Muallif Mavzu: Duo qiling...  ( 182938 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #150 : 13 Sentyabr 2009, 19:35:13 »
Allohim! Sen bizlarni eng muborak zot-inson qilib yaratding! Bu ismga jismimiz bilan loyiq bo'lishni nasib et!
Qarshimizga chiqqan sinov-imtihonlardan muvaffaqiyat bilan o'tishni, avvalambor o'z nafsimga qarshi kuchli bo'lishni nasib et yo Rabbim!
Ollohim, Payg'ambarimizning ahloqlari bilan ahloqlandir bizlarni!
Biz sening eshigingda tilanchilarmiz, duolarimizni orqaga qaytarma eyy Yaratguvchim!
Sen mening qo'limdan tutmazsang, sen menga yo'l ko'rsatmassang, bu moddiyatga burkangan, nafslarimizni bizni yo'naltirayotgan dunyoda yo'q bo'lib, sening eng sharafli inson, degan zotingga loyiq bo'lishlikdan uzoqlashishim mumkin eyyy SOHİBİM!
Duolari qabul bo'lgan qullaringdan ayla bizlarni ham Allohim!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #151 : 13 Sentyabr 2009, 20:24:27 »
Ey, yer-ko'kni yaratgan Rabbim. Sen bizlarni ham quling sifatida yaratding. Biz sendan so'ramaymizda kimdan so'raymiz. Sendan tilanmaymizda, kimdan tilanamiz. Rabbim, O'zingdan boshqasiga yolvorishdan, tilanishdan biz ojiz qullaringni qo'ri Yo Rabbim. Bizlardan duo kutgan, yuzlarini ko'rgan ko'rmagan barcha dindoshlarimiz haqlarida eng hayirlisini nasib et Yo Rabbim. Ularning Hastalariga shifo, dartlilariga davo, qarzdorlariga yengillik ber Yo Rabbim. Tilimiz va dilimiz bilan senga yo'nalishni nasib et Yo Rabbim. Sen qanchalar buyuksan, qodirsan, sen "bo'l" dedingmi har narsa bo'lar. Men esa sening yaratgan, hatto ojizgina shamolning uchirishga kuchi yetadigan hafif patdan ham hafifman. Nafasimni olishim, berishim ham senga bog'liq ekan, bu dunyoda sening marhamating bo'lmasdan qanday oyoqlarim ustida turay. Tilim va dilimning iplarini sen yech, toki senga yolvora yolvora duo etay, yer-ko'kning haqiqiy hukumdoridan ojiz quling holida sendan ehtiyojlarimni so'ray...

Muhammadali

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 80
  • -oldi: 78
  • Xabarlar: 92
  • Jins: Erkak
  • Har bir tirik jon Allohni zikr qiladi
Re: Duo qiling...
« Javob #152 : 16 Sentyabr 2009, 02:23:52 »
Ey Allohim! Ozing Mo'min va Mo'mina birodarlarimizning gunohlarini kechirgin. Ojizonalik bilan san uchun ramazon oyida ibodat qilayotgan Siddiq va Siddiqa Bandalaringni ibodatlarini dargohinga qabul aylagin. Ibodat qilishga qodir bo'la turib dangasalik qilayotgan bandalaringning qalbida imon nurini ziyoda qilgin. Neki qilsak sani rizoligin uchun qilishimizni nasib aylagin.
«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar-da, bas, (to�g�ri yo�lni) ko�ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-oyat).
Gazzoliy Hazratlari yuqoridagi oyatni sharhini shunday izohlaydi: Alloh taolo qalbning jilosi va ochiqligi zikr bilan hosil bo�lishini va yana bunga faqat taqvodorlargina erishishini aytdi. Taqvo zikr eshigidir, zikr kashf eshigidir, kashf esa katta zafar eshigidir va u Alloh taologa yo�liqish bilan bo�ladigan zafardir.

