Duo qiling...  ( 185010 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 57 B


registan  14 Oktyabr 2009, 18:42:06

Bolalar tilidan taom duosi:

http://video.google.com/videoplay?docid=6192895827814042491#docid=7418874515433461731

Qoyil chuda chiroyli. Manga "Minik dualar" guruhining "Bir ismin Ahmed efendim" va "Minik adimlar" qo'shiqlari juda yoqadi.

Qayd etilgan


Ansora  14 Oktyabr 2009, 18:54:09

Bu ham Allohga shukr aytib duo qilgan qo'shiqlari:

http://video.google.com/videoplay?docid=-7331562611549485744#

Qayd etilgan


Mr.Twister  14 Oktyabr 2009, 23:50:28

 :bsm:
 Allohim, senga o`zing bilgan adadingcha hamd-u sanolar bo`lsin, Muhammad (s.a.v.) janob-u oliylariga salot-u salovatlar bo`lsin. Yo qodir zot, o`zing eng buyuk va eng mehribonsan, biz ojiz bandalaringning bilib bilmay qilgan gunohlarimizni kechir. Har bir mo`min - mo`mina, muslim-muslimadan rozi bo`lgin, Allohim, yurtimizning, vatanimizning tinchligi, obodligi uchun senga shukurlar aytaman, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo`lsin. Ig`vo, fitna va g`iybat-u tuhmatdan bizni o`zing asra. Dilimizga o`zingning buyuk kalimalaringni muhrlagingki, bu kalimalar 2 dunyoda ham doim yodimizda va tilimizda bo`lsin. Zero, sen eng buyuk va mehribon zotsan.
Yo Allohim, bizni shayton vasvasasidan, Dajjol fitnasidan, har xil ofatdan o`zing asra. Bizni shukur qilguvchi bandalaringdan qilgin. O`qishlarimiz va ishlarimizga rivoj ber. Sen eng buyuk va eng mehribon zotsan.
Omin, Allohu akbar, allohu akbar, Allohu akbar

Qayd etilgan


Robiya  02 Noyabr 2009, 16:26:24

 :as:


Qadrdonlarim, birodarlar, ayni damda duolaringizga juda muhtojman!

 Iltimos, qo'l ochib duo qilayotgan chog'ingizda, kamina singlingizni ham unutmang...

Alloh rizoligi uchun...

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Noyabr 2009, 11:16:51

:as:


Qadrdonlarim, birodarlar, ayni damda duolaringizga juda muhtojman!

 Iltimos, qo'l ochib duo qilayotgan chog'ingizda, kamina singlingizni ham unutmang...

Alloh rizoligi uchun...


ALLOH SIZNING BARCHA MUSHKULLARINGIZNI ONSON QILSIN!
ALLOH SIZNI BARCHA SHAR'IY NIYATLARINGIZGA YETKAZSIN!
ALLOH SIZNI SO'RAGAN BARCHA DOULARINGIZNI QABUL QILSIN.
ALLOH SIZNI IYMONINGIZNI MUSTAHKAM, TAQVODOR, SOLIH BANDALARIDAN QILSIN


OMIN!

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Noyabr 2009, 11:25:48

Bir hakimdan so'rashgan ekan: "Bizlar duo qilamiz, lekin duolarimiz ijobat bo'lmaydi. Alloh taolo: "Menga iltijo-duo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman", deb aytgan-ku?" deb. Hakim aytibdi: "Sizlarda yetti xislat duolaringizning ijobatini man' qiladi". "Qaysi xislatlar?" deb so'rashdi. Aytdi:

"Sizlar Rabbingizni g'azablantirasizlar, ammo Uning rizosini talab qilmaysizlar, ya'ni, Allohning g'azabi vojib bo'ladigan ishlaringga pushaymon qilmaysizlar.

Bizlar Allohning bandalarimiz, deysizlar. Ammo bandaning ishini qilmaysizlar, ya'ni, banda xo'jasi buyurganni bajaradi va Uning amridan chiqmaydi.

