Albatta, oddiy odamda YaMMni bazis narxlarda hisoblab chiqish imkoni yo'q. Demak, YaMM deflyatorini hisoblashning ham ijoji yo'q.
Biroq iste'mol narxlari indeksini u yoki bu darajada to'g'ri hisoblab olish imkoni barchada mavjud. Buning uchun bir yillik iste'mol tovarlari savatini tuzib olish kifoya. Bunday savat bir yilda o'rtacha odam iste'mol qilishi zarur bo'lgan tovar va xizmatlarni o'z ichiga oladi. Iste'mol tovarlari savati turli mamlakatlar statistika xizmati tomonidan turlicha tuziladi. Masalan, AQShda bu savat 400dan ortiq tovar va xizmatlarni o'z ichiga oladi.
Inflyatsiya darajasini bilib olishning eng sodda usuli ham mavjud. Odatda mamlakatlar hukumatlari transfert to'lovlarini (pensiya va stipendiyalarni) inflyatsiya darajasida oshiradilar (indeksatsiya). Demak bir yil ichida transfertlar 20% oshgan bo'lsa, inflyatsiya ham taxminan 20% bo'ladi. Deylik, birinchi yarim yillikda 10%, keyingisida yana 10%oshgan bo'lsa, x+x/10+((x+x/10))/10 = ... 21% - inflyatsiya darajasi - taxminan 21%
Inflyatsiyani keltirb chiqaruvchi omillar haqida keyinroq ...