"Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)  ( 15951 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Safida  01 May 2011, 19:05:56

MAN 1 kuni astoydil wirin ow qilaman deb shovla qilib qoyagandim  :)ln juda ham wirin shovla bogan ekan :13


Safida unda shovla qisez Mastava bo'larkande a ? :)+tarafi, mastava bob qolsa ham ertalabga4a bezovta qimide ;)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  01 May 2011, 20:23:14

Musofirchilik-da.... Biiir osh qilmoqchi bo'ldim... Hammasi risoladagidek bo'ldi...Xullas, oshni laganga suzdimu, dasturhonga qo'ydim. Ukam va men, yana  bir do'stimiz... Buni qarang, hammasini bajaribmizu eng muhim narsa tuz solish esdan chiqibdi...Mazali taomlari bilan farzandlarini siylaydigan onajonimu rafiqamning o'rinlari juda bilindi.

Qayd etilgan


_IYMONA_  06 Fevral 2013, 17:10:21

Oshxonada doim qiziq ishlar bo'lib turadi.
Ota-onam bag'rida yashagan davrimda o'xshamay qolgan pishiriqlarimni yugurib borib o'rdak boquvchilarga yetkazardik. O'zi hecham o'xshamasdi qizligimda pishirgan narsalarim.
Bir kuni qizil bolgarskiy tomatni ochgandim, u bechora eskirganakan baklashkani burashim bilan hammayoqqa sachrab, otilib ketsa deng  ;D  Hattoki ko'chagayam sachrabdi. Patalok, kafellar, derazayam qolmagan, ishqilib hammayoq bir daqiqa ichida qip-qizil tusga kirgan. Ota-onam ishdan kelgunlaricha hammayoqni qirtishlaganmiz.

Yana bir kuni palov kuyib kuyindi bo'gan. Esdan chiqib ketgandi, sabzini qovurib suv solibmanu boshqa ishlar bilan ovora bo'lib... Qozon tepasiga kelsam suv qolmagan, sabzi kuyib, qozon tagiga yopishgan. O'shanda onam ishdan kelganlarida rosa gap eshitgandim, och qolganmiz  ;D

Yangi kelinligimda kuchli hayajon bosardi oshxonaga kirishim bilan  : )  Ammo lekin doim maqtashadi pishiriqlarim o'sha kunni o'zida yeyiladi  :)
Begim uchun tayyorlagan taom va pishiriqlarim ham me'yorida chiqadi ko'z tegmasin  :13

Qayd etilgan


_IYMONA_  06 Fevral 2013, 19:42:40

Bu mavzuni o'qiymanu bir kulgi keladi bir kulgi keladiyey...
Eslasam, o'zi onamdan gap eshitmagan kunim bo'lmaganakan qizligimda  ;D
Har kuni ovqatim bir nima bo'lib qolardi, mastavam shovla, bulochkalarim tish o 'tmas bo'lib qolardi, palov guruchi gohida tirik, gohida ezilib ketgan...
Ishqilib, shu mavzu bahona yoshlik paytlarni eslab miriqib kulib oldim  :7

Qayd etilgan


Muxsiya  15 Mart 2013, 11:18:37

oshxonadabirinchi qilga ijodim osh bolgan hamma narsasi joyida o'xhsaganu lekin umuman tuz solmagan ekanman, shundan keyin man o'n yil bo'ldiki osh qilgani qo'rqib biror marta osh qilganim yo'q

Qayd etilgan