Mumtoz musiqa shinavandalari uchun  ( 6251 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ramiz  06 Mart 2011, 18:44:01

Bu forumga kirib qidirib ko'rsam, klassik-mumtoz musiqaga bag'ishlangan birorta ham mavzu yo'q ekan. Bu holat manga ancha g'alati tuyuldi. Nahotki shundoq katta forumda mumtoz va dilrabo kuy-qo'hiqlarning muhlislari topilmasa?! Manimcha, Sharq xalqlaridan hech biri bizdagidek boy va ulkan merosga ega bo'lmasa kerak. So'zimni qisqa qilgan holda, hurmatli shinavandalar bilan dastlab Fuzuliy g'azaliga bilan aytiladigan "Qurbon o'lam" qo'shig'ini baham ko'rishni ma'qul deb topdim. Shaxsan manga Izro Malakov ijrosi juda yoqadi, etalon ijro deb hisoblayman. Man imkon qadar bu ijroni keyinroq mp3 formatda berishga harakat qilaman. Albatta, mashhur xonandalar Maryam Sattorova va O'lmas Olloberganovlarning ham muhlislar ko'nglidan yo'l olgan o'ziga xos ijrolari mavjud.
Quyida qo'shiq matni bilan tanishishingiz mumkin, albatta bu matn g'azal matnidan bir oz farq qilish mumkin:

Kel-kel ey, mohiliqo, husningga qurbon o`lam,
Xalqayi zulfi parishoningga qurbon o`lam,
Chashmi mastu labi xandoningga qurbon o`lam,
Oftobi ruhi toboningga qurbon o`lam,
Qadi shamshodi xiromoningga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam.
 
Ikki qoshing qalamu, ikki ko`zing chashmai nur,
Barq urib oyinadek siynayi sofing ko`rinur,
Bu sani dardu firoqing mani jonimga huzur,
Yo`q nazokat ichida san kabi durdonayi dur,
Qaddi navrastayi larzoningga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam.
 
Tishlaring gavharu har bir suxaning obi hayot,
G`unchadek ikki labingdin to`kilur qandu novot,
Yozilur sahfayi devoningga yuz ming hasanot,
Gul yuzingdan menga bir bo`sa berib ayla zakot,
Man sani ro`yi gulistoningga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam.
 
Qo`llaring panjayi xurshid, beling g`unchamiyon,
Ko`ylak ichra badaning sof erur obiravon,
Rahm qil, kel, mani og`ushima ey, ofatijon...
Qaddi bastingga tasadduq bu Fuzuliy dema jon,
Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam.
Yor sana qurbon o`lam.

Manda g'azal matni yo'q, agar kimda bo'lsa, forumdoshlar bilan tanishtirsalar, ajoyib ish bo'lardi.

Qayd etilgan


Ramiz  07 Mart 2011, 22:29:00

Izro Malakov ijrosidagi "Qurbon o'lam" qo'shig'ini quyidagi ssilka bo'yicha skachat qilib eshitib ko'rish mumkin:
http://files.mail.ru/X6R3KI

Qayd etilgan