Inflyatsiya haqida hamma narsa  ( 19911 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Usmon  17 Aprel 2011, 00:35:30

Inflyatsiya - pullarning davomli ravishda qadrsizlanishi, sotib olish qobiliyatining pasayishi.

Inflyatsiya ikki xil bo'ladi: Ochiq i. va yopiq i.

Ochiq i. - narxlarning o'rtacha darajasi oshishi hisoblanib, erkin narxlarga asoslangan bozor iqtisodiyoti uchun xos.
Yopiq i. - iqtisodiyot davlat tomonidan qattiq tartibga solinadigan mamlakatla uchun xos.

Quyida gap faqat ochiq i. haqida ketadi.

Qayd etilgan


Usmon  17 Aprel 2011, 00:45:01

Ochiq i. quyidagicha ifodalanishi mumkin:

π=Pt-Pt-1/Pt-1

π - i. darajasi
Pt - t vaqtdagi narxlar darajasi
Pt-1 - t vaqtdan avvalgi vaqtdagi narxlar darajasi

Narxlar darajasi konkret maqsaddan kelib chiqqan holda ma'lum narx indeksidan foydalangan holda ifodalanadi. STOP! shu joyiga bir oz orqaga sayohat, ya'ni narx indeksi tushunchasini ko'rib chiqamiz

Qayd etilgan


Usmon  17 Aprel 2011, 13:08:55

Makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning aksariyati real va nominal qiymatga ega (masalan, Yalpi ichki mahsulot). Nominal qiymatlarni realga o'tkazishda narxlar darajasidan foydalaniladi. Narx darajasining o'zgarishi esa, narx indeksi orqali amalga oshiriladi.

Narx indekslariga: YaMM deflyatori, iste'mol narxlari indeksi, ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi kabilar kiradi.
Har qanday narx indeksi ma'lum tovar va xizmatlar to'plami orqali hisoblanadi. Tovar va ximzatlar to'plami fiksatsiya qilingan va o'zgaruvchan bo'lishi mumkin.

Fiksatsiya qilingan to'plam asosida tuzilgan indeks Laspeyras indeksi deb ataladi.
O'zgaruvchan to'plam asosida tuzilgan indeks esa, Paashe indeksi deyiladi.

Quyidagi belgilashlarni kiritib olsak:
qi0 - i tovarning bazis (oldingi) yildagi miqdori;
qit - i tovarning joriy yildagi miqdori;
pi0 - i tovarning bazis (oldingi) yildagi narxi;
pit - i tovarning joriy yildagi narxi;

Qayd etilgan


Usmon  17 Aprel 2011, 13:13:39

Laspeyras indeksi - Σpitqi0/Σpi0qi0

Paashe indeksi - Σpitqit/Σpi0qit

Qayd etilgan


XALIF  17 Aprel 2011, 13:27:38

Usmon $ nimani evaziga oshdi. bu xaqda malumotga egamisiz

Qayd etilgan


Usmon  17 Aprel 2011, 13:36:18

Sodda qilib aytganda:
- Laspeyras indeksi kecha ishlab chiqargan tovar va ximzatlarimizning bugungi narxlarda hisoblangan umumiy qiymatini ularning kechagi narxlardagi umumiy qiymatiga bo'lganda chiqadigan son. Iste'mol narxlari indeksi Lapeyras indeksi hisoblanadi (chunki unda bazis (oldingi) yildagi ma'lum tovar va xizmatlarning bugungi narxlarda hisoblangan umumiy qiymati ularning bazis yildagi narxlarda hisoblangan qiymatiga bo'linadi)

- Paashe indeksi esa bugun ishlab chiqargan tovar va ximzatlarimizning bugungi narxlarda hisoblangan umumiy qiymatini ularning kechagi kundagi narxlardagi umumiy qiymatiga bo'lganda chiqadigan son. YaMM deflyatori Paashe indeksi hisoblanadi (chunki unda joriy yilda ichlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlarning bu yilgi narxdagi umumiy qiymati ularning bir yil avvalgi yildagi narxlarda hisoblangan qiymatiga bo'linadi)

YaMM deflyatori: joriy narxlarda hisoblangan YaMM  /  bazis narxlarda hisoblangan YaMM  X  100%

Qayd etilgan


Usmon  17 Aprel 2011, 13:37:16

Usmon $ nimani evaziga oshdi. bu xaqda malumotga egamisiz
O'zbekiston bozoridami yoki umuman??

Qayd etilgan


Usmon  17 Aprel 2011, 14:03:04

Albatta, oddiy odamda YaMMni bazis narxlarda hisoblab chiqish imkoni yo'q. Demak, YaMM deflyatorini hisoblashning ham ijoji yo'q.

Biroq iste'mol narxlari indeksini u yoki bu darajada to'g'ri hisoblab olish imkoni barchada mavjud. Buning uchun bir yillik iste'mol tovarlari savatini tuzib olish kifoya. Bunday savat bir yilda o'rtacha odam iste'mol qilishi zarur bo'lgan tovar va xizmatlarni o'z ichiga oladi. Iste'mol tovarlari savati turli mamlakatlar statistika xizmati tomonidan turlicha tuziladi. Masalan, AQShda bu savat 400dan ortiq tovar va xizmatlarni o'z ichiga oladi.

Inflyatsiya darajasini bilib olishning eng sodda usuli ham mavjud. Odatda mamlakatlar hukumatlari transfert to'lovlarini (pensiya va stipendiyalarni) inflyatsiya darajasida oshiradilar (indeksatsiya). Demak bir yil ichida transfertlar 20% oshgan bo'lsa, inflyatsiya ham taxminan 20% bo'ladi. Deylik, birinchi yarim yillikda 10%, keyingisida yana 10%oshgan bo'lsa, x+x/10+((x+x/10))/10 = ... 21% - inflyatsiya darajasi - taxminan 21%

Inflyatsiyani keltirb chiqaruvchi omillar haqida keyinroq ...

Qayd etilgan


Usmon  17 Aprel 2011, 14:05:34

Usmon $ nimani evaziga oshdi. bu xaqda malumotga egamisiz
Agar O'zbekiston bozorini nazarda tutayotgan bo'lsangiz, bunga ikki sabab bor menimcha:
1 - UZSning inflyatsiya darajasi USDnikidan ancha yuqori, shuning uchun Markaziy Bank USD kursini bir necha marta oshirib boradi.
2 - subyektiv omillar

Qayd etilgan


Muxsiya  13 Mart 2013, 17:18:25

menimcha buni asosiy sababi aholi iste'mol qiladigan mahsulotlarning aksariyat qizmi chetdan keltirilishi bo'lsa kerak. Chetdan esa so'mga emas valyutaga olib kelinadi

Qayd etilgan