"Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)  ( 15964 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Ansora  26 Aprel 2011, 13:51:02

 :as:

Azizlar, ko'pchiligimiz (ayol qizlar har kuni) oshxonaga hayotimizda kam bo'lsa ham kirib, bir narsalar pishirib, tayyorlashga harakat qilganmiz.

Bazan oshxonada juda qiziq voqealar bo'lib turadi (Chustiy janoblarini hayotlari oshxona bilan bog'liq bo'lganligi uchun u kishini taassurotlari liq to'la bo'lsa kerak)

Kelinglar, bu mavzuda oshxona, yegulik tayyorlash jarayonida sodir bo'lgan xotiralarimizni yozaylik:)

Qayd etilgan


Музаффар  26 Aprel 2011, 19:23:00

Ошхонада бир марта шунақа воқеа бслганди:
Овқатга туз солишим, кейин чой дамлашим керак сди...
у пайт талаба сдим, хаёлимда навбатдаги сессисни ёпиш фикр-зикри,
тузни чамалаб солиб, қслимни чайқаб, кейин чой дамлаб дадамни олдиларига қсйдим. Дадам чойни қайтариб қусрканлар "хех, чойингни ранги чиқмапти, қуруқ чой солдингми сзи?" дедилар. Ман "Ха" дедиму қозонни димлаш учун қарасам овқатни ичида шама юрипти!
Шунақа қилиб, чойнакка туз дамлаб, тушликка шамали димлама тайёрлаганман...

Qayd etilgan


Best friend  26 Aprel 2011, 20:58:50

 Bishkekka borganimda bir akam bilan o'zimizcha devzirada osh qilmoqchi bo'ldik. Qo'y go'shtiyu qo'y yog'ilarni bozordan opkelib oshni damladik. Lekin shovla bo'lib qolsa maylidikuya, mastava bo'lib qolibdi. Eh attang deb o'tirsak, Amakim kelib qoldi O'shdan. Amakim o'tirib: "Mastava bo'lsa zo'r ketardida", deb qolsa bo'ladimi. Menam shartta bor dedimu quyib kirdim. O'ziyam mahallaga yetadigan bo'lgandida :D.

Qayd etilgan


Shuhrat_  26 Aprel 2011, 22:51:54

 :as:
Bir kuni bizni xovlimizda maxalliy exson edi
exson naxorga edi ,oshpaz bomdoddan oldin chiqib ovqatni boshladila,tamat suradila tuz suradila man uzingiz olavering
dedim,xullasi tong yorishay deganda,qozonni oldiga borsam
oshpaz tuzila yaxshimas ekan dedila ,nimaga deb qarasam
oshpaz aka tuzni urniga jiyanimni kashasidan solibtila,oshxonada tuzni yonida
edi tuzni urniga kasha solibtila :7
kegin tuz soldila ,lekin osh judayam mazali buldi

Qayd etilgan


siddiqa  26 Aprel 2011, 23:37:27

 :as:

uyda ko'picha qolgan yog'ni bankaga quyib qo'yardik .Ayni yoz chillasi ammamni katta o'g'illari kelishlari bilan oshhona kirdilarda "choyam borakan kakraz deb "  shu ko'tardila ,shu ko'tardila bankani .Yog'ni stol ustiga adashib qo'ygan kamina joyiga qo'ymagandim ,sekiiiiiinnnnnnnn gina chiqib kettim va o'sha akamni nimadiiir nimadirrrr degan ovozlari eshitilardi   :10 :10 :10

Qayd etilgan


ummugulsumm  26 Aprel 2011, 23:59:40

buni tasavur qilyapman bu hol mendayan bulgan......

Qayd etilgan


Chustiy  27 Aprel 2011, 01:57:35

Buni oldin ham yozgan edim, blogda...

Oshxona hangomalari


 

Balkim bunday holat, deyarli barcha soha vakillarida bordir...Jumladan bizi sohada ham, yangi kelgan shogirdlarni azgina qiynash bor, qiynash deganda unaqa mashaqqat va aziyat berish emas, balki har hil hazillar bilan imtihondan otqazish bor...

 

Hozir yosh ulgayibmi, yoki boshqa sabablar tufaylimi uncha hazillashamay qoydik, o;zim hozirda shogirdlarni unaqa qimiman, ammo oldinlari, yangi shogird kesa somsa zor chiqadi deb, shogirga uch to;rt kg unni berib bir kosa bir kosa olib yoki pichoq bilan choptirardik yoki juva berib oz ozdan juvalab chiqishardi :) bunday rozigrishlani odatda yoshi kotta ustozlarimiz etishardi :)Yoki ziravorchilaga, bazan magazinlaga yuborib, tutruq op ke diyishardi bechora bunaqa narsayam borakanda deb borib, sotuvchiga tutrug;iz bormi desa, sotuvchi v hayrone... ;D

