Muallif Mavzu: KO`NGIL KUNDALIGI  ( 51499 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Lobar AZIZ

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 892
  • Xabarlar: 524
  • Jins: Ayol
  • Hayotning qadrini kapalakdan so`ra!
KO`NGIL KUNDALIGI
« : 11 Aprel 2011, 17:41:13 »
Umr. Qanchalar uzun va qanchalar qisqa...
Hayot. Naqadar tekis va naqadar murakkab...
Biz kim? Umr bog`iga qadalgan daraxtlar. Kimdir hali ko`chatlik darajasidan o`tib, nihollik bosqichiga ham yetgani yo`q, kimdir yetilib meva tuga boshlagan, kimdir esa...
kimdir soyasi, kimdir manzarasi, kimdir mevasi bilan o`z daraxtlik vazifalarini o`tasa, kimdir hatto asli qanday daraxt ekanligini bilmay turib o`tinga aylanadi...

Tong otadi. Quyoshning ilk zarrin nurlari bugun amalga oshirishimiz mumkin bo`lgan va lozim bo`lgan zaruriyatlarni yodga soladi go`yo.
Kun botadi. Yana bir kunning(imkoniyatning) boshiga yetamiz. Ulgurmay qolamiz ko`p ishlarga. Kelasi kundan umid qilamiz. Vaholanki har bir kun g`animat, omonat...

Har o`tayotgan kunimiz- bitta-bitta uzilib tushayotgan yaproqlarimiz.
Siz shunday yashangki, har bir uzilgan yaproqning ortidan afsus bilan emas, shukronalik bilan qarab qoling.
Siz shunday yashangki, umr bog`iga faqatgina soyangiz orqali nafingiz tegmasin...

E'tibor qiling.
Hayot tashvishlari, mayda yumushlar bilan chalg`ib, ko`pincha e'tiborimizdan chetda qolayotgan tabiatning har bir manzarasi, har zarrasi- gulga burkangan daraxt, oyoq ostida qolib ketgan kuzgi yaproqlar, yerdan endigina unib chiqayotgan mittigina maysa tanasi, bandidan yulinib, kimningdir quvonchiga sabab bo`lib, ohir so`lib bir chetda mung`ayib qolgan gul, yomg`ir, qor... umuman har bir ko`rinish bizga hayotning hali biz anglab yetmagan haqiqatlaridan darak berayotgan bo`lishi mumkin...
BAXTSIZLIK baxtning bir tahallusidir, SIZSIZLIK- siz bilan bo`lmoq fasli-da, Umidsiz kunlardan umid qiling yor, AYRILIQ- sevgining vasli aslida!

Lobar AZIZ

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 892
  • Xabarlar: 524
  • Jins: Ayol
  • Hayotning qadrini kapalakdan so`ra!
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #1 : 11 Aprel 2011, 17:51:31 »
Qizig`-a? Odamzod salgina og`rib qolsa, dard cheksa darhol onasini eslaydi. Hech bo`lmasa "Oh onajon!" deb qo`yadi.
Nega shunday? Ahir onalarning hammasi ham shifokor emasku? Otasini, aka-opasini, hatto turmush o`rtog`ini ham emas, aynan onasini eslaydi, chaqiradi...
Aytishlaricha, ayol kishi dard tutganida ham "Ona!" deb chaqirarkan. Garchi onasi uzoqlarda bo`lsa-da, kelolmasligini sezsa-da...
Ozroq mazamiz qochib, ko`nglimizga qil sig`may qolsa onamizga qo`ng`iroq qilamiz: "Ona, mazam yo`q..."
Onamiz esa odati bo`yicha vaqtida oldini olmagan ishlarimizni(yupun kiyinganmiz, vaqtida ovqatlanmanmiz, va hokazo..) aytib koyiydi, tergaydi..
Go`shaki qo`yamiz-u... negadir yegil tortamiz. O`nta dori berolmagan davoni onaing bir lahzalik kuyinishi, qayg`urishi, mehri beradi goho...

Ho`sh nega shunday? Bunga dunyoning manaman degan olimlari ham javob topolmasa kerak...

To`g`rimi, ona?
BAXTSIZLIK baxtning bir tahallusidir, SIZSIZLIK- siz bilan bo`lmoq fasli-da, Umidsiz kunlardan umid qiling yor, AYRILIQ- sevgining vasli aslida!

