ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?  ( 17133 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


NANO  16 May 2011, 08:43:22

Xojiboy Tojibooyev etardiyu! Tuydan 1 oy utgandan keyin qayonona shivr shirini boshliydi bumaydi bu tugmaydi dip!


Gap anashunda busa kere!

Do'xti dan o'tmaydi tanish bilish qivoradi!
Oila qurgandan keyin xayotni tanish bilish qilib bo'lmaydi!

Qaysidur gazetada o'qib qolgandim narkoman yigitni uylantirgan onasi haqida!

O'sha onaga savol berilmoqda--

O'glizni narkomanligini bilib turib to'y qildizmi
- Xa

Nimaga

-Chimildiqni ko'rib ketsin u dunyoga degandim!

---------

Ana shunaqa onalarimizu Qulog'ini tishlatib yani tug'ilmasidan turib yoki go'daklik paytidayoq unashtirb qo'yib erkaklik Lafzim deb yurgan otalarimizdan ko'pincha shu xol kuzatiladi!

yana bilmadim kimga qanaqa...

ana shunaqa ko'rib ketadigan yoki ko'rib bo'lganlardan saqlanish kere!

Qayd etilgan


Ansora  11 Avgust 2011, 13:18:31

Qo'shnimizni qizi uyiga arazlab keldi. Aniq ajrashmoqchi. Sababi erining oilasi qattiqqo'l emish. Erni tinglasangiz ayolim ovqat qilishni bilmaydi, ota-onamga hurmati yo'q, deb shikoyat qilarmish.

Qiz bola kelajakda turmushni achchiq chuchugiga bardosh beraman, desagina  turmush qurgani yaxshi. Bo'lmasam, shunchaki "dugonalarini ko'zini kuydiraman", deb erga tegishni keragi yo'q! Chunki turmushni "achchig'i" ko'proq!

Qayd etilgan


Usmon  11 Avgust 2011, 13:41:13

Naga qo'rqitasiz bechara qizlani. :o.... yarashib ketishsin ishqilib...

Qayd etilgan


JaviK  01 Oktyabr 2011, 01:39:52

bu fikrim kulgili tuyulishi mumkin lekin, Seriallar ham sababchi...


Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  01 Oktyabr 2011, 07:02:04

Mehnatdan bo'lsa boylik, turmush bo'lar chiroylik...

Qayd etilgan


Maysara  02 Oktyabr 2011, 23:41:36

Qiz bola kelajakda turmushni achchiq chuchugiga bardosh beraman, desagina  turmush qurgani yaxshi. Bo'lmasam, shunchaki "dugonalarini ko'zini kuydiraman", deb erga tegishni keragi yo'q! Chunki turmushni "achchig'i" ko'proq!
O'sha "achchiq"ni shirin qilish uchun hamma kurashib yashaydi. Hayotni o'zi odamni shunga majbur qiladi. Bu uchun eng asosiysi O'z ustida ishlash va bu yo'ldagi sabr-matonat.

Lekin, hammasiga chidayman deb o'zini xorlatib qo'yadi ko'p ayollar, bu to'g'ri deb o'ylamayman. O'zbek KELINlariga ancha qiyin. Bir kinoda aytadi "Bu odam emas, bu kelin" deb. Mana shunday tushunchalar yotadi katta muammolarning zamirida.

Qayd etilgan


Хадича  05 Oktyabr 2012, 13:57:16

( ps. Bir hikoyatlar haqda kitobim bor,judayam eski. Kimdur yoshligida muqovasini yirtib olgan,muqovasi yo'q,lekin judayam tarbiyaviy hikoyatlar bor. Ushbu kitobdan yozmoqchi bo'lgan hikoyatim ham qaysidur ma'noda oila farovonligiga foydali gaplar yig'indisidan iborat :)  )

Xushmuomalalik - Yarim Baxt.

