KO`NGIL KUNDALIGI  ( 75283 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 12 B


Donishmand  19 Avgust 2011, 12:08:08

Odamlar doim nimadandir ko’ngli to’lmay yuradilar. Doim nimanidir umid qiladilar"¦ Tug’ilishda bo’lgan beg’uborlik, ong tiniqligi hech qachon uchramaydi ularda boshqa. Men aslida shundayligimcha qolgan bo’lar edim, lekin bu ham yashash uchun ma’qul holat emas"¦
Istaklar mahsuli shuki, odamzod ulg’aygan sari bilimlar oshaversa, ilmlar uning hotirasiga yozilaversa-yu, lekin beg’uborlik, ongning tiniqligi o'sha-o'sha holicha qolaversa"¦

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  19 Avgust 2011, 12:12:47

O`yinchoqlardan uzilib ulgurmagan ko`nglim, umr kitobining yigirmanchi bobini o`qib(yozib) tugatayotganingni qachon tan olasan?...
Yana qancha bob qoldi?
O`nmi? Yigirma? O`ttiz?..
Kitob sarlavhasini nima deb qo`yamiz?
Mundarijasi muallifni uyaltirib qo`ymasmikin?
....
?
Balki o`yinchog`ingni tashlarsan....?


Qayd etilgan


braupov  19 Avgust 2011, 13:57:06


КЕЧИКИШ
Ҳаёт саҳросида кезиб сарсари сенга етмоқ истадим фақат.... Кездим қанча чслу ёбонни, сенга етмоқ сди ёлғиз мақсадим.
Оёғимни тирнади тошлар, тиконлар, изимга томдилар қонлар қизғалдоқ, вужудимни куйдирди саҳро оташи, чанқадим, танглайга ёпишди тилим. Дардимни айтмадим дайди елларга, алданмадим саробларнинг саробларига. Ҳамма қийинчиликларни ошириб елкамдан, сенга, сенга интилавердим фақат.
Ва бир куни, Худо ёрлақаган кун, мен сени учратдим умрим мазмуни.
Учратдим. Учратдиму... афсус...
Ҳаётда кечикиб қолишлар ксп бслади. Дарсга кечикиш, автобусга кечикиш, поездга кечикиш, ҳатто сшашга кечикиш... менингча снг қайғулиси бахтга кечикиш бслса керак.
Шунча азоблар, қийинчиликларга синмаган бардошим чил-чил бслиб кетди бахтим сгасининг ксзига қараб.
...сзимни алдадим, юпатдим ноилож, у ҳам мени кутгандир узоқ... кейин мажбуран...
...кейин снг ссшти илинжим-сенинг ксзларингни излай бошладим.
Ксзларингдан аранг илғаганим дардмиди, синиқликмиди... ёки мен адашдимми, бахтим?
Asolat Ahmatqul qizi

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  07 Sentyabr 2011, 15:40:01

Bugun chindan ayrilayapmiz.
Yetmay turib ishqning isiga.
Ters tomonga qayrilayapmiz-
Ergashgancha vido iziga,
Essizgina"¦
Ayrilayapmiz"¦
Gunoxlarni ahtarmoq bekor,
Xatolarga qolmadi hojat.
Toshib ketsa alamlar — beor,
Armonlarga etib munojat,
Sassizgina"¦
Ayrilayapmiz.
Yig`layotgan senmi yoki men?
Bo`zlayotgan ishqmi shumqismat?
Oramizdan esayotgan yel,
To`fonlarga aylanmoq istab"¦
Hissizgina"¦
Ayrilayapmiz"¦
Tutashmadi manzillar — yiroq,
Ulgurmadi ko`zyoshlar qurib.
Yuraklarni bir qilib biroq,
Ajab, bir bor uchrashmay turib-
So`zsizgina"¦
Ayrilayapmiz"¦
Aytilmaydi endi biror so`z.
Sog`inmoqlik ko`ngilga malol,
Bir ozgina"¦ Kelmay tursa kuz-
Baxtli bo`larmidik, ehtimol"¦?
Baxtsizgina"¦
Ayrilayapmiz"¦
(С)

Qayd etilgan


Ansora  07 Sentyabr 2011, 15:46:02

O`yinchoqlardan uzilib ulgurmagan ko`nglim, umr kitobining yigirmanchi bobini o`qib(yozib) tugatayotganingni qachon tan olasan?...
Yana qancha bob qoldi?
O`nmi? Yigirma? O`ttiz?..
Kitob sarlavhasini nima deb qo`yamiz?
Mundarijasi muallifni uyaltirib qo`ymasmikin?
....
?
Balki o`yinchog`ingni tashlarsan....?