Музаффар

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1443
  • -oldi: 2068
  • Xabarlar: 1132
  • Jins: Erkak
  • Orbita.Uz лойиҳаси муаллифи
    • http://www.orbita.uz/
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #2 : 11 Aprel 2011, 18:29:04 »
Жаннат хам оналар оёғи остида, бу дунёдаги энг улуғ ва мътабар зот хам ОНА бўлади.
Ман бир воқеа эшитганман: бир аскар харбий харакатлар вақтида ботқоқликка ботиб қолади, силласи қуриб охирги умиди хам сўнганида ОНАЖОН! деб қичқириб йиғлаб юборади. Онаси эса шу оннинг ўзидаёқ кўнгли бехаловатланиб, Ñžғлига нимадир бўлганини сезади ва дархол ўша жойдаги харбийларни каттасига қўнғироқ қилади, натижада аскарни чалажон холда бўлса хам топишади.
Бу воқе кинода ёки қайсидир китобда эмас реал хаётда бўлган, она америкада, Ñžғил эса эсимда йўқ, ёки Куба, ёки Панамада, хуллас марказий американинг умуман бошқа давлатида жанг қилаётган бўлган...
http://www.orbita.uz/ - Ilm fan fazosi uzra!

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #3 : 12 Aprel 2011, 03:14:32 »
dardalarini, ko'nglindagini, suvga aytsang-uu oqizziiiiiiiibbbbbb ketsa.............
Do'stlarning shuncha yaqin bo'sin, ichinagini o'zin hohlaganday etolmasakansan...
ehh...hozir ko'nglimdan o'tyotganlarni yozay diman-uu-kuch topilmaydi-daaa
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #4 : 13 Aprel 2011, 21:12:34 »
Yuragimga boqmang, iltimos,
U egasiz... Ko'rganday jabr...
Yonayotgan Muhabbat emas,
Ko'zyoshlarga yuvilgan sabr...
SMS dan...
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

Sofdil

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 88
  • -oldi: 311
  • Xabarlar: 325
  • Jins: Erkak
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #5 : 14 Aprel 2011, 02:50:13 »
dardalarini, ko'nglindagini, suvga aytsang-uu oqizziiiiiiiibbbbbb ketsa.............
Do'stlarning shuncha yaqin bo'sin, ichinagini o'zin hohlaganday etolmasakansan...
ehh...hozir ko'nglimdan o'tyotganlarni yozay diman-uu-kuch topilmaydi-daaa

Mana bizaga PM qivorasde bunaqa paytlada kutaramiza bunaqa odamlani ichidi gaplani ewitvurip "Filtr" ga o'xshap qoganmiza uje :)

Sofdil

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 88
  • -oldi: 311
  • Xabarlar: 325
  • Jins: Erkak
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #6 : 14 Aprel 2011, 02:53:12 »
Ogahiy Navoiyga Muhammas bog'laganini wu paytgacha bilmaganakanmaneee.
Ammo lekin "sochvorganakanla".

Falakkim yaxshilar bazmida qadrimni baland etmas,
Dami yo'qkim yamonlar majmaida mustamand etmas,
Bu hasratdin ko'zim ashki yo'lin bir lahza band etmas,
Mani man istagan o'z suhbatida arjumand etmas,
Mani istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.


Yaratganga shukr

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 48
  • -oldi: 243
  • Xabarlar: 254
  • Jins: Erkak
  • Ibodat- poklik,e'tiqod,namoz,ro'za,zakot haj,duo
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #7 : 14 Aprel 2011, 12:37:19 »
Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo‘lib gulladi...

Aqoid

  • Bas, (ey insonlar va jinlar) Parvardigoringizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursizlar?!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 1934
  • Xabarlar: 1529
  • Jins: Erkak
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #8 : 14 Aprel 2011, 15:09:13 »
HAR KIMA HAR XIL YOZAR ARSH MIRZOSI SANA
AYLANUR OINA BU, HECH BITTA ISH QOLMAS PANA
Tavofi baytul Halil kori osonast
Tavofi baytul Jalil kori mardonast

Sofdil

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 88
  • -oldi: 311
  • Xabarlar: 325
  • Jins: Erkak
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #9 : 15 Aprel 2011, 00:25:28 »
Fig'onkim dahru dun ichra rafiqi topmadim ogah,
Qayon borsam bo'lurlar g'ulvashlar hamdamu hamrah,
Tilarlar bahra mandin, men tilab topman biridin, vah,
Na bahra,topg'oman ondinki mandin istagay bahra,
O'zi ham bahramand o'lmas,mani ham bahramand etmas.

Davomi to be continued :)

Lobar AZIZ

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 892
  • Xabarlar: 524
  • Jins: Ayol
  • Hayotning qadrini kapalakdan so`ra!
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #10 : 19 Iyul 2011, 23:32:27 »
Teng bölmadi senga tengdosh körganlarim...
Dil sitamga chömib töydi, erka könglim!
Kuydirdiyu, kuyuk böldi suyganlarim,
Muhabbatni kömib qöydim yerga könglim...
BAXTSIZLIK baxtning bir tahallusidir, SIZSIZLIK- siz bilan bo`lmoq fasli-da, Umidsiz kunlardan umid qiling yor, AYRILIQ- sevgining vasli aslida!