Sizlar Qur'onni o'qiysizlar, lekin unga ergashmaysizlar, ya'ni, tafakkur va ta'zim bilan o'qimaysizlar, buyruqlariga amal qilmaysizlar.

Biz Muhammad (S.A.V.)ning ummatlarimiz, deysizlar-u, u kishining sunnatiga amal qilmaysizlar, ya'ni, sizlar odatlarga va rasm-rusumlarga amal qilib, sunnatga ergashmaysizlar.

Sizlar dunyoni yalang'och deb aytasizlar, ammo unga ishonib qolgansizlar.

Sizlar harom va shubhali luqma yeysizlar. U ikkovidan qaytmaysizlar.

Oxirat dunyodan yaxshiroq, deysizlar, lekin oxirat talabida harakat qilmaysizlar va oxiratdan ko'ra dunyoni ko'proq xohlaysizlar".


Qayd etilgan


registan  09 Noyabr 2009, 17:52:52

Qaerdadir o'qigandim:

Uch narsa ayniqsa ayanchlidir:
1. Yoshlikda kambag'allik;
2. Safarda betoblik;
3 Muhtojlikda arz.

Ya Alloh uchchala turdagi insonlarning ham o'zing mushkullarini oson qilgin.

Qayd etilgan


habar  09 Noyabr 2009, 17:54:52

Qaerdadir o'qigandim:

Uch narsa ayniqsa ayanchlidir:
1. Yoshlikda kambag'allik;
2. Safarda betoblik;
3 Muhtojlikda arz.

Ya Alloh uchchala turdagi insonlarning ham o'zing mushkullarini oson qilgin.
:amn:, :amn:, :amn: Dindosh brodarim.

Qayd etilgan


Abdullоh  09 Noyabr 2009, 18:44:08

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar. Men bu mavzuda kamdan-kam yozib turaman. Bilmadim, ozgina kibrliligim sabablimi yoki boshqa narsa bu mavzuda post qoldirishga ehtiyojim yo'q deb o'ylardim. Endi hammasini tushunib yetdim, Hamma narsa ham bandasi xohlagandek bo'lmas ekan. Hammasi ham bizning foydamizga bo'lavermas ekan. Men shularni tushunib yetmoqdaman. Allohim, menga shu paytgacha ko'plab muvaffaqiyatlar berdi, omadlar berdi. men-chi, men bo'lsa chala-chulpa o'qigan namozim va tutgan ro'zam bilan o'zimcha Allohga qullik qilayapman deb o'ylardim. Ha, men tan olaman, kibrga berildim. Bir do'stim aytardi, inson johiliyatga ketib qolmasin ekan deb. Buni nima bilan atash mumkin bilmadimu, o'zimdan-o'zim hafa bo'lib ketyapman. Ya Alloh, meni o'zing kchir, qilgan gunohlarimni o'zing kafforatingga olgin. Menga, shaytonning vasvasisadan uzoq bo'lishni va o'zingning rahmatingga yaqin bo'lishni nasib ayla.

Forumdoshlar, ko'pchilikning duosi qabul deyishadi, sizlar ham kaminani duolaringda qo'shib yuboringlar.

Ko'p ishlar bo'lib, o'tdi. O'tgan o'tib ketdi, deb ko'z yumib ketishga harakat qilaman-u, bu bilan o'zimni aldayotganday bo'laman. Nima qilishimni ham bilmayman. Yolg'iz yaratagandan, hammasi uchun kechirishini so'rab yolvoraman. Shuni tushunib yetdimki, inson har doim duoga muhtoj ekan...

Qayd etilgan


Ansora  09 Noyabr 2009, 18:51:27

Eng buyuk ne'matlardan biri: ojizligimizni qabul qilishimiz va duo qila olishimiz, bo'lsa kerak....

Rabbim barchamizga Alloh tomon yo'nalgan bir-birindan chiroyli  duolarda ushrashishni nasib qilsin iloyim...

Qayd etilgan