Shunday o'ttiz kelib qoladi ki, ko'ngilni ishongisi kelmaydi:)

Qayd etilgan


Ansora  07 Sentyabr 2011, 15:53:11

Qizig`-a? Odamzod salgina og`rib qolsa, dard cheksa darhol onasini eslaydi. Hech bo`lmasa "Oh onajon!" deb qo`yadi.
Nega shunday? Ahir onalarning hammasi ham shifokor emasku? Otasini, aka-opasini, hatto turmush o`rtog`ini ham emas, aynan onasini eslaydi, chaqiradi...
Aytishlaricha, ayol kishi dard tutganida ham "Ona!" deb chaqirarkan. Garchi onasi uzoqlarda bo`lsa-da, kelolmasligini sezsa-da...
Ozroq mazamiz qochib, ko`nglimizga qil sig`may qolsa onamizga qo`ng`iroq qilamiz: "Ona, mazam yo`q..."
Onamiz esa odati bo`yicha vaqtida oldini olmagan ishlarimizni(yupun kiyinganmiz, vaqtida ovqatlanmanmiz, va hokazo..) aytib koyiydi, tergaydi..
Go`shaki qo`yamiz-u... negadir yegil tortamiz. O`nta dori berolmagan davoni onaing bir lahzalik kuyinishi, qayg`urishi, mehri beradi goho...

Ho`sh nega shunday? Bunga dunyoning manaman degan olimlari ham javob topolmasa kerak...

To`g`rimi, ona?


Haqlisiz. O'g'lim o'ynab, kulib yurganda men esiga kelmayman, qorni to'q bo'lsa bo'ldi, uydagilar uni parkka o'ynagani olib chiqishadi, yig'ladimi, deb so'rayman, yo'q deyishadi. Lekin vaqt o'tib qorni ochishi bilan "e-deee" deya boshlaydi.
Bazan bir joyini qattiq urib olib, joni achiganda uyda shuncha odam tursayam yana meni qidirib qoladi.

Tunov kuni juda erkalatib yubordik, bundan keyin aytganini qilmayliki deb gaplashdik uydagilar bilan, qaynonam xazillashib Ensarni urishib bergandilar, birdan xuddi katta odamlarday ikki qo'lini ikki yoniga tashlab, pat pat qadam tashlab, dod soldi, arazlab, yana meni qidirdi: "e-dddd-eee" ah bolama : )

Qayd etilgan


Ummu Muslima  07 Sentyabr 2011, 16:25:55

O`yinchoqlardan uzilib ulgurmagan ko`nglim, umr kitobining yigirmanchi bobini o`qib(yozib) tugatayotganingni qachon tan olasan?...
Yana qancha bob qoldi?
O`nmi? Yigirma? O`ttiz?..
Kitob sarlavhasini nima deb qo`yamiz?
Mundarijasi muallifni uyaltirib qo`ymasmikin?
....
?
Balki o`yinchog`ingni tashlarsan....?



Shunday o'ttiz kelib qoladi ki, ko'ngilni ishongisi kelmaydi:)
o'ttizdan keyin shunaqangi yugiriib ketadiki hech nimaga ulgurmay qolayotgandek vaqtni qadriga ko'proq yeta boshlaysiz,,,

hozirgi mustaqillik yoshlariga havas qilaman,
ming afsuski bizni yoshligimizda ko'p vaqtimiz behuda ketgan ekan.....

Qayd etilgan


bir_qizcha  07 Sentyabr 2011, 17:49:13

Yo'qotilgan narsalar naqadar "qadrli",naqadar..

Qayd etilgan


Maysara  28 Sentyabr 2011, 14:01:45

Shunday o'ttiz kelib qoladi ki, ko'ngilni ishongisi kelmaydi:)
Ayniqsa ko'ngli yosh insonlar ishonolmaydi. Kunlar kelib sochlarimiz oqara boshlaydi, bunga ham ko'nika boshlashimiz kerak bo'ladi. (Lekin ko'ngil istamaydi).

Qayd etilgan


Anonim  28 Sentyabr 2011, 14:59:06

Seni Eslatib yog`ar edi Oppoq qor!

Bugun yana qor yog`di, Tongda turib o`sha sen yoqtiradigon Sevgi adiriga yo`l oldim, Adir yonboshidagi Hurmo darahti hamon sevishganlar uchun qadrli va ardoqli bo`lib kelmoqda ekan, Sen bilan birga ismimizni o`ygan o`sha hurmo darahti, Ro`molcheni bog`lagan o`sha sevgi darahti. Adirga chiqar ekanman Ikki sevishgan qor bobo yasamoqda ekan, Azizzim Biz yasagan qorbobo ham ko`z oldimda Ikkimizga jilmaygancha boqib turganga o`hshardi, men esa hazilalshib seni undan rash qilib ko`zini olib qo`yganlarim shularni eslasam yurgim eziladi. Mana bir yil ham o`tdi o`sha mashun avtahalokat seni mendan ayirdi,

Qayd etilgan