Duo qiling...  ( 306429 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 57 B

Robiya  06 Yanvar 2009, 11:47:29

Birodarlar! Sizlardan yana bir iltimos.

Hozirgi kunda ko'p muslima dugonalarimiz qiyin ahvoldalar.

Hijobga kirmoqchi bo'lsalar ota-ona, yaqinlar qat'iyan qarshi bo'lishmoqda.
Shunga qaramay ular Allohni aytganini qilishga tayyorlar.

Birodarlar iltimos shu qizlarimiz haqqiga duo qiling, Allohim ota-onalariga, yaqinlariga ham hidoyat bersin.
Qizlarimizni esa haq yo'lda, iymonda, islomda, hijobda sobitqadam qilsin! OMIN.

 Ameen!..

Assalamu alaykum!

Hamisha duodamiz. Allohim, barcha muslima qizlarimizga (shu jumladan o'zimga ham) HIJOBdek farzingni ado etishda sabr bergin. Bu yo'lda ota-onalarimizga , yaqinlarimizga hidoyat, To'g'ri Yo'lni ko'rsatgin... :(

Qayd etilgan

Mahdiyah  06 Yanvar 2009, 11:51:09

Ameen!..

Assalamu alaykum!

Hamisha duodamiz. Allohim, barcha muslima qizlarimizga (shu jumladan o'zimga ham) HIJOBdek farzingni ado etishda sabr bergin. Bu yo'lda ota-onalarimizga , yaqinlarimizga hidoyat, To'g'ri Yo'lni ko'rsatgin... :(

Omin!

Qayd etilgan

Chustiy  07 Yanvar 2009, 12:22:42

Kattalar duo qilganda biz yoshlar hozirgacha qilingan va bundan keyin qilinadigan duolarga Omiyin, Omiyin deb qolamiz.

Qayd etilgan

Muslimа  10 Yanvar 2009, 12:46:01

 :as:
 :bs2:

Allohim!!! So'raguvchimiz, suyanguvchimiz, madadkorimiz yolg'iz O'zingsan! Qiyin ahvolda ham, dunyo ahli bizdan yuz o'girganda ham holimizdan habardorimiz, mehribonimiz O'zingsan! Robbim, Falastindagi musulmonlarga O'zing najot ber! O'tganlarni O'z rahmatingga olgin! Qolganlariga sabr, najot va omonlik bergin! Falastindagi har bir go'dak, yosh bolalarni O'zing asra! Bu beg'ubor qalbli go'daklarni urush dahshati va qo'rquvidan halos et! Onalarga sabr ber! Dushmanlarga O'zing kifoya qil! Amin!

Qayd etilgan

siddiqa  19 Yanvar 2009, 06:41:03

Birodarlar! Sizlardan yana bir iltimos.

Hozirgi kunda ko'p muslima dugonalarimiz qiyin ahvoldalar.

Hijobga kirmoqchi bo'lsalar ota-ona, yaqinlar qat'iyan qarshi bo'lishmoqda.
Shunga qaramay ular Allohni aytganini qilishga tayyorlar.

Birodarlar iltimos shu qizlarimiz haqqiga duo qiling, Allohim ota-onalariga, yaqinlariga ham hidoyat bersin.
Qizlarimizni esa haq yo'lda, iymonda, islomda, hijobda sobitqadam qilsin! OMIN.

 Ameen!..

Assalamu alaykum!

Hamisha duodamiz. Allohim, barcha muslima qizlarimizga (shu jumladan o'zimga ham) HIJOBdek farzingni ado etishda sabr bergin. Bu yo'lda ota-onalarimizga , yaqinlarimizga hidoyat, To'g'ri Yo'lni ko'rsatgin... :(

Amiin..........Robbim har qanday holatda ham to'g'ri yo'l bo'lgan islomdan adashtirma ,Rabbim har ishning hayrlisini ber ,Rabbim tashqi dunyomizni chiroyli hijobla va bu hijobni qalbimizga ham o'ra ,sendan qo'rqguvchi hayoli bandalardan qil.Amiin

Qayd etilgan

Hadija  21 Yanvar 2009, 12:26:06

 :bs1:

 :as:

Allohim, har bir yaratgan bandangni, hoh kofir, hoh zulmkor, hoh osiy bo'lsin barini Iymoning ila, hidoyating ila jazola... Zora shundagina, mazlum-mazlumalarga qanchalik ular u-n tirnoqchalik bo'lsada, mazlumlarga bergan ozorlari u-n Qiyomatgacha o'zlarini azoblab o'tishsa. Allohni borligin bila turib, mo'jizalarini ko'ra turib ko'zlarini yumgan har bir osiy, kofir bandalar To qiyomatgacha, hatto qabrda ham, do'zax o'tidan, Allohdan qo'rqib, yotishishini duo qilib so'riyman. O'lim yetganida, jonlarini olinayotgan paytlarida, har bir mazlumga bergan ozorlari u-n qayta qayta Allohdan kechirib duo qilib so'ray olishlarini Allohdan so'rardim...   

