlar har zamonda ko'plab uchraydi. Barchamiz ham qisman shunday bo'lganmiz bir paytlar. Lekin buning ham o'ziga yarasha foydali tomonlari bor.
Ammo vaqt kelib, bu holatdan chiqa bilish kerak. Ana shunda siz kitobdagilarni hayotda qo'llay bilasiz va bu sizning eng kuchli tarafingiz bo'ladi.

Yolg'izlik Yaratganga hos! Bandalaridagi yolg'izlik esa, asli shirin tuyulgani bilan, azobning eng yuksak ko'rinishidir. Iloji boricha undan chekinish lozim.

Qayd etilgan


Bobur Sharipov  09 Oktyabr 2012, 13:28:01

Ertaga bugun kechaga aylanadi.

Qayd etilgan


albatros  27 Oktyabr 2012, 23:52:03

O'zimni baxtli qilib ko'rsatishdan charchadim. Sog'indim - chin qalbdan kulishni...

Qayd etilgan


albatros  28 Oktyabr 2012, 00:30:42

Tun...
Olisdan oyning xura nurlarida ko'rinib turgan daraxtlar orasidan boyqush sayraydi.
Tun...
Chigirtkalarning dilni g'ash etguvchi ovozlariga, olis-yaqindan itlar ovozi jo'r bo'ladi.
Tun...
Deraza ortidan bog' oralab jildirab oqib o'tayotgan ariqdagi  suv, oyning nularida yiltillab so'zlaydi.
Tun...
Quloqlarim ostidan uchib o'tgan pashshalar qalbimga horg'inlikni chorlaydi. Takror holatlar, bir xil kunlar...Qalbim shu damda bir yupanch - YOLG'IZLIKni qo'msaydi. Tinchi bor olisga ketgim keladi.

Yolg'izman...
Xonamda, oy nuri xira.
Olisdan keladi itlar ovozi,
Ruhimda horg'inlik uyqum yo'q sira,
Bir yupanch izlaydi yuragim hozir.

Yotibman...
Uxlolmay, to'lg'onib,  notinch
Boshimga aylanar ming bitta xayol,
Menga begonadir, quvonch va sog'inch
Menga ortiqchadir hayot (ehtimol)...

Kecha...
Bugun...
Erta, yana shu holat,
Takror hayotimga yetib keladi.
Har bir kun tuyilar menga jaholat,
Yolg'iz, olislarga ketgim keladi...

(c)

Qayd etilgan


xojar  28 Oktyabr 2012, 17:36:20

 :asl3:
Alloh bayram qilib bergan kunda shod bo'laylik.
Adashmasam shunday xadis o'qigandim,ma'nosi:  Bu bayram kunlarida kishi xursand bo'lsa, Qalblar o'lgan kuni unign qalbi o'lmaydi.

Qayd etilgan


Nur_Ziyo  29 Oktyabr 2012, 07:32:08

Bu mavzuda nimani yozishni bilmadim dilimdan o'tkazayotgan hozirg holatimni yozdim:
Bu hayotni zavqlariga oshiq bo'lib hayotni zavqlari sari yugursangiz. Uni sohillari ko'p ekan, shu bilan hayoti dunyoga qanchalik bog'lanib qolganizni bilmay u sohildan bu sohilga oshiqib yuraverar ekanmiz. Esimizni taniganimizda maktabga ilk bor borganimizdayoq odamlarni etiboriga tuwishga harakat qilamiz. Bir oz katta bo'lgach o'zimizga oro berib kirinish yuruw turiwga diqqatimizni bog'laymiz, hayot qiziq ekan tehnikaga qiziqamiz internet olamiga sho'ng'igan kezlarim ham bo'lgan. Lekin bir narsani unitibman bu hayotga aslida nima u.n keldim va nimalar qilyapman? Aslida bu hayotga sinov u.n kelibmiz imtihondamiz. Alloh bizga bergan nematlar: ko'z nuri, ongimiz, har kunlik taom rizqimiz, qulaylik imkonyatlarimiz, barcha barchasiga shukrona aytishni hatto unitib qo'yibman. Ahir hozirgi holim sog' salomatligim har bir olayotgan nafasim Allohni manga bergan in'omi-ku. Wularni anglab yergach har lag'za g'animatligini ham anglab yettim. hozir hayolimdan shular o'tti.