 

yoki bolmasam, boshqa oshxonaga yuborib, hamirni kislotasini op ke, deb yuborishsa, u yodagila bitta idishga shlakablokmi, boltami yoki biror narsani o;rab berib, ochmagin havosi chiqib ketadi deyishardi, yoki bitta kosaga to;ldirib suv soberib, qolinga tukib yuborma kuyduradi, ehtiyot bol, tokib yuborma deyishsa, yangi kegan shogird huddi dor ustida ehtiyot bolib yurgande sekin kelardi :)

 

Yoki somsani qolipini op ke deb yuborishsa, baland kotta stolni ustini berib yuborishardi dumaloq bolardi, huddi anu tanga topib olgan tarakanga oxshab kochani o;rtasida stolni ustini dumalatib kelishardi ;D

 

Roppa rosa o;n yil oldin, biz endi yangi shogird tushgan paytimiz, mangayam bo;lka nonni dumaloq qolipini berib mana buni ho;jayinga :u paytda parkentskiy bozorda edik: oborib ber ekan deyishgandi, manam indami kotarib ketaerganman ustozga itoat etib :) ming shukurki, bozokom osha paytda oz honasida bozor hodimlarini yigib majlis otqazvotgan ekan :) oynadan korib qolgandim, sekin ortga qaytgandim, oshanda oynaga diqqat qimaganimda bozorkomni oldiga kirib ketardim qolipni kotarib :)

 

Eh ajoyib davrlar edida....

 

Qayd etilgan


Sofdil  27 Aprel 2011, 02:35:39

 :as:

10 yilla bub qoldi bu voqeaga...

Ulpatla bn Chorvoga chiqqanidik.
Dimlamani dondiraman dip azgina maqtanip quyganidim, amalda kursatishga turi keldi :).

U paytda pahta yo opchiqqanidik. Hullas dimlama qo'ling o'rgilsin bup pishti kech soat 10-30 laga, tuziyam joyda, ziravorla bn hullas ot i do.
Faqat yoni dog'lash esdan chiqqanakan :).

Kechqurun soat 3 lagacha uhlomadik, faqat mineralka ichip, tarvuz yep tong ottirdik.
Shu bo'yi ulfatla qozonga yaqinlashtirishmidi mani :))

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  27 Aprel 2011, 12:40:03

                 BOMBA

Bundan bir necha yil oldin bo`lgandi. Qandaydir pishiriq tayyorlayotgan edim, sgyushonniy molokoni idishi bilan suv ichiga solib, qanatishga qo`ydim-u, o`zim doimgidek kitobni ichiga kirib ke-e-etdim:))
O`qishga berilib ketganimdan necha soat o`tganini ham bilmay qolibman, bir mahal oshxonadan BO-O-O-OOOOONGG-G-GG!!! etgan tovush eshitildi. Qo`rqqanimdan, yuguriiib kirsam....
Kastryulda suvi qolmagach sabri chidamagan yaramas "moloko" "uchmoqchi" bo`lib sakragan, qopqog`i poqillab ochilib, ichak chavog`i butun oshxonani bejabdi.... ;D

bir marta "bomba"ning qaynatilgan tuxum ko`rinishdagisi ham sodir bo`lgandi :7

Qayd etilgan


Ansora  27 Aprel 2011, 12:52:53

Assalomu alaykum, forumdoshlar postlarga gap bo'lishi mumkinmas:)

Men ham bir necha kun oldin bo'lgan voqeani yozay:)

Baqlajon va qiymali "Baqlajon musakka" degan taom pishirmoqchiydim. Odatda go'sht, qiyma olganimdan keyin muzlatgichga tselofanga biror ovqatlik qilib qo'yaman, muzi oson erisin deb. Ohirgi marta qassobni qog'oziga o'rab qo'ygandim, yani ichi ko'rinmaydi.

Tushlik paytlarida bir parcha qiymani chiqarib oshxonaga qo'ydim. Yaxshigina eridi, xatto suvi oqdi, qiziq dedim, qiymani bunchalik suvi oqmasdi:) ishim ko'p bo'lgani uchun e'tibor bermadim.

Piyozni qovurib bo'lgandan keyin qiymani solaman deb bir ochsam, qiyma emas, go'sht ekan!
Birdan shok bo'ldim, qiymaligidan shunchalik amindim.
Bir tarafdan ho'jayinimni ishdan kelishlariga oz qolgan, go'shtni maydalab to'g'radim, qiyma odatda 10 daqiqada tayyor bo'ladi, go'sht esa bilasiz, 40 daqiqa aga qattiq bo'lsa, 1 soatgacha pishishi kerak. Ham taomni shakli umuman buziladigan bo'ldi, chunki qiyma muloyim bo'lgani uchun baqlajonni ustiga yopishib turishi kerak edi, go'sht esa...

Xullas o'sha kuni ham ho'jayinim ovqatni kech qolib yedilar, men esa yomon hijolat bo'ldim :3

Nasib bo'lsa uydan myasorubka olib kelaman ;D

Qayd etilgan