Muallif Mavzu: Duo qiling...  ( 169294 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Duo qiling...
« : 11 Avgust 2006, 06:19:46 »
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda birodarlarimiz haqlariga birgalashib duo qilaylik.

Allohim, musulmonlarga g'alaba bergin!
Allohim, Livan musulmonlariga o'zing najot ber!
Allohim, kofirlar ustidan g'oliblikni nasib ayla!


Avval Senga so’z berib, so’ngra badnafsimga ergashib, so’zimda turmagan har vafosizligim, qilgan gunohlarim uchun sendan mag’firat so’rayman, Sening roziligingni maqsad qilib, ishga kirishar ekanman, o’zgalardan ham yordam so’raganim uchun, har xayr va yaxshilik uchun Sendan mag’firat tilayman!
Ey maxfiy va oshkor har narsani bilguvchi Allohim! Kun yorug’ida, tun qorong’usida, anjumanda va tanho, yashirin va ochiq qilgan har gunohim uchun sendan mag’firat tilayman! Ey halim! (£ilgan ayblari uchun quliga shoshilinch jazo bermaydigan) Allohim! £ur’oni Karim hurmatidan menga rahmat ayla, £ur’onni menga rahmat, imon, nur, hidoyat, shifo qil, Allohim £ur’ondan unutganlarim bo’lsa xotirlat, tushunmaganlarim bo’lsa anglat, kechayu kunduzda £ur’on o’qishni menga nasib et, £ur’onni menga qiyomat kunida shafoatchi, hujjat, nur qil. Allohim, manfaatsiz ilmdan, maqbul bo’lib huzuringa ko’tarilmaydigan amaldan va qabul qilinmaydigan duodan o’zing asra. Rabbim, Senga kofir bo’lishdan qabr azobidan asra, sendan boshqa iloh yo’q. Rabbim. Sendan pokiza hayotu, rohatli o’lim berishingni so’rayman, oxiratda xor va sharmanda bo’lmaslikni so’rayman. Ey Rabbim, menga hidoyat va taqvo, qalb pokligi va behojatlik ato et. Ilohim, meni ilmga boy qil, halimlik bilan beza. Taqvodorlik bilan hurmatli qil va tan-sihatlik bilan chiroyli qil, dushmanga yengilishdan, ustimdan kuladigan ishni qilishdan o’zing asra. Allohim, Sendan jannating va jamolingni ko’rsatishingni, do’zax azobidan panoh berishingni so’rayman, meni amali solihlardan qil, £ur’on xulqi bilan xulqlantirgin va Firdavs jannati vorislaridan qilgin. Omin!!!
“Ey Allohim! Sen mening Rabbimsan, Sendan boshqa iloh yo’q, meni sen yaratding, men Sening qulingning va joriyangning farzandiman, Sening (qudrat) hovuchingdaman, kokilim Sening (qudrat) qo’lingdadir”.
Men kuchim yetguncha sening ahding va va’dang (senga bergan so’zim) uchun harakat qildim. £ilgan amallarimning sharridan (xato gunohlarimdan) Senga sig’inaman, menga ato etgan yaxshiliklaringni iqror etib, mening Senga qarshi gunohlarimni e’tirof etaman, u holda gunohlarimni kechir, chunki, gunohlarni faqat Sen afv etuvchi, faqat Sen kechiruvchisan!
“Ey Rahmlilar rahmlisi, mehribonlar mehriboni! Meni, ota-onamni, iymon keltirgan barcha erkak va ayollarni mag’firat et! Shubhasiz, Sen har narsaga va har ishga qodirsan!”.
« So'nggi tahrir: 11 Avgust 2006, 06:21:33 muallifi Laylo »