Muhammadali

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 80
  • -oldi: 78
  • Xabarlar: 92
  • Jins: Erkak
  • Har bir tirik jon Allohni zikr qiladi
Re: Duo qiling...
« Javob #153 : 16 Sentyabr 2009, 02:46:46 »
Ey Allohim O'zbekiston diyorida tugilib osdim, ulg'aydim. Ey Allohim! Ushbu Diyorni o'zbeklar uchun bergan tuzining haqqi hurmati, va ushbu diyordan o'tgan ulug' Aziz Avliyolaring hurmatidan barcha O'zbekiston halqini gunohlarini kechirgin. O'zbekistonni ichidagi va tashqarisidagi O'zbeklarni qiyomat kunida yuzlarini yorug qilgin. Fitnayu fasod kuchaygan bu asrda Ozbeklarimizni iymonini kuchli qilgin. Ey Allohim kimnidur kamsitish va ustidan kulishni sevuvchi bandalaringni o'zing hidoyatga boshlagin. Ey Allohim dil ozorlarga o'zing insof bergin. Ey Allohim Man ojiz bandangni ham faqat sani sevishimni va san uchungina hayrli ishlarda bardavom bolishimni nasib aylagin.
«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar-da, bas, (to�g�ri yo�lni) ko�ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-oyat).
Gazzoliy Hazratlari yuqoridagi oyatni sharhini shunday izohlaydi: Alloh taolo qalbning jilosi va ochiqligi zikr bilan hosil bo�lishini va yana bunga faqat taqvodorlargina erishishini aytdi. Taqvo zikr eshigidir, zikr kashf eshigidir, kashf esa katta zafar eshigidir va u Alloh taologa yo�liqish bilan bo�ladigan zafardir.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Duo qiling...
« Javob #154 : 16 Sentyabr 2009, 07:24:34 »
AMIN AMIN AMIN

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Duo qiling...
« Javob #155 : 16 Sentyabr 2009, 07:34:57 »
Rabbim ,to'g'ri yo'lni ko'rsatgin .........
va adashgan bo'lsak avf et........

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #156 : 17 Sentyabr 2009, 07:28:45 »
Abu Musa al-Esh’ariyning rivoyatlariga ko’ra Rasuli Akram (S.A.V) shunday duo qilar ekanlar:


“Yo Rabb, mening hatolarimni, bilmasdan qilganlarimni, bazi ishlarimda oshirib yuborishimni va Sen’ing mendan juda yaxshi bilgan hollarimni mag’firat ayla. Allohim mening latifalashishlarimni, jiddiy hollarimni, hato va qastdan qilganlarimni, menda bo’lgan hamma narsamni mag’firat ayla”.

Duoni o'qir ekanman, o'ylanib qoldim. Dunyolarga rahmat bo'lb yaratilgan va hatto butun koinot U'ning uchun yaratilgan Payg'ambarimiz "hatolarimni affet" deb duo etar ekanlar, men va menga o'hshagan bandalar nimalar deb, duo qilishimiz kerak ajabo???

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #157 : 19 Sentyabr 2009, 21:06:30 »
Rahmon va Rahim bo'lgan Ollohning ismi bilan...

Allohim, bu yilgi Ramazonning eng so'nggi kun iftoridamiz. Sen ro'zalarimizni qabul et, gunohlarimizni affet. Ro'zamizni Sen'ing uchun tuttik, Sen'ing rizong uchungina och qoldik, insholloh haqqi bilan tutgandurmiz. Keyingi yilgi Ramazonlarga sog'-salomat yetishni, iymonimizni yana ham mustahkam bo'lishini nasib ayla. Omin. 

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #158 : 23 Sentyabr 2009, 00:24:35 »
Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Allohim! Sendan shu ismlaringning haqqi uchun istab, senga yolvoraman:

1. Ey har turli nuqsonli sifatlardan uzoq, butun go'zal ismlarning, ulug'vor va azaliy sifatlarning sohibi va har narsaning haqiqiy ma'budi bo'lgan Allohim!

2. Ey dunyoda do'st va dushman ayirmasdan butun mahluqotni riziqlandirgan Rahmon!

3. Ey ohiratda, itoatkor qullariga mahsus ehson va shafqat ko'rsatadigan Rahim!

4. Ey bo'lganlarni, bo'layotganlarni va kelajakda bo'ladigan hamma narsani bilgan, O'zi'ga koinotda hech bir narsa yashirin qolmagan va ilmi katta-kichik, yashirin-ochiq hamma narsani qoplagan Olim!

