KO`NGIL KUNDALIGI  ( 75320 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


AL_laziz87  13 Yanvar 2012, 18:10:55

Qulog'imga shivirlab aytganlarin eslayman
Rasminga qarab xar dam jamolinga töymayman
Kunlar ötar ma'nosiz shodlik nima bilmayman
G'ururimni unutib sog'inib zor yeg'layman!
Javobsiz savol berib men özimni qiynayman
Agar u sevgan bölsa nega ketdi bilmayman
Nima uchun ayrildik sababini izlayman
TO XAYOTMAN SEVGIMGA SODIQ BÖLIB
YASHAYMAN!

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2012, 18:12:55

Ko'glima ko'nglima, ko'nglim...

Qayd etilgan


Muslimahon  15 Yanvar 2012, 09:20:47

Ko'nglim, senga rahmim kelyapti...
Seni bu qadar azoblanayotganingni ko'rib, men ham kuzning sarg'aygan barki misoli bitta bitta umrim hazon bo'lyapti. Seni, sendan o'zligingdan butun borlig'ingdan ayirishdi. Qanchalar azobdasan.... Qancha dardni yutasanu ammo sado chiqarmaysan. Faqatgina mening ko'z yoshlarim ila armonlaringni yuvasan. Kun bo'yi seni chalg'itishga xarakat qilamanu ammo kech kirganda yana o'z hayollaring bn hamnafas bolib mening jismim ko'zyoshim ila armonlaringa qaytasan. Ko'nglim taskin beray imkon ber. Seni bu zorlikka va bu qiynoqlarga tashlaganlardan o'ksima. Sen yolg'iz emassan. Senga o'xshagan va senga intizor bo'lganlarni unutma. Qaydadir u ham senga o'xshab jismini azoblayotgandir. Senga o'xshab uning ham ko'z yoshlari qon ila to'kilayotgandir. Sabr qil, o'ksinman, yeg'lama.... Bu kunlar ham o'tar ketar... Orzularing seni qurshab olganda, bilginki demak hali umid bor. Senga umid beruvchi qaydadir u ko'ngil ham bor..... Taskin bo'l....! Sen yolg'iz emassan Ko'nglim.....

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  16 Yanvar 2012, 15:53:59

Hafsala yoki ishtiyoq uchun buyruqning o`zi kamlik qiladi, yo rag`bat yo rahmat bo`lishi kerak

Qayd etilgan


AL_laziz87  17 Yanvar 2012, 14:12:26

Hech kimni könglida armon bölmasin
Ayriliq dardini hech kim bilmasin
Ötkinchi dunyoda hammamiz mehmon
Insonni insondan köngli qolmasin...!

Qayd etilgan


Donishmand  17 Yanvar 2012, 16:08:11

Hafsala yoki ishtiyoq uchun buyruqning o`zi kamlik qiladi, yo rag`bat yo rahmat bo`lishi kerak
rahmat uchun azizbek_mx ga, rag'bat uchun admin.ga murojaat qilasiz... :)

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  23 Yanvar 2012, 20:11:13

"œTushunmaysiz baribir!" "œQo`ysangizchi, sizga nima?" "œTushunmagan ishingizga aralashavermasangiz-chi!"
Onasi mung`aybgina jilmayib turaveradi.
Go`yoki o`zi zamonaning daxosiyu, onasi zamondan orqada qolgan, hech nimani bilmaydi, tushunmaydi. Qayerdan ham tushunishsin? Hozir zamon boshqa.
Yillar o`tadi. Ishidagi bir muammoni hal qilolmay tinchini yo`qotgan o`g`liga ichi achiydi, yo`l ko`rsatmoqqa urinadi.
-   Ey-y, tushunmagan narsasiga aralashmasada odam!
Ichida birnima "œchirt" uziladi. Indamaydi, bola-da, jigargo`shasi-da ming qilsayam"¦
"¦Tushlariga onasi kirib chiqadi"¦

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  23 Yanvar 2012, 20:45:48


-   Yana ichdingmi bolama, nima zaril-a senga shu zaqqumni ichib? Ko`zlaringni kirtayib qolganini qara, ranging somondek sarg`ayib ketibdi"¦
Mahallaga qayerdan, qachon kelib qolgani noma’lum, birov yarimning tomorqasida ketmon chopib, ishini qilib topgan puliga kunini o`tkazib yuradigan Sashka alkash o`zbek tilini "œo`" harfini tushunmasa ham Savri momoning gaplarini tushunadi. Iljayib turaveradi. "œLadno momay, bolshe ne budu! Otvechchayu"¦ hiq"¦"
Savri momo tutgan joyini qo`yib yubormoydi, har kuni bo`kkunicha ichib, uyiga yetishiga besh olti qadam qolganda dumalab qoladigan Sashkani qo`lidan tortib tug`azadi, suyab-suyab uyiga olib boradi. Tavbasiga tayantirmaguncha nasihat qiladi. Biladi, baribir foydasiz, ertasiga yana shu ahvol"¦
"¦ Har kuni eshigi ostida o`tgan-ketganga termulib o`tiradigan Savкi momoning darvozasi oldida to`planib turgan bir gala odamni ko`rgan Sashka alkashning qo`lidan shishasi tushib ketadi. Darvozaga qarab yuguradi.
Yolg`izgina o`g`li Rossiyaga ish izlab ketgancha bedarak yo`qolgan, bittayu bitta suyangani - cholining vafotidan so`ng bir o`zi qolib, ertayu kech ibodatini kanda qilmagan Sarvi momoning janozasida Sashkaning ovozi hammanikidan o`tib tushadi, yig`lamaganni ham yig`latadi.
-   Ay momaa-ay! Indi kim minga ichma diydi momaa-ayy?!
"¦Sashka alkash uch to`rt kun ko`rinmay qoladi. Uni do`konchi va qadrdon shishadoshi — maktab qorovulidan boshqa hech kim eslamaydi. Faqat bir haftalardan so`ng mahalla ayollari orasida shivir-shivir oralab qoladi:
-   Hay eshitdingizmi, anovi alkash bor-u, Sashka, Savri momoni janozasidan keyin uch kun erta-yu kech qabristonda, momoni qabri tepasida o`tirganmish. Do`konchi "œNega kelmayapsan?" degan ekan, "œEndi ichmayman" debdi.
-   Sashka alkashni masjid atrofida o`ralashib yurganda ko`rib qolishibdi.
-   Xudoyim ko`ngliga solaman desa hech gap emas ekan, Sashka kecha jum’a namoziga chiqibdi"¦

Qayd etilgan


Sirojiddin Tursunov  23 Yanvar 2012, 22:56:29

 :bsm3: Umrni bosib ötilgan va bosib ötiladigan yölga öxshataman. Muximi uning tekis ravonligi emas, olib borar manzilining xayrli ekanligida deb bilaman.

Qayd etilgan


NANO  24 Yanvar 2012, 04:14:38

Ko'ngil ham hor bo'ldi...

Qayd etilgan