Hamma o'qisin: Islom bo'limining asosiy qoidalari  ( 40547 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


AbdulAziz  10 Avgust 2006, 20:17:21

Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!

Forumimizdagi Islom bo'limi musulmonlarni hidoyatga chorlash, har xil fitnalardan ogoh bo'lish va e'tiqodimizni mustahkamlash va dinda mo'tadil yo'l tutish tamoyillariga asoslangan.

Islom dini asoslarini keng ommaga targ'ib qilish, Allohning rizoligiga eltuvchi solih amallarga chaqirish va buzg'unchi, noshar'iy amallardan qaytarish Islom bo'limining bosh maqsadidir.

Shuningdek, musulmonlarga Islomning asosiy ustunlaridan bo'lmish namoz ilmi haqida ma'lumot berish, Islom ilmidan bexabar dindoshlarimizni Qur'on va hadis, go'zal islomiy axloqlar bilan  payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam sunnatlariga muvofiq go'zal uslubda tanishtirish bizning maslagimizdir.   

Shu bois ham mo'minlar orasiga tafriqa soluvchi va fitna qo'zg'otuvchi barcha mulohazalardan ehtiyot bo'lishimiz kerak.

Quyidagi mazmundagi mulohazalar kiritish man etiladi:
  • Islomga qarshi har qanday fikrlar;
  • Dini va e'tiqodidan qat'iy nazar barcha insonlarni tahqirlovchi, kamsituvchi mulohazalar;
  • Musulmonlar birodarligiga rahna soluvchi va fitnaga sabab bo'luvchi munozaralar;
  • Fikhiy ixtilofiy masalalar (forumimiz olimlar uchun emas, oddiy o'rganuvchilar uchun);
  • Axloqsizlik, buzg'unchilikni targ'ib qiluvchi qarashlar;
  • Kufr va shirkka yetaklovchi g'oyalar;
  • Yurtimizning mashhur ulamolari tomonidan ahli sunna val-jamoa aqidasidan tashqarida deb e'tirof etilgan firqalar mafkurasini ifodalovchi hukmlar, fatvolar.

Mulohaza bildirayotganda quyidagilarga e'tibor berishingizni so'raymiz:
  • Avvalo bo'lim mavzulari bilan tanishib chiqing, siz post qilayotgan mavzu bu yerda bo'lishi mumkin.
  • Oyat va hadislar keltirayotganda uning ma'nosini iqtibos qilib keltiring.
  • Hadislarning kim tomonidan rivoyat qilingani va sahihligiga e'tibor qarating.
  • Boshqa risolalardan iqtibos olganda manbasini aniq bering.
  • Hukm va fatvolar kiritilayotganda ular qaysi mazhab ulamolariga tegishli ekanligi va sahihligiga diqqat qiling.

Yuqoridagi qoidalarga muvofiq kelmaydigan barcha mulohazalar o'chiriladi. Doimiy qoidabuzarlar esa ban qilinadi. Agar yana shu holat qaytarilsa, forumdan chetlashtiriladi.

Barchamizni Alloh o'z hidoyatidan adashtirmasin!

Qayd etilgan


Muslima_subh  11 Sentyabr 2006, 01:00:47

Shu yerda forumga o'z mulohazamni aytsam. Forumda postlarni kichikroq qilinsa, chunki  post hajmi kotta bo'lib ketsa, ko'pchilik vaqtim yetmaydi, ayrimla kompda ko'p o'qishni yoqtirishmaydi, ozginadan bo'lsa tez o'qib olsa ham bo'ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Sentyabr 2006, 08:09:08

Shu yerda forumga o'z mulohazamni aytsam. Forumda postlarni kichikroq qilinsa, chunki  post hajmi kotta bo'lib ketsa, ko'pchilik vaqtim yetmaydi, ayrimla kompda ko'p o'qishni yoqtirishmaydi, ozginadan bo'lsa tez o'qib olsa ham bo'ladi.

Ha, bu haqda forumning asosiy qoidalarida bayon qilingan., Ushbu qoidalar Islom bo'limi uchun ham taalluqli.

Qayd etilgan


sita  02 Oktyabr 2006, 09:59:55

ассалому алайкум ва рахматуллах ва баракатух биродар АбдулАзиз ...
карши булмасангиз бу коидаларни бир исломий форумга хам куйсак ???
Аллох рози булсин...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Oktyabr 2006, 06:02:03

ассалому алайкум ва рахматуллах ва баракатух биродар АбдулАзиз ...
карши булмасангиз бу коидаларни бир исломий форумга хам куйсак ???
Аллох рози булсин...

Va alaykumussalom!
Qo'ysangiz bo'ladi. Faqat qayerga joylamoqchisiz?

Qayd etilgan


Chustiy  18 Oktyabr 2006, 21:45:17

Shu yerda forumga o'z mulohazamni aytsam. Forumda postlarni kichikroq qilinsa, chunki  post hajmi kotta bo'lib ketsa, ko'pchilik vaqtim yetmaydi, ayrimla kompda ko'p o'qishni yoqtirishmaydi, ozginadan bo'lsa tez o'qib olsa ham bo'ladi.

Ha, bu haqda forumning asosiy qoidalarida bayon qilingan., Ushbu qoidalar Islom bo'limi uchun ham taalluqli.
ilm talabida yurgan kishi hech qachon tap tortmasdan o'qiydi o'ziga kerakli mavzu bo'lsa albatta o'qiydi deb o'yliman...

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Oktyabr 2006, 07:55:43

Assalamu alaykum,aziz birodarlar.
Sizlardan iltimos, savolingiz yoki biror masalada fikr almashtirmoqchi bo'lsangiz. "Islom" bo'limida alohida tashkil qilingan "Savollar" bo'limiga murojaat qilsangiz. Shunda bu bo'limdagi tartib buzilmgan bo'lardi va kimga qaysi mavzu  kerak bo'lsa topishi ham oson bo'lar edi.
Sizlarga Alloh taoloning salomi bo'lsin.

Qayd etilgan


sita  20 Oktyabr 2006, 18:20:09

ассалому алайкум ва рахматуллах ва баракатух биродар АбдулАзиз ...
карши булмасангиз бу коидаларни бир исломий форумга хам куйсак ???
Аллох рози булсин...

Va alaykumussalom!
Qo'ysangiz bo'ladi. Faqat qayerga joylamoqchisiz?

узфорумга куйгандим..карши булмасангиз ..


Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Sentyabr 2007, 22:50:09

Assalomu alaykum!

Mavzu jihatidan bir-biriga judayam yaqin bo'lgan Mashhurlar hikmatidan, Hayot sabog'i - hikmatlarda, Hikmatli so'zlar mavzulari Hikmatlar shodasi nomi bilan birlashtirildi.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  22 Avgust 2010, 18:03:52

SHIORIMIZ:
Ahli sunna
val jamoa mazhabi asosida pok aqiyda va Musaffo ISLOMGA intilish, QUR'ON
va sunnatni o'rganib amal qilish, Islomiy ma'rifat taratish, salafi
solih-ulug' mujtahidlarga ergashish, kengbag'irlik va birodarlik ruhini
tarqatish.
 
Diniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va
firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bid'at-xurofotlarni
yuqotish.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qayd etilgan