Bir yurtning donishmandlari to'planishib,qanday odamlar baxtli hayot kechiradi,degan savolini o'zaro muhokama qilishibdi. Donishmandlarning biri mansabdor va badavlat kishi baxtlidir desa,ikkinchisi chiroyli va xushovozlar bahtiyor debdi,uchinchi donishmand shoir va olim kishilar baxt topadi,deb ishontirishga harakat qilibdi. Serg'ayratlik va mehnatsevarlik ham baxt manbaidir degan va yana boshqa ko'p fikrlar o'rtaga tashlanibdi. Har kim o'z fikrini tasdiqlash uchun salmoqli dalillar keltiribdi.
Donishmandlar tortisha-tortisha,bu xususiyatlarning hech biri yolg'iz holda kishilarga tom ma'nodagi baxtni bera olmaydi,degan xulosaga kelishibdi. Hatto insonning eng oliy fazilati- Mehnatsevarlik ham kishini yuksaklikka ko'tara olmaydi. Odam mehnatkash bo'lsa-yu,ayni paytda serjahl,g'iybatchi yoki dimog'dor va ginachi bo'lsa,uning hamisha dushmani ko'p bo'ladi,umri janjal bilan o'tadi.
-Shuning uchun,-debdi donishmandlardan biri, - Xushmuomalali odam o'z baxtini topadi,chunki uning dushmani bo'lmaydi,do'stlar davrasida yashaydi.
Bu fikrni donishmandlar yakdillik bilan quvvatlayotganlarida ko'pni ko'rgan bir nuroniy mo'ysafid gapga aralashib debdi:
- Azizlarim,xushmuomalalik yarim baxtdir. U baxt eshigini ochishi mumkin xolos,biroq bu bilan baxtni uzoq ushlab bo'lmaydi. O'zingiz o'ylang,odam xushmuomala bo'lsa-yu,mehribonlikni va g'amxo'rlikni bilmasa,birovning mushkulini oson qilmay,faqat o'zining shaxsiy manfaati uchun ish yuritsa hurmatga sazovor bo'lmaydi,bora bora yakkalanib qoladi. Hatto bu toifadagi kishilarni " Shayton odam " ham deyishadi. Xullas , xushmuomalalik zamirida mehnatsevarlik va g'amxo'rlik qaynab tursagina,unday odam umrbod baxtli hayot gashtini surishi mumkin.
- Xo'sh,mehribonlik nimadan boshlanadi? Deb so'rashibdi mo'ysafiddan. Shunda bu nuroniy :
- Eng oliy kalom- Assalomu alaykum, -deb javob qilibdi. Masalan,xotin erning ishdan qaytishidan oldinroq bolalari bilan hovli va xonalarni tozalaydi,ko'rpacha va yostiqlarni to'shaydi,dasturxonni tuzaydi. Ayol kishi o'zini tartibga solib,yoqimli ko'rinishda bo'lishga harakat qiladi. Halqimizda " Onangni otangga bepardoz ko'rsatma", degan maqolda hikmat ko'p. Kechqurun oila sultoni kun bo'yi ro'zg'or tashvishida o'zini yuz yoqqa urib,charchab va toliqib uyiga keladi. Shu daqiqa ona boshchiligida bolalar yugurishib kelib,uni xursandchilik bilan qarshi olishadi. Oila mehri otani tetiklashtiradi,g'ayratini oshiradi,zavqlantiradi va uyiga bo'lgan muhabbatini metindek mustahkamlaydi. Natijada ota hamma vaqt uyiga shoshiladi,orziqadi va oilasi uchun tinimsiz mehnat qilgisi keladi. Mehribonlik iplari barcha oila a'zolarini bir-biriga chambarchas bog'laydi. Bunday oilada farzandlar mehnatsevar,odobli,mehribon va farosatli bo'lib yetishadilar. Axir " Qush uyasida ko'rganini qiladi",deganlaridek, Ota Ona mehr-muhabbati,oilaga sadoqati farzandlar uchun yaxshi ibrat bo'ladi.