Bu Kofirlarga, bu osiylarga uyat bo'lsin. Bularni yer ko'tarib turganini bila turib Allohga osiylik qilib, dunyo u-n yashayotganlar UYAT bo'lsin, UYAT bo'lsin, UYAT bo'lsin...

(Gaplarim, duolarim kimlargadur og'ir botgan bo'lsa, kimdur tushunmagan bo'lsa uzur so'rayman. Bu duolarim u-n tana toshlarini otmoqchi bo'lsangiz, PM da yozing. Ammo biling yuqorida yozganlarim, ich-ichimdan, qalb qo'rimdan otilib chiqdi.....)

Yo Rabbim, yolg'iz madadkorim, Allohim... Yolg'iz o'zing bilguvchi ko'rguvchi adolat bilan hukm qilguvchi zotsan, o'zing barcha mo'min musulmon, muslima, mazlum va mazlumalaringga madad ber, 2 dunyo saodatidan bahramnd qil. Sabr-toqat. metindek iroda. Eng Eng asosiysi Mustahkam Iymon hamda taqvo ato et. Huzuringga, o'zing suygan, taqvodor qullaring bo'lgan holda bormoqligimizni, pardasiz husningni ko'rmoqlikni, rahmatlaringga sazovor bo'lmoqligimizni nasib et...

Tirnoq ichidan kir qidirib, bekorga urushib yurgan, musulmonlarni kun sayin ezib borayotgan KOFIRlarga o'zing kifoya ber. Qiloyatgan ishlari noto'g'ri ekanligini qalblariga solgin. Yo Alloh, duolarimizni ijobat qil........

Qayd etilgan

Munavvara  21 Yanvar 2009, 16:09:54

Amin, Amin, Amin...

Qayd etilgan

Mr.Twister  24 Yanvar 2009, 19:56:06

Assalamu alaykum.
Bismillahir rohmanir rohim.
Allohim, senga o'zing bilgan adadingcha hamd-u sano, sevikli payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga salot-u salovotlar bo'lsin.
Parvardigoro, o'zing eng mehribon zotsan, biz qullaringni bilib bilmay qilgan gunohlarimizni o'zing kechir. Olamingdagi har bir mo'min-mo'minadan rozi bo'l. Yordamga muhtojlarga, miskinlarga marhamatingni darig' tutma. Tilimizga va dilimizga "La ilaha illaloh, Muhammadun rasululloh" kalimasini muxrlab qo'y. Har bir ishmizni har bir qadamimizni sening noming bilan qo'yadigan solih bandalaringdan qil.
Shayton vasvasasidan, Dajjol fitnasidan o'zing panoh ber. Payg'ambarlar ilmlaridek ilm, sabrlaridek sabr so'rayman. Alloh o'zing eng mehribon va eng quddatli zotsan, har birimizni duolarimizni o'zingning nurli dargohingda qabul ayla. Amin. Allohu akbar.
Allohu akbar. Allohu akbar. Allohu akbar.

Vasalamu alaykum

Qayd etilgan

Munira xonim  23 Fevral 2009, 13:01:37

Assalamu alaykum.
Men butun Muslim va Muslimalarga murojaat qilmoqchiman.
Bu forum ishtirokchilariga ham, ishtirok etmaydiganlarga ham murojaat qilmoqchiman.
Bu forumning har bir a'zosiga bu omonat bo'lsin, kirmaydigan har bir muslim va muslimaga yetkashingizni o'tinib iltimos qilaman....
Dinimiz haqqiga, muslim va muslimalar haqqiga tinmay duoda bo'lishingizni iltimos qilaman.
Tunlari namozlaringizda, yig'lab-yig'lab duo qilishingizni, dinimizni muslim va muslimalarimizni g'ariblikdan qutulishini Allohdan so'rashingizni iltimos qilaman.
Bugunki maktablarda qizlarimizga ichki ishlar xodimlari tomonidan qilingan muomalani ko'rib larzaga keldim, qizlarni ko'zidan oqqan yoshlarga tosh ham erib ketardi, lekin bu insonlar....
Iltimos sizlardan duoda bo'linglar...
O'zingiz uchun, ishingizni o'nglanishi uchun, dasturxoningizni barakasi uchun qanday duoda bo'lsangiz, din uchun, birodarlaringiz haqqi uchun ham shunday duoda bo'linglar.Iltimos.
Allohim Dinimizni g'ariblikdan, muslima va muslimalarimizni g'ariblikdan qutqar.
O'zing har narsaga Qodirsan, Ulug' Diningni dushmanlariga O'zing kifoya qil. Albatta, Sen buyuk Qudrat egasisan!!! Amiyn!!!

Qayd etilgan

siddiqa  23 Fevral 2009, 14:42:57

Amiin .........Rabbim bizlarni to'g'ri yo'lda sobit qil ,sabrimizdan ortig'ini berma ,ishlarimizni hayirli yakunla ,MUSLIMAlarga chiroyli yo'lda ,qarshiliklarni yengishga shijoat ber ... :amn:

Qayd etilgan