Laylo

  • Mehmon
Re: Duo qiling...
« Javob #1 : 11 Avgust 2006, 06:20:07 »
muslimasubh:
Alloh taolo butun olamlar podshohidir, va u xohlagan narsa bo'ladi, agar Alloh bir narsani iroda qilsa ,butun dunyo bunga qarshi tursa ham bu narsa bo'ladi, chunki U Qudrat va Hikmat sohibi bo'lgan, har narsaga Qodir bo'lgan Zotdir!
Alloh taolo aytgan, mo'min bandalariga , so'ranglar beraman, duolaringizni ijobat qilaman deb, Yo Rabbim deganimizda U labbay deb javob qiladi va yana uch mo'min kishi duo qilsa uni mustajob etajagini ham bayon etgan, va mazlumning, musofirning , ota-onaning duolarini tez ijobat qilishligini aytgan, shunday ekan , ey mo'min birodarlar, musofir birodarlar, Mubashshir birodarimizning haqlariga duo qilsak, chin ishonch bilan!
Alloh hamisha g'olibdir, u o'zi sevgan bandalarini ham adolar ustida g'olib etsin! Alloh adolatli zot, o'zi kimning haq, kimning nohaq ekanligini barcha yaqinlaringiz oldida oshkor etsin!
Alloh ahli oilangizning yuzini yorug' etsin! Alloh sizning:"Parvardigo ..." deya duoga ochgan qo'llaringizni qaytarmasin! Ameen Allohu Akbar!

Laylo

  • Mehmon
Re: Duo qiling...
« Javob #2 : 11 Avgust 2006, 06:20:29 »
Feruzabegim:

Olloh hammamizni o'z panohida asrasin, sog'lig'imizni bersin. Yuzimizning yorug'ligini, yo'limizning keng va ravonligini bersin.
Yurtimizga tinchlik, o'zimizga esa insof, vijdon bersin.
Barchangizning ezgu niyatlaringizning ro'yobini bersin.
Musofirchilikda yurganlarga eson omon yurtlariga qaytib borib, ota onasini ko'rish baxtini, qalbida sevgi atalmish tuyg'u egalariga, orzulariga yetishishlarini tilayman.Yuqoridagi barcha insonlarga ham niyatlarining ro'yobini bersin.
Duo qiling, axir duo bilan tirikmiz, u bilanda sog' omonmiz, biz ham qilamiz.

Laylo

  • Mehmon
Re: Duo qiling...
« Javob #3 : 11 Avgust 2006, 06:20:48 »
Soliha:

As-Salomu Alaykum hurmatli forum a`zolari , 3ta banda Allohdan nima sorasa ulani soraganini berilar ekan , siladan iltimos , Allohimdan manga o`zi yordam berishini , O`ziga tavakkal qilib qivotgan ishimni qollashini , mani qivotgan ishimga qarshilaga o`zi shu yo`lli to`g`riligini , ko`nglilariga solishini , mani shu sinovladan eson omon o`tvolishimizga yordam berishini chin dildan , namozilada duo qilishilani siladan so`riman , Allohimmi so`raguchilani gunohini kechirsin , Muhammad sav ning shafoatlariga loiq insonladan qilsin , Amin .

