Tanishing: "OLTIN QALAM" gazetasi  ( 4557 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Akrombek  11 May 2011, 14:20:20

Assalomu alaykum, hurmatli forum ishtirokchilari! Marhum shoirimiz Muhammad YUSUFning raqfiqalari Nazira AS-SALOM yaxshi niyat ila shoirimiz nomida adabiy-ijtimoiy fond tashkil etgan edilar, ana shu fond bugungi kunda "OLTIN QALAM" gazetasini chop etmoqda. Ushbu gazeta yosh ijodkorlarni qo`llab-quvvatlash, ilmga chanqioq yoshlarga ko`mak berishni bosh maqsad qilgan. Biz gazetani yuksak sa'viyali, yurtimizdagi eng sara nashrlardan biri bo`lishiga erishish uchun ALLOHdan madad so`rab ish boshlamoqdamiz. Taxminan iyun oylaridan gazetaning navbatdagi sonini tayyorlab bermoqchimiz. (Duoda bo`lib turinglar!) Gazetamizni professional darajada ishlashi uchun fikrlar rang-barangligi, yuksak darajadagi dizaynga erishish lozim, mana shu yo`lda bizga hamdam bo`lasizlar degan umiddamiz! Orangizda ijodkorlar, qalam egalari, saxovatli insonlar bor ekaniga shubhamiz yo`q, fond ishiga, gazeta nashrigako`maklashishni istaganlar bo`lsa, eshigimiz hamish siz uchun ochiq. Manzlimiz: Toshkent shahri, A.Navoiy ko`chasi, 30. E-mail: [email protected]
Gazeta sotuvida ozgina muammolar tug`ilmoqda, shu boisdan mana shu borada shahrimizdagi "IXLOS" do`konidan yordam berishini so`ramoqchimiz. Azizlar! Sizlarning, avvalo, duolaringizni, qolaversa tashrifingiz va ko`maklaringizni kutib qolamiz!  
Azizlar! Gazetamizning tayyorlanayotgan sonida quyidagi maqolalar yoritiladi (inshaalloh): "SHE'RIYAT SHAHZODASI", "XAMSA"NI O`QIGANMISIZ?", "O`ZBEK ADABIYOTIDAGI BIRINCHI G`AZAL", "ANVAR OBIDJON: '"AGAR HAYOTING TUGADI, DESALAR...", "MISH-MISHLAR, YOLG`ON XABARLAR, ALDOVLAR... salbiy jihatlari, sabablari, saqlanish yo`llari" hamda "QISMAT MANZARASI" noodatiy tarzda yozilgan hikoya, taniqli yoshlar shoiri Behzod FAZLIDDINdan yap-yangi she'rlar...
IXLOS do`koni bilan bog`lanishga kim yordam bera oladi?
   

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 May 2011, 14:38:34

Yana qaytadan chop etilayotganligidan xursand bo'ldim.
Adashmasam, ilk sonlari 5-6-yil avval chiqib, so'ng to'xtab qolgandi.

Qayd etilgan