Ð’ugunning-"Alpomish"lari  ( 14954 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


azizbek_mx  16 Aprel 2011, 08:35:13

Odamlar o'zidan ortmaydigan bugungi kunda birovni insofga chaqirish oson ekanmi? Siz kimnidir insofga chaqirsangiz, boshqalar sizni quvvatlash o'rniga, qo'lini cho'ntagiga solib, tomoshabin bo'lishadi... Menimcha, eng yahshi yo'li, o'z ahlimizdan ogoh bo'lib, ularni qing'ir yo'lga kirishlariga yo'l qo'ymaslik... Hammamizga O'zi mustahkam iymon ato etsin. O'shalarning haqiga ham duo qilaylik, zora, xidoyat topishsa...

Qayd etilgan


Nоdirbek  16 Aprel 2011, 23:35:46

opog'dodam aytardilar yomon badqiliqlarni ko'rsala
qulog'ini tagiga sharaq etib qo'yvorish kk deb  :7 :7

Rahmatli tog'am bolaligimizda akam bilan uylariga borganimizda boshimizda do'ppi bo'lmasa, boshingga mix qoqaman deb qo'rqitar edilar. Ayniqsa shortik kiyib borsak, juda jahllari chiqar edi. :)

Qayd etilgan


Qodiriy  29 Aprel 2011, 17:29:59

Ziyoli kishi kim? mavzusida bahslashish uchun garb kino qahramonini tavsiya etish... Bilmadim balki bizning saviyamiz bu borada ancha pastdir. Ilm-ziyoga ega kishi deganda mening tasavvurimda olamdan òtganlariga 5-10 asr bólsa-da, òzlaring quyoshdek tuganmas ilm-ma'rifat ega ekanliklari bilan ikkinchi umrlarini ibrat-la yashab kelayotgan ajdodlarimiz gavdalanadi. Dono xalqimiz bejiz : " Ilmsiz bir yashar-ilmli ming yashar" . Demagan menimcha. Alloh barchamizga ahli islom va inson uchun nafli ilm ziyosidan bahramand aylasin.

Qayd etilgan


Zohid85  12 Mart 2012, 19:25:38

O'zim yigit kishi bo'la turib ba'zi yg'itlarning tutumidan uyalib ketaman. Ko'chada kalta shortikda yurish, tirnoq o'stirish, to-or shimlar kiyish, qandaydir betayinlar surati tushirilgan, zo'ravonlik yo oliftalikni targ'ib qiluvchi so'zlar yozilgan kiyimlar va poyabzallar kiyish, chapillatib saqich chaynash kabi xunuk ishlarni odat qilgan yigitlardan qanday qilib buyuk ishlar talab qilinadi? Aslida o'zim ham oppoq emasman. Shayx xazratlarining 'Baxtiyor oila' nomli kitoblarini o'qib ta'lim-tarbiya, ma'naviyat, shariat, oila ilmi borasida ancha qashshoq ekanimizni his qildim. Alloh o'zi or-nomus va g'urumimizni butun qilsin

Qayd etilgan


Maysara  15 Mart 2012, 20:59:14

Latifalar mavzusidan iqtibos:

Iqtibos
     - Тавба, ҳозирги йигитларга ҳам ҳайронсан. Манави йигитни кийиб олган кийимини қаранг!
     - Бу йигит смас! Менинг қизим.
     - А­ шунақами. Кечирасиз, сиз уни отаси сканлигингизни билмабман.
     - Отаси смас, онасиман!..

Qayd etilgan


Mamur Rasulov  16 Mart 2012, 00:21:38

Biz nechun ilgarigi odamlar bilan hozirgi odamlarni taqqoslaymiza?! Axir hozirgi yoshlar bilan 20 yil oldingi shu yoshdagilar orasida farq juda kattayu!!! Zero bizning dunyoqarashimizni sobiq Ittifoq davri shamg'alat qilib qo'yganini ham unutmasligimiz kerak. Axir ularning shu ahvolga yetishiga o'zimiz imkoniyat yaratib beryapmiz ku! Ularni harakatida, personajida o'zimizning mehnat mahsulimizni ko'ryapmiz va uni hazm qila olmayapmiz. Nima eksang shuni o'rasan.... [email protected]

Qayd etilgan