5. Ey gunohkor qullarining isyonlariga qaramay, jazolantirishda shoshilmagan, juda sabrli bo’lgan Halim!

6. Ey hamma narsaning O’zi’ning yonida kichkina bo’lgan azomat (buyuklik, ulug’lik) sohibi Azim!

7. Ey hamma narsani joyi-joyida bajargan hikmat sohibi Hakim!

8. Ey borlig’ining boshlang’ichi bo’lmagan va azaldan beri bor bo’lgan Qadim!

9. Ey yolg’iz O’zi’gina boqiy va doimiy bo’lgan, borlig’i va borlig’ining davomiyligi uchun hech narsaga ehtiyoji bo’lmagan va har narsani  oyoqda tutgan Muqim!

10. Ey hayr-ehsoni mo’l bo’lgan, sahovatli, har turli sharaf va fazilatni O’zi’da to’plagan, ishlari maqtovga loyiq, avf etuvchi Karim, Rabbimiz!

Subhonsan ya Rab! Sen’dan boshqa yo’qdir İloh!
Omon tilaymiz Sen’dan, Qo’ri bizni Jahannamdan!


Duolar "Javshani Kabir", Prof. Dr. Davut Ayduzning Arabchadan Turkchaga tarjimasidan O'zbekchaga tarafimdan ojizona tarjima qilindi.  Davomi bor.
« So'nggi tahrir: 23 Sentyabr 2009, 00:59:51 muallifi Kapalak »

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #159 : 23 Sentyabr 2009, 00:37:34 »
1.   Ey Sayyidlarning Sayyidi,
2.   Ey butun duolarga javob bergan,
3.   Ey butun foydali, nurli, savobli (hayirli) amallarni va butun go’zal ishlarni (hasenat) muhofaza etgan va haqqini bergan,
4.   Ey darajalarni, martabalarni, maqomlarni yuksaltgan,
5.   Ey ohiri yo’q rahmati bilan moddiy va ma’naviy ne’matlarga barakot ehson etib orttirgan,
6.   Ey xato va nuqsonlarni avf etgan,
7.   Ey butun balolarni uzoqlashtirgan,
8.   Ey butun mavjudotning katta-kichik, yashirin-ochiq butun ovozlarini bir-biriga aralashtirmasdan birdaniga eshitgan,
9.   Ey butun mahluqotning istaklarini bergan,
10.   Ey sirli va yashirin hamma narsani bilgan Rabbimiz!

Subhonsan ya Rab! Sen’dan boshqa yo’qdir İloh!
Omon tilaymiz Sen’dan, Qo’ri bizni Jahannamdan!
[/b]

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #160 : 23 Sentyabr 2009, 00:53:21 »
1.   Ey mag’firat etganlarning eng hayirlisi,
2.   Ey yordam etganlarning eng hayirlisi,
3.   Ey adolat bilan hukm etganlarning eng hayirlisi,
4.   Ey hukm etganlarning eng hayirlisi,
5.   Ey yod etganlarning va edilganlarning eng hayirlisi va O’zi’ni zikr etib unutmaganlarga eng yaxshi javobni bergan,
6.   Ey O’zi’dan boshqa hamma narsa yo’q bo’lgan, hamma narsa foniy bo’lgandan keyin Boqiy qolgan va qullarining sohib bo’lganlari narsalari- faqat O’zi’gagina yolvorish bo’lgan,
7.   Ey O’zi’ga hamd etganlarni eng go’zal shaklda mukofotlandirgan,
8.   Ey rizqni mo’l va takror, takror bergan,
9.   Ey haq bilan hurofotni ayirib bularni buyurganlarning eng hayirlisi,
10.   Ey ehsonidan ortiq ehson bo’lmagan, ehson qilganlarning eng hayirlisi Rabbimiz!

