Allohim, O'zingga saltaningni buyukligi qadar hamd bo'lsin!
Sen O'zingni buyukliging tarifini keltirganing qadar men seni ulug'lashga ojizman!
O'zingning do'sting, ummatlariga zulmat ko'chalarida ziyo sochgan, Robbisiga Duo qilishni o'rgatgan Ulug' muallim(s.a.v.)ga salot va durudlar bo'lsin, U zotning ahli baytlaridan Alloh rozi bo'lsin!
Robbim o'zingdangina so'raymiz, o'zing har narsaga qodir zotsan, o'zingga xammasi oson, o'zing istamsanh bir ish bo'lmaydi, Robbim!
Allohim, o'zing mo'min-mo'minalarni hibzu-himoyangga ol!
Allohim, o'zingga toza qalb bilan yo'liqishlikni va tog'ri so'z tilini so'raymiz!
Zero, Shuaro surasining 88-89 oyatida aytiladi:"U ku8nda na bola va na mol dunyo foyda berar. Magar Alloh xuxuriga toza dil(qalb) bilan kelgalargagina foyda berar!"
Allohim, inshaAlloh Jannatul Firdavslaringda ham mana shunday diydorlashishni, suhbatlashishni nasibi ro'z ayla, Biz O'zingni rizoliging yo'lida dos'tlashganlardanmiz,Robbim! Zero, "U kunda do'stlar, dushmandirlar, faqat Alloh yo'lida do'stlashganlargina abadiy do'stlardir!"
Duo qilamiz, o'zing amal daftarimizni o'ng tomonimizdan bergin, faqat o'zingni debgina ko'z yosh to'kadigan, kechalari faqatm o'zingni debgina sel-sel yig'laydigan va faqat o'zingdangina hayiqadiganlardan qil!
Allohim, shayton bizni ustimizdan ma'lum onlargina g'olib kelganida, biz sendan uning ustidan asriy onlar to qiyomatga qadar g'oliblikni so'raymiz!
O'zing bizni ikki dunyo saodatiga yetkaz, Allohu akbar, ya Robbil A'lamiyn!