ОИЛАЛАР НЕГА БУЗИЛИБ КЕТМОКДА?  ( 17143 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Mo'min Mirzo  23 Oktyabr 2012, 06:08:56

Erkaklar hozir o'z zimmalaridagi vazifalarni unutgan. Avvalgi erkaklar oilasi uchun tinib tinchimagan bo'lsa, hozirgi erkaklar ortiqcha pul topsa nikohida bo'lmagan ayollar bilan yurish, diskoteka kafelarda hordiq chiqarish, ahli ayollariga hiyonat qilish kabi ahli ayollari chiday olmaydigan ishlarni qilish keng yoyilib ketdi.
Avvallari ayollarimiz ham erlarining izmidan chiqmasdi, qaynonalarining hizmatlarini qilaverardi, sharoit og'ir bo'lgani va ajrashish or bo'lgani sabab ayollarimiz g'oyat sabrli edilar, ajrashish hayollariga ham kelmasdi. hozirgi ayollar esa undoq emas, birgina shapaloqqa ajrashaman deb turib oladiganlari ko'p. Qaynonalari ish buyursa ko'tarisholmaydi. Ayrim dindan chala xabardor kelinlar "Dinda qaynona bilan yashash yo'q!" deb o'z obro'sini tushiradilar. O'ylamaydilarki, eri 40ta xotin olib barchasini qo'ysa ham bitta onasidan kecha olmaydi!
Bir qancha tanishlarim oilasi bilan ajrashishgani haqida eshitib attang deb qolyapman. Sabablarini surishtirdim, hech qaysi biri ajrashishga arzimasdi!
Ajabki bittasini hisobga olmasak barchasi "sevishib" uylanganlar edi.

Qayd etilgan