   Subhonsan ya Rab! Sen’dan boshqa yo’qdir İloh!
   Omon tilaymiz Sen’dan, Qo’ri bizni Jahannamdan!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #161 : 23 Sentyabr 2009, 09:21:16 »
1.   Ey izzat va go’zalliklarning haqiqiy sohibi,
2.   Ey saltanat va azimlikning haqiqiy sohibi,
3.   Ey qudrat va kamolining, mukammallikning haqiqiy sohibi,
4.   Ey ulug’larning eng ulug’i va yolg’iz O’zi’gina ulug’ bo’lgan,
5.   Ey jazosi juda dahshatli, azobi o’ta shiddatli bo’lgan,
6.   Ey jazosi shiddatli bo’lgan,
7.   Ey hisob-kitobni sur’atli ko’rgan,
8.   Ey qatida eng go’zal mukofotlar bor bo’lgan,
9.   Ey har narsa yozilgan kitob yonida bo’lgan,
10.   Ey yomg’ir yuklangan bulutlarni yaratib, ko’klarga yuksaltgan Rabbimiz,
   
   Subhonsan ya Rab! Sen’dan boshqa yo’qdir İloh!
   Omon tilaymiz Sen’dan, Qo’ri bizni Jahannamdan!
[/b]

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #162 : 23 Sentyabr 2009, 09:40:35 »
1.   Ey takror takror marhamat etgan, O’zi’dan yuz o’girganga yo’nalgan Hannon,
2.   Ey yaxshilik va ehsoni mo’l ne’mat bergan Mannon,
3.   Ey qullarini qilgan amallariga ko’ra hisobga tortgan va hech bir amalini zoye’ etmasdan bularning javobini bergan Dayyon,
4.   Ey qullarining gunohlarini avf etib, ko’zlardan yashirgan G’ufron,
5.   Ey qullariga Haq va to’g’ri yo’lni ko’rsatgan, O’zi’ning va koinotdagi hamma narsaning borlig’iga dalil bo’lgan Burhon,
6.   Ey hokimiyat va saltanatning haqiqiy sohibi Sulton,
7.   Ey butun kamchilik va nuqson sifatlardan uzoq, turli-tuman go’zallik va mukammalliklarning sohibi Subhon,
8.   Ey hamma O’zi’dan madad so’raydigan-Mustean,
9.   Ey yaratganlarini so’ngsiz ne’matlari bilan oziqlantirib ulg’aytirgan va qullariga fikrlarini anglata olish kuchi bergan va maqsadini eng to’g’ri shaklda bildirgan, Zu’l-Menni ve’l-Bayon,
10.   Ey har turli qo’rquv va tahlikaga qarshi yaratilganlarga ishonch, huzur va rohatlik ehson etgan Omon,

Subhonsan ya Rab! Sen’dan boshqa yo’qdir İloh!
Omon tilaymiz Sen’dan, Qo’ri bizni Jahannamdan!



saltanat

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 910
  • -oldi: 259
  • Xabarlar: 259
  • O'zingdan o'zgaga muhtoj qilmagin Robbim.
Re: Duo qiling...
« Javob #163 : 23 Sentyabr 2009, 14:01:52 »
Uzr aziz forumdoshlar bu bo'limni shartlaridan biroz chiqqanim uchun, lekin yordamlaringiz kerak, shu sabab shu yerga yozyapman.Payg'ambarimiz s.a.w. saxobalarga "gunohsiz og'izlaringiz bilan duo qilinglar" degan ekanlar, musulmonlarning gunohsiz og'izlari musulmon birodarlarining og'izlari ekan.Xox ishoninglar xox yo'q eshitib lol bo'b qoldim mani do'stlarimning naqd 3talarini oilalari buzilay deb turibdi ekan.Er-xotinlar urishmagan o'rtalarida bolalari bor, lekin 3chi odamning aralashib  janjal chiqarishi natijasida oila buzilizh arafasida ekan.Aziz birodarlar shu uch oilaga g'oibona duo qilinglar Allohim bularning oilasini saqlab qolsin,kelinlar bolalarini olib ota uylariga ketib qolishgan ekanlar, yana er-xotinlar birga yashab ketsinlar, o'rtada janjal chiqargan 3chi odamlarga ham Allohim insof bersin, yana bir bor iltimos ularning haqlariga chin dildan duo qilinglar.
Allohning do'stlari Alloh emasdur,
Vale Allohimdan begonamasdur!
Hidoyat yo'lidan adashtirmagin ey Mehribonim.