Laylo

  • Mehmon
Re: Duo qiling...
« Javob #4 : 11 Avgust 2006, 06:21:53 »
* * *

Har kim o‘zi bilganicha va o‘zi xohlaganicha duo qiladi, ya’ni Tangri-taologa iltijo qilib, nimanidir so‘raydi. Ba’zilar bir hafta yoki o‘n kun duo qiladi. So‘ragani berilavermagach, hafsalasi pir bo‘lib, duoni to‘xtatadi. Ko‘pchilik duoni so‘ramoqlik, deb hisoblaydi. Bu fikrni butunlay inkor etish niyatimiz yo‘q. Biroq, so‘rashda ham so‘rash bor-da! «Choynakni uzatib yuboring», «sigaret chektiring» ham so‘rash. Aniqroq aytsak, til uchida so‘rash. Duo esa qalbdan chiqmog‘i kerak. Ya’ni, avval qalbingizni Alloh bilan bog‘lamog‘ingiz, o‘zgacha ta’bir bilan aytsak, Allohni tanimog‘ingiz kerak. So‘rayotgan lahzangizda to‘laligicha Yaratganga bandi bo‘lmog‘ingiz shart. Tilingiz xonadoningizga baraka tilasa-yu, xayolingiz tanish juvonni restoranga taklif etish muammosi bilan band bo‘lsa, bu duo hisoblanmaydi. Deylik, bir qop bug‘doyni ko‘tara olmaysiz. Sizga yordamchi kerak. Ro‘paradan olti yoshli go‘dak bilan yigirma yashar yigit kelyapti. Siz hech qachon olti yoshli bolaga murojaat etib, «ko‘tarishib yubor», demaysiz. Yigitdan iltimos qilasiz. Ayni choqda siz yigitning kuchini tanidingiz, unga ishondingiz. Duo qilinayotgan nafasda ham Allohning buyukligi, yagona qudrat egasi, mehribon va rahmdil ekanini his qilib turish kerak bo‘ladi.
Donishmandlar aytishganki: «agar men senga Xudo haqida gapirsam, tilla yoki kumushdan yasalgan bir buyum haqida gapiryapti, deb o‘ylamagin. Senga bayon qilayotganim Xudo — sening qalbingdandir. Tashqaridagi mavhum narsa emasdir. Yomon xulqing va buzuq ishlaring bilan sen eng avvalo o‘z qalbingni ifloslaysan. qalbingdagi Allohni inkor etgan bo‘lasan. Agar tilladan bir but yasalsayu, «Mana shu Xudo bo‘ladi», deyilsa, sen unga ro‘para kelsang, yoki yonidan o‘tayotganingda ozgina bo‘lsa-da, xayiqasan. Shu haykal poyida gunoh ish qilishdan tiyilasan. Lekin har bir qadamingni ko‘rib turuvchi, har bir nafasingni sezuvchi, har bir niyatingning mohiyatini anglovchi, qalbingdagi Allohdan qo‘rqmaysan, gunohdan qaytmaysan. Birovga zulm qilish uchun reja tuzayotganingda yoki pok ayolni buzuqlikka chorlayotganingda aqalli uyalib ham qo‘ymaysan...
Agar biz Alloh qalbimizda ekanini, barcha yaxshi-yomon ishlarimizga o‘zi guvohligini hamisha yodda tutganimizda edi, gunohlar daftarini to‘ldirmas edik. Alloh ham gunohkor qalblarni tark etmas edi.

Tohir Malik

Laylo

  • Mehmon
Re: Duo qiling...
« Javob #5 : 11 Avgust 2006, 06:22:11 »
Abdurahmonqizi:

Assalamu alaykum va rahmatullohu va barakatuh!
Allohdan so'riymanki, U zot o'ziga hojati tushgan bandalarining qo'lini quruq qaytarmasin. UNING O'ZI HOJATBAROR VA MEHRIBONDIR!
Rabbim, o'zing atrofimizga singib ketgan jaholatdan, bosh-bodoqchilikdan, ilmda dunyo ne'matini talab qiluvchi olimlardan, amalsiz ilmdan o'zim chun, bandalaring uchun panoh so'riyman.
Bizlarni to'g'ri yo'lingda sobitqadam qilgin, Allohim, mehribomin!
Ameeen!

Laylo

  • Mehmon
Re: Duo qiling...
« Javob #6 : 11 Avgust 2006, 06:22:35 »
Assalom:

Assalamu alaykum!
Allohim, avvalo musulmon qilib yaratganing, iymon ne'matini ato etganing uchun shukronalar aytaman.
Allohim, to qiyomat qadara mana shu iymoninmizni mustahkam ayla. Islomga quvvat ber. Islomni aziz qil!
Allohim, gunohlarimizni kechir, biz ko'p xato qilguvchimiz!
Allohim, birodarlarimizning ham qalblaridagi ezgu niyatlarini o'zing bilasan. Shularga ham najot ber!
Allohim, menga o'zingni muhabbatingni ber! Ishq sol qalbimga!
Allohim, to'g'ri yo'lingdan adashtirma!
Allohim, payg'ambaring yo'lidan adashtirma!
O'zing duolarni eshitguvchi, Qodir Zotsan!
Alloh Ulug'dir!

Laylo

  • Mehmon
Re: Duo qiling...
« Javob #7 : 11 Avgust 2006, 06:22:52 »
Mubashshir:

Yo, Parvardigoro!!! Sen aziz va qudratlisan biz esa xor va haqirdirmiz bizlarni O'zingni huzuringdagi izzat ila aziz ayla. Sening quvvating cheksiz biz esa zaifmiz bizga rahm qil.Sen butun olam ishlarini tasarruf qilasan bizlani ishlarimizni ham O'zing rozi bo'ladigan tomonga bulgil. Ya Robbil A'lamiyn!!! Sening ilming jamiki narsani qamrab olgan G'ayblar Senga oshkora, sirlar ayondir.Bizlarni ham oshkor va yashrin ma'siyat - gunohlarimzni bilasan, Sen mag'firat qilishni yahshi ko'rasan bizlarni ham mag'firat qil.Sen adashganni hidoyat qilasan bizlarni ham Haq yo'lga boshla.Sen ochni to'ydirasan, qayg'uga botganni shod qilasan, Yalang'ochni kiydirasan, kasalga shifo berasan, ayblarni berkitasan, zolimlardan o'ch olaan, mazlumlarga yordam berasan bizlarni ham O'zingdan boshqaga muhtoj qilib qo'ymagin.Sen hohlagan ishingni qilishga qodirsan, biz ojiz bandalaring esa o'z nafsimizni ham jilovlashga qodir emasmiz.Biz o'z jonimizga ko'p zulm qildik,gunohga botdik bizlarni mag'firat daryosiga oqqizgin va bizlarni avf qil.Aslida biz sendan biror narsa so'rashga loyiq emasmiz, bizni gunohlarimiz qum zarralaridan ham ko'p,lekin Sening Rahmat va Mag'firatingdan umidvormiz Ya Robbil A'lamiyn.Sen barcha ovozlarni eshitishga qodirsan,mahluqlaringni ovozlarii turlicha bo'lishi Seni adashtirib yubormaydi, Sen birortasini eshitmay qolish nuqsonidan poksan,bizning iltijolarimizni-da eshitib turibsan O'zing qabul qil,ijobat et,Amiyn, Amiyn,Amiyn, Ya Robbil A'lamiyn.

Tilla

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 34
Re: Duo qiling...
« Javob #8 : 10 Dekabr 2006, 17:35:34 »
Ja'far Sodiq deydi: "Olloh taolo 3 ta narsani  3 ta narsa ichiga yashirdi:
  -roziligini toatning ichiga yshirdi.Shunday ekan,ibodatlardan birortasini arzimas deb qaramaslik lozim.Balki ,Olohning roziligi siz arzimas deb qarayotgan osha ibodatdadur:
  -g'azabni gunohlar ichiga yshirdi.Shuning uchun,qandayligidan qat'iy nazar,gunohni kichik deb  bilmaslik kerak.Balki, Ollohning g'azabi aynan o'sha siz kichik sanayotgan gunohda yashirindir;
  -do'stligini (valoyatini) bandalar ichra yashirdi.Ollohning bandasini haqir ko'rma.Balki,sen taxqirlayotgan banda Ollohning do'sti - valiyulloxdir".
---------------------------------------------------------------------

 "Olloh ta'olo ijobatni duoga yashirdi.Bas, duoni tark etmanglar!Balki, ijobat siz tark etgan duodadur"..


Abdullox

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 27
  • Jins: Erkak
  • Ollox go'zaldir va go'zallikni sevadi.
    • abdullox.mylivepage.ru
Re: Duo qiling...
« Javob #9 : 10 Dekabr 2006, 17:55:28 »
Ey Qodir O L L O H , barcha ezgu duolarimizni qabul ayla,ularni mustajob qilgin !!! Omin !!!
Dunyoning asli yo'qlikdir.

Tilla

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 34
Re: Duo qiling...
« Javob #10 : 10 Dekabr 2006, 18:06:41 »
Barcha kishining gunohi avf etiladi,illo,ushbu kishining gunohi kechirilmaydi; u kechasi gunoh sodir etdi.Olloh uning gunohini bekitdi,gunohiga parda yopdi.Ertalab u Olloh yopgan pardani ochdi - gunohini _(g'ururlanib _)- gapirib  barchaga ovoza etdi" (Muttafaqun alayh).