AL_laziz87

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1234
  • -oldi: 551
  • Xabarlar: 691
  • Jins: Erkak
  • AQLIMIZ BUT IYMONIMIZ BUYUK BO'LSIN
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #11 : 20 Iyul 2011, 00:10:37 »
Шафкатсиз дунёда яшаб не килдим
Кунглимга сигмади хатта бу ёшлик.
Жисмимни тарк этсин майли бу жоним
Узгани севганда бевофо ёрим.
Ko'-p kezma daraxtzor bog'lar ichinda, Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.

akula

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 177
  • -oldi: 189
  • Xabarlar: 237
  • Jins: Erkak
  • Textileluxe.ru
    • Textileluxe.ru
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #12 : 20 Iyul 2011, 00:18:51 »
Hayotdan tuyib ketim yashashni ham xoxlamiy qoldim (((  nega nega savollar qiynab ...    :'(

Ichimdagi gaplarni aytishga suz topilmiydi
Olloh yakkayu yagona  va undan o'zga iloh yoqdur

AL_laziz87

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1234
  • -oldi: 551
  • Xabarlar: 691
  • Jins: Erkak
  • AQLIMIZ BUT IYMONIMIZ BUYUK BO'LSIN
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #13 : 20 Iyul 2011, 00:25:20 »
Hayotdan tuyib ketim yashashni ham xoxlamiy qoldim (((  nega nega savollar qiynab ...    :'(
Бу Дунёда улишдан кура яшаш кийинрок. Азизларим дунёни кабул килинг борича
Ko'-p kezma daraxtzor bog'lar ichinda, Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening, Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas, Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.

BilmasOY

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 945
  • -oldi: 401
  • Xabarlar: 266
  • Jins: Ayol
  • Bilmaganni so'rab o'rgangan olim!!
Re: KO`NGIL KUNDALIGI
« Javob #14 : 20 Iyul 2011, 19:57:08 »
Umr. Qanchalar uzun va qanchalar qisqa...
Hayot. Naqadar tekis va naqadar murakkab...
Biz kim? Umr bog`iga qadalgan daraxtlar. Kimdir hali ko`chatlik darajasidan o`tib, nihollik bosqichiga ham yetgani yo`q, kimdir yetilib meva tuga boshlagan, kimdir esa...
kimdir soyasi, kimdir manzarasi, kimdir mevasi bilan o`z daraxtlik vazifalarini o`tasa, kimdir hatto asli qanday daraxt ekanligini bilmay turib o`tinga aylanadi...

Tong otadi. Quyoshning ilk zarrin nurlari bugun amalga oshirishimiz mumkin bo`lgan va lozim bo`lgan zaruriyatlarni yodga soladi go`yo.
Kun botadi. Yana bir kunning(imkoniyatning) boshiga yetamiz. Ulgurmay qolamiz ko`p ishlarga. Kelasi kundan umid qilamiz. Vaholanki har bir kun g`animat, omonat...

Har o`tayotgan kunimiz- bitta-bitta uzilib tushayotgan yaproqlarimiz.
Siz shunday yashangki, har bir uzilgan yaproqning ortidan afsus bilan emas, shukronalik bilan qarab qoling.
Siz shunday yashangki, umr bog`iga faqatgina soyangiz orqali nafingiz tegmasin...

E'tibor qiling.
Hayot tashvishlari, mayda yumushlar bilan chalg`ib, ko`pincha e'tiborimizdan chetda qolayotgan tabiatning har bir manzarasi, har zarrasi- gulga burkangan daraxt, oyoq ostida qolib ketgan kuzgi yaproqlar, yerdan endigina unib chiqayotgan mittigina maysa tanasi, bandidan yulinib, kimningdir quvonchiga sabab bo`lib, ohir so`lib bir chetda mung`ayib qolgan gul, yomg`ir, qor... umuman har bir ko`rinish bizga hayotning hali biz anglab yetmagan haqiqatlaridan darak berayotgan bo`lishi mumkin...

Rozi bo'ling opajon gaplariz judayam yoqdi shuning uchun boshqa saytdagi o'zimni postlarimga qo'shib qo'ydim...
BU DUNYO HECH KIMGA QOLMAS ABADIY:
KETDILAR, KETAMIZ, KELISHAR, KETAR...
                                        UMAR XAYYOM

 

Bir mo‘miyo kundaligi (hikoya). Shimada Masahiko

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2239
So'nggi javob 08 May 2007, 06:13:27
muallifi AbdulAziz
Ramazon kundaligi. 1432 Hijriy - 2011 Milodiy yil

Muallif Musannif AdhamBo'lim Umumiy

Javoblar: 64
Ko'rilgan: 36122
So'nggi javob 31 Avgust 2011, 01:42:39
muallifi Musannif Adham