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Duo qiling...
« Javob #164 : 23 Sentyabr 2009, 17:49:53 »
Uzr aziz forumdoshlar bu bo'limni shartlaridan biroz chiqqanim uchun, lekin yordamlaringiz kerak, shu sabab shu yerga yozyapman.Payg'ambarimiz s.a.w. saxobalarga "gunohsiz og'izlaringiz bilan duo qilinglar" degan ekanlar, musulmonlarning gunohsiz og'izlari musulmon birodarlarining og'izlari ekan.

Bu xadisni birinchi marta eshitib turibman, saxihmi?

Uzr aziz forumdoshlar bu bo'limni shartlaridan biroz chiqqanim uchun, lekin yordamlaringiz kerak, shu sabab shu yerga yozyapman.Payg'ambarimiz s.a.w. saxobalarga "gunohsiz og'izlaringiz bilan duo qilinglar" degan ekanlar, musulmonlarning gunohsiz og'izlari musulmon birodarlarining og'izlari ekan.Xox ishoninglar xox yo'q eshitib lol bo'b qoldim mani do'stlarimning naqd 3talarini oilalari buzilay deb turibdi ekan.Er-xotinlar urishmagan o'rtalarida bolalari bor, lekin 3chi odamning aralashib  janjal chiqarishi natijasida oila buzilizh arafasida ekan.Aziz birodarlar shu uch oilaga g'oibona duo qilinglar Allohim bularning oilasini saqlab qolsin,kelinlar bolalarini olib ota uylariga ketib qolishgan ekanlar, yana er-xotinlar birga yashab ketsinlar, o'rtada janjal chiqargan 3chi odamlarga ham Allohim insof bersin, yana bir bor iltimos ularning haqlariga chin dildan duo qilinglar.

InshaAlloh, Robbim O'zingdan faqat ikki dunyo saodatini, yaxshilik va hayirlik halol ne'mat va risqingni tilaymiz. Allohim, ya Robbial A'lamin, barcha ish va yumushlar saning hikmating va bandalaring foydasigadur. O'zing bu opamizning birodarlarini buzmoqchi bo'lgan insonga insof va tavfiq bergin.
Ilohim, Go'zal iymon, kuchli taqvo ila bu ishlarining jazosini ber... Iymon lazzatidan totib qilayotgan ishlarining naqadar yomon ekanligini qalblariga bildir. U oilalarni esa O'zing mustahkam qil. Norasidalarni otasiz yoki onasiz tirik yetimlardan qilmagin. Ota-onalarining baxtiga sog'-salomatlik, tinchlik va omonlikda go'zal islomiy oila va husni hulq ila voyaga yetmoqliklarini nasib ayla.
O'zing duolarimizni ijobatini maqbul aylab. Niyatlarimiz va amallarimizni, O'z huzuringda maqbul bo'ladigani, dunyo va ohiratimizga foydasi tegib, ikki dunyo saodatiga erishtirguvchi, hayirli va afzal ne'mat, niyat va amallarimizni nasib ayla. Hayirsizidan yiroq qil Robbim.
O'zing yolg'iz O'zinggagina talpinuvchilarni sevguvchi duo qilganlarning esa duolarini ijobat qilishni sevguvchi zotsan. O'zingga tavakkul qilib qurilgan u oilalarni O'z rahmating ila nurlantir va to'ldirgin Robimm...
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

 

Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...

Muallif ZiyoBo'lim Madaniyat

Javoblar: 33
Ko'rilgan: 16007
So'nggi javob 15 Noyabr 2010, 22:38:26
muallifi jasur.best
Tassavvur qiling...

Muallif Murod_bekBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 82
Ko'rilgan: 28170
So'nggi javob 12 Noyabr 2010, 16:02:53
muallifi Gabriela
Qo‘y go‘shtini istye’mol qiling...

Muallif FaridaBo'lim Salomatlik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2746
So'nggi javob 03 Fevral 2008, 16:43:55
muallifi Farida
Tort bezashni bilasizmi? Unday bo'lsa tomosha qiling!

Muallif AnsoraBo'lim Tortlar

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 29391
So'nggi javob 22 Fevral 2011, 16:10:31
muallifi Ansora