Muallif Mavzu: Duo qiling...  ( 181476 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Shokirbek

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 104
  • -oldi: 459
  • Xabarlar: 97
  • Jins: Erkak
Re: Duo qiling...
« Javob #195 : 16 Noyabr 2009, 23:47:39 »
Munira xonim, siz loloni boshqacha tushunibsiz.
U musulmon musulmon haqiga hali so'ramasdan duo qilishini inkor qilayotgani yo'q.
Hozirgi masala - bir mo'min ikkinchi mo'minga xitob qilib "duo qiling mening haqimga" deyishi haqida. Bunda esa ba'zi sahobalardan bu ishni kareh ko'rganligi (yaxshi emas deganlari) rivoyat qilinadi. Sahobalardan Umar ibn Xattob, Sa'd ibn Abi Vaqqos, Huzayfa ibn Yamon, Zayd ibn Vahb Juhaniy raziyallohu anhumlar bunday qilishni xohlamas edilar, birovlar ularga shunday xitob qilishsa g'ashlari kelar edi. Mashhur tobeinlardan bo'lgan imom Ibrohim Naxaiy "Ular (ya'ni sahobalar) bir-birlari bilan suhbatlashib o'tirar edilar, birovlari ikkinchilariga "men haqimga istig'for ayting, duo qiling" demas edilar" deydilar.

Lekin, ba'zilar bu borada imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisga suyanishadi. Unda payg'ambarimizning hazrati Umarga qarab "Uka, duoingizda unutmang bizni" degan so'zlari naql etiladi. Lekin ulamolar sanadini zaif deyishgan, shuning uchun ko'pchilik ulamolar bu hadisni hujjat sifatida olishmaydi. Agar sobit bo'lganida hazrati Umarning o'zlari bu ishni yomon ko'rmas edilar, deyishadi.

Ko'pchilik ulamolar yuqorida kelgan dalillarni tahlil qilishib, "bu narsani odat qilib olish bo'lmaydi, aslida qilinmagani yaxshi, lekin birov shunday qiladigan bo'lsa, bundan o'sha "duo qiling" deyilayotgan odamni ham duo ibodatiga chorlayotgan bo'lsa, yaxshi. Unday bo'lmasa, sahobalar yoqtirmagan ishni qilipti" deyishadi.
Yuqoridagi man' (qaytariq)dan duosi ijobat ekani aniq dalil bilan sobit bo'lgan Uvays Qaraniy (imom Muslim sahehlarida kelgan) istisnodir, deydilar. Chunki, payg'ambarimiz u haqda gapirib, "qaysingiz uchrashib qolsangiz undan istig'for so'rang" dedilar.

Abu Dovudda kelgan hadisni hujjat qilib, duo so'rasa joiz degan ulamolar ham bor.



Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Duo qiling...
« Javob #196 : 16 Noyabr 2009, 23:53:28 »
Assalamu alaykum.
Shokirbek, rahmat. Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Haqiqatan men boshqacha tushunibman, siz ko'rgan tomonlarni ko'rmabman.
lolo, sizdan uzr so'rayman.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Duo qiling...
« Javob #197 : 20 Noyabr 2009, 17:10:56 »
 :as:

Duo va iftorlik mahalda kamina haqqigayam duo qilsangiz, shoyadki sizlaning duolari ijobati O'ziga yaqinlik qurbat hosil qilguvchilar safidan joy olishni nasib etsa...

Муҳаммад Соҳиб

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 364
  • -oldi: 1816
  • Xabarlar: 807
  • Jins: Erkak
  • Аллоҳ иймонимиздан айирмасин
Re: Duo qiling...
« Javob #198 : 20 Noyabr 2009, 17:24:38 »
Bu mavzuda bir-birimiz haqqimizga duolar qilaylik, chunki birodarlarni bir-biriga qiladigan duosi juda hayrli hisoblanadi. Biron duo qilishni so'rashlik, "Duo qiling!", "Duoizga muhtojman?!" deyishlik islom aqidasiga to'g'ri kelmaydi. Bir sahobiyni yonlariga bir tobe'in kelib so'raganakanla duo qilishini, shunda haligi sahobiy javob berganakanla: "Man payg'ambarmanmi, duo qilishimni so'rayapsan?!" Biz faqat Robbimizdangina so'raylik, muhtoj bo'lish ham faqatgina Robbimizdan bo'lsin. Zero faqat Allohgina hojatbaror Zot!

