MASTAVAMI YO...Birinchi kursga yangi qabul qilinganman. Hali o'qish boshlanmagan-u, ko'ch-ko'ronimni ko'tarib, Toshkanga kevoganman.
Talabalikning boshlanishi arafasidagi ajib hajayajonlar.
Xullas, bir tanishimning uyida vaqtinchalik qo'nim topdim. Ular har shanba-yakshanba bozorga kelishar, boshqa kunlari uyning qorovulchiligi mening bo'ynimda edi.
"Qani ustudent, o'zing uchun o'zing harakat qil" dedim-da, harajat qilib keldim. Bugun bir maza qilib mastava tayyorlab, o'zimni o'zim mehmon qilay dedim-da, ovqatni boshladim.
Masalliqlarni qovurib, bir tuz soldim, so'ng suv quyib, yana soldim. Totib ko'ryapman, hech tuzning mazasi kelmaydi-da.
"Eee, bu shaharning tuzlariyam poddelka ekan", deb yana tuz soldim. Ovqatni totib ko'rdim: sho'rtak emas-ku, lekin sal taxirroq. Shunisiga ham shukur deya, asta kitob varaqlashga tushdim.
Ovqatim nima bo'ldiykan, deb qozonga qarasam: yarim piyoladan ozroq guruch butun qozonni egallabdi va qozondagi suv esa xuddi sovun pufakchalari kabi harakatlanyapti...
Ehhh ustudent-a, men solgan tuz emas, "chaynaya soda" ekan