Qars ikki qo'ldan chiqadi. Ayolning mehribonligini erkak ham nihoyatda qadrlashi,unga sodiq bo'lishi,ko'nglini ovlashi,vaqti bilan sovg'alar hadya qilishi va uy-ro'zg'or ishlariga ko'maklashishi lozim. Erkak kishi mehnatsevarlik,mehribonlik,xushmuomalalik,saxiylik,mehmondo'stlik,mardlik va sodiqlik singari oliy xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirmog'i lozim. Bordi-yu, -deb davom etibdi o'z so'zida mo'ysafid, -xotini eri ishdan kelganda boshini bog'lab, xa deb o'zini kasallikka solib cho'zilib yotaversa,hovli-uylar iflos bo'lsa,bolalar qayerdadir sang'ib yurishgan bo'lsalar,u vaqtda uning kayfiyati buziladi,charchog'iga charchog' qo'shiladi.
Tabiatan dangasa va beparvo xotinlar mehnat va mehribonlik qilishdan ko'ra o'zlarini kasallikka solishni afzal ko'radilar. Bu qaytalay bersa,unga odatlanib qolinadi. Pirovardida bunday ayollar chinakam kasallikka chalinadi. Chunki o'zini urintirmaslik va ishyoqmaslik kasallikning uyasidir. Ishyoqmas ayollarning kuch quvvati tiliga to'planib,g'iybat,haqorat va janjal qilishga berilib ketadiladilar. Natijada andisha va xijolat ular uchun ahamiyatsiz bir narsaga aylanib qoladi.
Oiladagi e'tiborsizlik erkakning ham,xotinning ham ko'nglini sovutadi. Erkak uyiga shoshilmay choyxonadami,oshna-og'aynisinikidami va boshqa joylarda sang'ib yurishga odatlanadi,uyga uxlash uchungina keladigan bo'lib qoladi. Shu tariqa Ota,xotin va farzandlar bir-biridan uzoqlashib boradilar,beboshlik va oqibatsizlik yuzaga keladi. Bunday oiladagi farzandlar dangasa,tartibsiz va mug'ombir bo'lib yetishadilar. Pirovardida,oilada chiqishmovchilik va janjal tobora avjiga chiqib,odam baxtsiz hayot girdobida yashashga majbur bo'lib qoladi...
Xullas,inson xushmuomalalik,mehribonlik va g'amxo'rlik iplarini qattiq bog'labgina to'la baxtga erishishi mumkin,-deb xulosa qilibdi mo'ysafid. Donishmandlar uning so'zlariga qo'shilishibdi.

( shu o'rinda qanoat,shukrona,sabr, iymon to'la qalbni ham qo'shimcha qilgan bo'lardim. Barchasi zanjir misol bir biriga bog'liq )

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Oktyabr 2012, 00:26:15

Bir tanishimning qaynisinglisi 2 farzandi bo'la turib eri bn ajrashmoqchi.
Sud necha oydiram muhlat beribdi.
Sudya ayolni yoniga kelib "Eri bn ajrashayotgan 14-si bo'lasan hijoblilarni, yilni boshidan beri" debdi. (Bu voqea may-iyun oylarida bo'lgan).

Yaxshiyam darrov ajralishga ruxsat berilmaydi.
Ko'pincha shu sabab ham oilalar tiklanib ketadi...

"Ajralish" degan so'zni o'zi hunuk o'ylab ko'rilsa.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  23 Oktyabr 2012, 00:47:54

Ўн йиллик оилавий хаёт тажрибасидан келиб чиқиб айтишим мумкинки сркак хам аёл хам инсон, уларнинг хар иккаласихам адашади, снг асосийси сса хар иккала томон бир бирига чиройли сабр қилса ва бир бирини тушкун ва нохуш вақтларда қслласа оила мустахкам бслади. Йигитлар жахли чиқса аламини хотинидан смас ишдан олиши керак, аёллар сса болажонлар билан сзини овутиши керак шунда оғиздан ортиқча ссз чиқмайди. Бир танишим беш марта уйланди хали хам бахтли смас. Биринчи никохдай мукаммал ва самимий бахтни одатда кейингиларида учратиш қийин. Хотин қсйвориш хақиқий сғилболани иши смас балки бир бегонани сзиники қиволиш хақиқий сғилболани иши деган гап бор.

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Oktyabr 2012, 00:59:30

Хотин қсйвориш хақиқий сғилболани иши смас балки бир бегонани сзиники қиволиш хақиқий сғилболани иши деган гап бор.

Kim etgan bo'lsa ham juda yaxshi va haq gap ekan.

O'sha SABR yetishmayabdida...
Nimaga avvalgilar buncha sabrli bo'lishgan, xozirgilar esa bir gapniyam ko'tara olishmaydi odam hayron qoladi?

Qayd etilgan