Alloh barchamizga foydali ilm, maqbul amal va halol rizq bersin!
  :amn:

Олаа!
Гап акидага караб кетиб колибди-ку! Хаа, сиз шу кадар дуо килишга хасис булсангиз, шу акидангизга пакат узингиз амал килаверинг. Узи шундок хам одамлар жудааа бир-бирига мехрибон эмас. Сиз булса шу озгина мехрга сабаб булиб турган катта омилдан мусулмонларни айирасиз-а!

Муҳаммад Соҳиб

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 364
  • -oldi: 1816
  • Xabarlar: 807
  • Jins: Erkak
  • Аллоҳ иймонимиздан айирмасин
Re: Duo qiling...
« Javob #199 : 20 Noyabr 2009, 17:26:31 »
:as:

Duo va iftorlik mahalda kamina haqqigayam duo qilsangiz, shoyadki sizlaning duolari ijobati O'ziga yaqinlik qurbat hosil qilguvchilar safidan joy olishni nasib etsa...

Аллох сизни узи севган бандалар каторига олиб, мусулмон уммати учун энг буюк бахт булган Жаннати ато этсин.
Хар икки дунё саодатига гузал лутф билан етиштириб куйсин! Амийн

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Duo qiling...
« Javob #200 : 20 Noyabr 2009, 18:56:37 »
Alloh taolo gunohlarimizni mag'firat etsin, oralarimizni yaxshi tomonga isloh qilsin, zarracha bo'lsa ham kibrdan xalos etsin, badgumonlikdan yiroqlashtirib, o'zaro samimiyatimizni ziyoda aylasin! Omin...
Dil ba Yoru, dast ba kor.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #201 : 21 Noyabr 2009, 14:08:14 »
Bizni oyoqda tutgan narsalardan biri bir-birimizga qilgan duolarimizdir.

Chiroyli Duolarda bir-birimizni eslash niyati ila....

Bir inson duosida "shu insonga shuni ato qilgin", deb do'sti-birodari uchun duo qilar ekan, farishtalar ham "senga ham bo'lsin, senga ham bo'lsin" deb turishar ekan.....

Ulugbek-Uz

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 206
  • -oldi: 261
  • Xabarlar: 533
  • Jins: Erkak
  • Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil...
Re: Duo qiling...
« Javob #202 : 23 Noyabr 2009, 17:29:36 »
 :as:Эртага нуфузли бир танловда “имтиҳон”дан ўтаман. Дуо қилиб туринглар, уялиб қолмайдиган даражада топшириб чиқай!
Har kimki bir ko'ngli buzuqning xotirin shod aylagay, oncha borkim Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay....

Ziyovuddin

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 3510
  • -oldi: 813
  • Xabarlar: 685
  • Jins: Erkak
Re: Duo qiling...
« Javob #203 : 23 Noyabr 2009, 18:00:01 »
Alloh mushkulingizni oson qilsin.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #204 : 23 Noyabr 2009, 18:49:28 »
:as:Эртага нуфузли бир танловда “имтиҳон”дан ўтаман. Дуо қилиб туринглар, уялиб қолмайдиган даражада топшириб чиқай!


Alloh qulog'ingizga "pichirlagan" farishtalari bilan yordam etsin inshalloh....

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #205 : 24 Noyabr 2009, 13:16:24 »
Eyyy qullariga shukr etishni amr etgan Allohim!

Ota-onalarimizga yaxshilik qilishni buyurgan Rabbim!

Meni 9 oy qornida toshigan onamni, hayotga kelishimga sababi vasila bo'lgan otamni mag'firat ayla!

Meni ularga yaxsiliklar qilib, haqlarini ado etishim uchun tabassum to'la yuz, shirin til bilan qalblarini eritishni nasib ayla Yo Rabbim!

Ona quchog'idan, ota o'chog'idan, hayirli duo va niyozlardan mahrum etma Yo Rabbim!

Ota-onamga qarshi kelishdan, hurmat va izzatda qusur ko'rsatishdan Sen'gagina sig'inaman Yo Rabbim!

Huzuringda mendan shikoyatlariga sabab bo'lib qolishdan, shu yorug' olamda ko'ngillarni og'ritishdan faqat Sen'gagina sig'inaman Yo Rabbim!

