Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
Forumimizdagi
Islom bo'limi musulmonlarni hidoyatga chorlash, har xil fitnalardan ogoh bo'lish va e'tiqodimizni mustahkamlash va dinda mo'tadil yo'l tutish tamoyillariga asoslangan.
Islom dini asoslarini keng ommaga targ'ib qilish, Allohning rizoligiga eltuvchi solih amallarga chaqirish va buzg'unchi, noshar'iy amallardan qaytarish
Islom bo'limining bosh maqsadidir.
Shuningdek, musulmonlarga Islomning asosiy ustunlaridan bo'lmish namoz ilmi haqida ma'lumot berish, Islom ilmidan bexabar dindoshlarimizni Qur'on va hadis, go'zal islomiy axloqlar bilan payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam sunnatlariga muvofiq go'zal uslubda tanishtirish bizning maslagimizdir.
Shu bois ham mo'minlar orasiga tafriqa soluvchi va fitna qo'zg'otuvchi barcha mulohazalardan ehtiyot bo'lishimiz kerak.
Quyidagi mazmundagi mulohazalar kiritish man etiladi:
- Islomga qarshi har qanday fikrlar;
- Dini va e'tiqodidan qat'iy nazar barcha insonlarni tahqirlovchi, kamsituvchi mulohazalar;
- Musulmonlar birodarligiga rahna soluvchi va fitnaga sabab bo'luvchi munozaralar;
- Fikhiy ixtilofiy masalalar (forumimiz olimlar uchun emas, oddiy o'rganuvchilar uchun);
- Axloqsizlik, buzg'unchilikni targ'ib qiluvchi qarashlar;
- Kufr va shirkka yetaklovchi g'oyalar;
- Yurtimizning mashhur ulamolari tomonidan ahli sunna val-jamoa aqidasidan tashqarida deb e'tirof etilgan firqalar mafkurasini ifodalovchi hukmlar, fatvolar.
Mulohaza bildirayotganda quyidagilarga e'tibor berishingizni so'raymiz:
- Avvalo bo'lim mavzulari bilan tanishib chiqing, siz post qilayotgan mavzu bu yerda bo'lishi mumkin.
- Oyat va hadislar keltirayotganda uning ma'nosini iqtibos qilib keltiring.
- Hadislarning kim tomonidan rivoyat qilingani va sahihligiga e'tibor qarating.
- Boshqa risolalardan iqtibos olganda manbasini aniq bering.
- Hukm va fatvolar kiritilayotganda ular qaysi mazhab ulamolariga tegishli ekanligi va sahihligiga diqqat qiling.
Yuqoridagi qoidalarga muvofiq kelmaydigan barcha mulohazalar
o'chiriladi. Doimiy qoidabuzarlar esa
ban qilinadi. Agar yana shu holat qaytarilsa, forumdan chetlashtiriladi.
Barchamizni Alloh o'z hidoyatidan adashtirmasin!