Gunohni yopuvchi Olohdur .Ollohning bu sifati  bandalariga fazl va ne'mat bo'lib,mehribon va raximli Zot shu sifati bilan bandalarning chiroyli amallarini zohir qiladi,hunuk amallarini yashiradi,Shunday ekan,Ollohning yashirganini bandaning oshkor qilishi ne'matga kufr keltirishdan boshqa narsa emas.
"Gunoh qilma! Agar qilib qo'ysang ,loaqal,boshqani unga targ'ib etma!Aks xolda,2ta gunoh sodir etgan bolasan "

--Bir olim kishi bid'at paydo qilib,odamlarni adashtirdi.Keyin o'ziga kelib,tavba qildi va ancha vaqt bu amalning islohi b-n mashg'ul boldi.Shunda Olloh taolo ularning payg'ambariga vahiy nozil etib;"Unga ayting ,bu gunohi o'rtamizda bo'lganida kechirardim.Lekin bandalarimni adashtirib,jahannamga kiritgan kishini qanday kechiray?!"dedi

Muslima_subh

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 264
  • Allohim,Haqni bilmaganlarga Haqligingni bildirgin!
Re: Duo qiling...
« Javob #11 : 11 Dekabr 2006, 08:58:29 »
Alloh taolo yer yuzini, aholini "..egilib turgan chollar bo'lmaganida , yig'lab turgan bollar bo'lmaganida..." kabi musulmonlarning sifatlarini berib, shuning uchun o'sha yerga azob yubormayotganini aytadi. Har bir qavm, Nuh, Lut, Solih, Hud va boshqa payg'ambarlar Allohga iymon keltirgan kishilarni shahardan olib chiqib ketilganidan keyin kufr egalariga azob yuborgan!
Hozirgi kunda musulmonlar ustidan tazyiq o'tkazayotgan, ular ustidan kulayotgan odamlarni yurtini musulmonlar tark etsa ularning holi ne kehcarkin? Shunday qilinsachi, Alloh balki ularga azob yuborib, yo'q qilib yuborarmikin. Bir narsa borku, agar musulmonlar shunday deb o'sha yerni tark etsalar, g'ayridinlar qo'rqishadi, ular islomni haqligini bilishsada itoat etishmaydi!
DUNYO NAQADAR CHIROYLI ALLOHIMNING MUHABBATILA...

Tilla

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 34
Re: Duo qiling...
« Javob #12 : 23 Dekabr 2006, 18:12:34 »
Robbim o'zimga zulm etdim,gunoh qildim,gnohlarmni mag'firat et
Olloh barchamizni raxmatiga noil etsin!

Süleyman

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 2154
Re: Duo qiling...
« Javob #13 : 26 Yanvar 2007, 01:49:28 »
Acele etmediği müddetçe herbirinizin duasına icâbet olunur. Ancak şöyle diyerek acele eden var: "Ben Rabbime dua ettim duamı kabul etmedi."
Hadis-i Şerif

Allah'a  dua eden herkese Allah icâbet eder. Bu icâbet, ya dünyada peşin olur, ya da ahirete saklanır, yahut da dua ettiği miktarca günahından hafifletilmek süretiyle olur, yeter ki günah taleb etmemiş veya sıla-ı rahmin kopmasını istememiş olsun, ya da acele etmemiş olsun.
Hadis-i Şerif
Adalet mülkün temelidir.
Hz.Ömer r.a.

nodirjan

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 32
Re: Duo qiling...
« Javob #14 : 20 Fevral 2007, 12:14:03 »
Xar bir ishda o'zining borligi va birligini namoyon etib qalblarga nurli yo'l solgan Zot Olloh ta'ologa beadad xandu sanolar bo'lsin .Yaratgan egamning diydoriga faqat salim qalb bilan etish mumkinligini bashorat etgan va bu yo'lda insoniyatga namuna bo'lgan habib Payg'ambarimiz Muhammad  alayhissalomga ,uning axli baytlari  va ashobiga salovotu slomlar bo'lsin

 

Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...

Muallif ZiyoBo'lim Madaniyat

Javoblar: 33
Ko'rilgan: 14640
So'nggi javob 15 Noyabr 2010, 22:38:26
muallifi jasur.best
Tassavvur qiling...

Muallif Murod_bekBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 82
Ko'rilgan: 25860
So'nggi javob 12 Noyabr 2010, 16:02:53
muallifi Gabriela
Qo‘y go‘shtini istye’mol qiling...

Muallif FaridaBo'lim Salomatlik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2500
So'nggi javob 03 Fevral 2008, 16:43:55
muallifi Farida
Tort bezashni bilasizmi? Unday bo'lsa tomosha qiling!

Muallif AnsoraBo'lim Tortlar

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 28155
So'nggi javob 22 Fevral 2011, 16:10:31
muallifi Ansora