KO`NGIL KUNDALIGI  ( 75340 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 12 B


Lobar AZIZ  11 Aprel 2011, 17:41:13

Umr. Qanchalar uzun va qanchalar qisqa...
Hayot. Naqadar tekis va naqadar murakkab...
Biz kim? Umr bog`iga qadalgan daraxtlar. Kimdir hali ko`chatlik darajasidan o`tib, nihollik bosqichiga ham yetgani yo`q, kimdir yetilib meva tuga boshlagan, kimdir esa...
kimdir soyasi, kimdir manzarasi, kimdir mevasi bilan o`z daraxtlik vazifalarini o`tasa, kimdir hatto asli qanday daraxt ekanligini bilmay turib o`tinga aylanadi...

Tong otadi. Quyoshning ilk zarrin nurlari bugun amalga oshirishimiz mumkin bo`lgan va lozim bo`lgan zaruriyatlarni yodga soladi go`yo.
Kun botadi. Yana bir kunning(imkoniyatning) boshiga yetamiz. Ulgurmay qolamiz ko`p ishlarga. Kelasi kundan umid qilamiz. Vaholanki har bir kun g`animat, omonat...

Har o`tayotgan kunimiz- bitta-bitta uzilib tushayotgan yaproqlarimiz.
Siz shunday yashangki, har bir uzilgan yaproqning ortidan afsus bilan emas, shukronalik bilan qarab qoling.
Siz shunday yashangki, umr bog`iga faqatgina soyangiz orqali nafingiz tegmasin...

E'tibor qiling.
Hayot tashvishlari, mayda yumushlar bilan chalg`ib, ko`pincha e'tiborimizdan chetda qolayotgan tabiatning har bir manzarasi, har zarrasi- gulga burkangan daraxt, oyoq ostida qolib ketgan kuzgi yaproqlar, yerdan endigina unib chiqayotgan mittigina maysa tanasi, bandidan yulinib, kimningdir quvonchiga sabab bo`lib, ohir so`lib bir chetda mung`ayib qolgan gul, yomg`ir, qor... umuman har bir ko`rinish bizga hayotning hali biz anglab yetmagan haqiqatlaridan darak berayotgan bo`lishi mumkin...

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  11 Aprel 2011, 17:51:31

Qizig`-a? Odamzod salgina og`rib qolsa, dard cheksa darhol onasini eslaydi. Hech bo`lmasa "Oh onajon!" deb qo`yadi.
Nega shunday? Ahir onalarning hammasi ham shifokor emasku? Otasini, aka-opasini, hatto turmush o`rtog`ini ham emas, aynan onasini eslaydi, chaqiradi...
Aytishlaricha, ayol kishi dard tutganida ham "Ona!" deb chaqirarkan. Garchi onasi uzoqlarda bo`lsa-da, kelolmasligini sezsa-da...
Ozroq mazamiz qochib, ko`nglimizga qil sig`may qolsa onamizga qo`ng`iroq qilamiz: "Ona, mazam yo`q..."
Onamiz esa odati bo`yicha vaqtida oldini olmagan ishlarimizni(yupun kiyinganmiz, vaqtida ovqatlanmanmiz, va hokazo..) aytib koyiydi, tergaydi..
Go`shaki qo`yamiz-u... negadir yegil tortamiz. O`nta dori berolmagan davoni onaing bir lahzalik kuyinishi, qayg`urishi, mehri beradi goho...

Ho`sh nega shunday? Bunga dunyoning manaman degan olimlari ham javob topolmasa kerak...

To`g`rimi, ona?

Qayd etilgan


Музаффар  11 Aprel 2011, 18:29:04

Жаннат хам оналар оёғи остида, бу дунёдаги снг улуғ ва мътабар зот хам ОАА бслади.
Ман бир воқеа сшитганман: бир аскар харбий харакатлар вақтида ботқоқликка ботиб қолади, силласи қуриб охирги умиди хам сснганида ОААЖОА! деб қичқириб йиғлаб юборади. Онаси сса шу оннинг сзидаёқ кснгли бехаловатланиб, сғлига нимадир бслганини сезади ва дархол сша жойдаги харбийларни каттасига қснғироқ қилади, натижада аскарни чалажон холда бслса хам топишади.
Бу воқе кинода ёки қайсидир китобда смас реал хаётда бслган, она америкада, сғил сса ссимда йсқ, ёки Куба, ёки Ланамада, хуллас марказий американинг умуман бошқа давлатида жанг қилаётган бслган...

Qayd etilgan


BelleQizcha  12 Aprel 2011, 03:14:32

dardalarini, ko'nglindagini, suvga aytsang-uu oqizziiiiiiiibbbbbb ketsa.............
Do'stlarning shuncha yaqin bo'sin, ichinagini o'zin hohlaganday etolmasakansan...
ehh...hozir ko'nglimdan o'tyotganlarni yozay diman-uu-kuch topilmaydi-daaa

Qayd etilgan


azizbek_mx  13 Aprel 2011, 21:12:34

Yuragimga boqmang, iltimos,
U egasiz... Ko'rganday jabr...
Yonayotgan Muhabbat emas,
Ko'zyoshlarga yuvilgan sabr...
SMS dan...

Qayd etilgan


Sofdil  14 Aprel 2011, 02:50:13

dardalarini, ko'nglindagini, suvga aytsang-uu oqizziiiiiiiibbbbbb ketsa.............
Do'stlarning shuncha yaqin bo'sin, ichinagini o'zin hohlaganday etolmasakansan...
ehh...hozir ko'nglimdan o'tyotganlarni yozay diman-uu-kuch topilmaydi-daaa

Mana bizaga PM qivorasde bunaqa paytlada kutaramiza bunaqa odamlani ichidi gaplani ewitvurip "Filtr" ga o'xshap qoganmiza uje :)

Qayd etilgan


Sofdil  14 Aprel 2011, 02:53:12

Ogahiy Navoiyga Muhammas bog'laganini wu paytgacha bilmaganakanmaneee.
Ammo lekin "sochvorganakanla".

Falakkim yaxshilar bazmida qadrimni baland etmas,
Dami yo'qkim yamonlar majmaida mustamand etmas,
Bu hasratdin ko'zim ashki yo'lin bir lahza band etmas,
Mani man istagan o'z suhbatida arjumand etmas,
Mani istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.


Qayd etilgan


Yaratganga shukr  14 Aprel 2011, 12:37:19

Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo‘lib gulladi...

Qayd etilgan


Aqoid  14 Aprel 2011, 15:09:13

HAR KIMA HAR XIL YOZAR ARSH MIRZOSI SANA
AYLANUR OINA BU, HECH BITTA ISH QOLMAS PANA

Qayd etilgan


Sofdil  15 Aprel 2011, 00:25:28

Fig'onkim dahru dun ichra rafiqi topmadim ogah,
Qayon borsam bo'lurlar g'ulvashlar hamdamu hamrah,
Tilarlar bahra mandin, men tilab topman biridin, vah,
Na bahra,topg'oman ondinki mandin istagay bahra,
O'zi ham bahramand o'lmas,mani ham bahramand etmas.

Davomi to be continued :)

Qayd etilgan