Qayd etilgan


AL_laziz87  02 Noyabr 2012, 11:06:19

Тungi soat ikki. Ayolning uyqusi kelmay shiftga tikilib yotar, közlari yig'idan shishib ketgan, boshi tars yorilgudek og'riyapti. Bugun suyukli eri birinchi bor unga qöl kötardi. Yetti yil bir yostiqqa bosh qöygani, özi tanlab sevib turmush qurgani... Tarsaki ovozi shunchalik qattiq chiqdiki, yonlarida ötirgan ikki yoshli ög'ilchasi onasiga qöshilib yig'lab yubordi. Olti yoshli qizalog'i esa qöshni xonadan yugurib keldi. хонадан югуриб келди. Nima bölganini tushunmay hayron"¦ Ayol yon tarafga boqdi, eri yöq. Chekkani chiqqandir. Faqat qattiq siqilganida, ba'zan sigareta oladi qöliga. Аyol özini aybdor his qila boshladi. Bir gapdan qolmay teng aytishgani uchun. Eri tag'inam sabrli, boshida tög'ri tushuntirishga harakat qildi. Lekin "Siz ham erkakmisiz?" degan gapga har qanday erning sabr kosasi tölsa kerak. U özini bosib olgan, ichmaydi, yomon odatlari yöq, xotinboz emas. Faqat biroz yetishmovchilik bor oilada. Bugungi janjal ham eri bolalari sevadigan "œChokotellа" kremini olib kelmagani uchun chiqqandi. Shunga noshukrlik qilgani uchun ayolning vijdoni qiynadi. Uxlay olmayotgani sababi ham tarsaki emasdi. Bаlki erining dilini og'ritgani uchun özidan xafa edi... Eridan xavotir olib eshikni ochdi, uning bolalar xonasi oldida turganini körib hayron qoldi. Erining qölida bir parcha qog'oz bor edi, közlaridan esa yosh oqardi. Ayol bu manzaradan qotib qoldi, erining közlari namlanganini birinchi bor körishi edi. Bildrimasdan joyiga kelib yotdi"¦ Мiyasida ming hayol"¦ Ertasiga eri özini hech narsa bölmagandek tutar, doimgidek kulib, hazillashib bolalarini öynatardi. Оradan bir hafta ötgach ham ösha voqea haqida söz ochilmadi, ayolning köngli ham tinchlangandek böldi. Yakshanba kuni kiyimlarni yuvishga shaylangan ayol erining shimi chöntagidan bir parcha qog'oz topib oldi. Undagi yozuvlar kimniki ekanligini darrov angladi, qiyshiq harflar bilan bitilgan maktubni öqirkan qizalog'i Muxlisa köz oldiga keldi: "œEy Хudо, iltimos, adam oyijonimni urmasin... Endi hech qachon "œChоkоtеllа" yemayman..."

Qayd etilgan


albatros  06 Noyabr 2012, 11:16:13

Оналар оёғи остида жаннат (Ҳадис)

 Онажон"¦
 Мен бугун кеч қолдим, кеч билдим қадрингизни"¦
 Қалбингиз тафтларидан соғинчларга қсшиб берган меҳрингизни билмабман.
 Мен сизни "œёмон" дебман-а"¦ Сизни "œзолим она" деб атабман-а"¦ Мен нотавонман, мен нодонман..
 Қани сди сша менга "œазоб" бслиб ксринган ссзларингиз сна тингласам. Қани сди сша мен гумроҳ ёмон деб қабул қилган танбеҳларингизни, насиҳатларингизни такрор сшитсам. Афсус"¦ Улар снди йсқ.
 Аслида мен бемеҳр сканман. Амон деб билган насиҳатларингиз меҳрга тсла скан. Аслида сша танбеҳларингиз менга суснчиқ скан. Бугун уларни соғиндим, Онажон!...

 Майли дсстлар кетсин, мендан юз буриб,
 Майли улар душман дес отсин тош.
 Фақат бугун сиз келсангиз бош уриб
 Лойингизга "œкечир" деб тсксам мен ёш.

 Афсус надоматдан снди йсқ чора,
 Сизни ёмон дебман, она мен гумроҳ,
 Ҳатто онажоним дес бир бора,
 Бағримга бир босмабман-а, сҳ воҳ!..

 Онанинг ризоси жаннатга йслдир,
 Мен дсзахий"¦
 Сизни қилайин дуо.
 Кечиринг, болангиз юраги чслдир,
 Сизни жаннат билан сийласин Худо"¦

(c)

Bir film lavhalaridan ta'sirlanib yozildi.

Qayd etilgan