Jannatim- ota-onamning oyoqlarining ostida, baxt-saodatim esa- rizoliklaridadir,men ularning rizosini qozonmoq istayman Yo Rabbim!

Menga bu yo'lda yor va yordamchi bo'lishingni tilayman, Sen qabul ayla Yo Rabbim!

Ularni har ikki jahonda aziz ayla, hayir duolarini esa bizlardan yiroq etma Yo Rabbim!
 


(Ota-onamni juda sog'indim, ular uchun qilgan barcha duolarimizni Alloh qabul aylasin insholloh)

« So'nggi tahrir: 24 Noyabr 2009, 13:20:28 muallifi Kapalak »

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Duo qiling...
« Javob #206 : 24 Noyabr 2009, 22:23:48 »
"Birodaring haqqiga begunoh til bilan duo qil, rad bo'lmaydi. Ya'ni sening tiling uning haqqiga gunoh qilmagan, uning tili sening haqqinga gunoh qilmagan bo'lsin. Birodarning birodarga duosi shu tarzda bo'lishi kerak".

Xoja Ali Romitaniy.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Duo qiling...
« Javob #207 : 25 Noyabr 2009, 13:32:08 »
Rabbim, yaqinlashayotgan Qurbon Bayramimizni qalb huzuri bilan to'la holda, yaqinimizdagi Mo'min-Musulmon qardoshlarimiz bilan xush kayfiyat ichida qutlashni nasib et!

Yordamga ehtiyoji bo'lgan birodarlarimizga moddiy-ma'naviy yordam berib, senga yana ham yaqinlashishni bizlarga ham nasib et Yo Rabbim!

Bu Qurbonni faqat sening rizong uchun so'yib, mukofotini yana faqat sendangina kutishni nasib ayla Yo Rabbim....

Umlarida Qurbon kesmaganlarga haloli bilan so'yishni, so'yayotganlarga esa davomini nasib ayla Yo Rabbim!
« So'nggi tahrir: 06 Dekabr 2009, 20:48:30 muallifi Kapalak »

Muhyiddin

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 354
  • -oldi: 297
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • Yo nasib...
Re: Duo qiling...
« Javob #208 : 05 Dekabr 2009, 20:06:53 »

Iymon uchun qayg’urayotganlarga Alloh nusrat bersin!
Vatan uchun qayg’urayotganlarga Alloh zafar bersin!
Qiyin ahvolda qolganlarga Alloh chiqarga yo’l bersin!
Zolimlarga Alloh insof bersin!
Ko’ngil uchun, muhabbat uchun qayg’urayotganlarga Alloh rahm qilsin
va istaganlarini bersin...
Omin...
« So'nggi tahrir: 06 Dekabr 2009, 11:28:55 muallifi uzmus »
Dil ba Yoru, dast ba kor.

Муҳаммад Соҳиб

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 364
  • -oldi: 1816
  • Xabarlar: 807
  • Jins: Erkak
  • Аллоҳ иймонимиздан айирмасин
Re: Duo qiling...
« Javob #209 : 06 Dekabr 2009, 00:11:10 »
Juma kuni edi... Imom namozdan avval maveza qilayotgan edi. Imomga birlari xat olib keldi. Undagi murojaatni imom jamoatga eshittirdi. Xatda Allohning yölida toatda yurgan farzand otasi uchun duo qilinishini jamoatdan sörabdi... Ya'ni "BIRODARLAR DUO QILING, OTAMIZNI ALLOH NAMOZGA EGIB QÖYSIN"... Jamoatdagilar yig'ladi...va duo qildilar...    Birodarlar duo qilaylik keksaygan otalarning ma'siyatdagi achinarlik holatlari uchun kuyinib farzandlar emas, yoshligan Xaqqa tobe jigargösha bölishini suyunib otalar Allohdan iltijo ila sörasinlar. Mehribon Robbimiz uziga iymon keltirgan har jonni hidoyatidan mahrum qilib qöymasin. Amiyn!

 

Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...

Muallif ZiyoBo'lim Madaniyat

Javoblar: 33
Ko'rilgan: 15877
So'nggi javob 15 Noyabr 2010, 22:38:26
muallifi jasur.best
Tassavvur qiling...

Muallif Murod_bekBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 82
Ko'rilgan: 27778
So'nggi javob 12 Noyabr 2010, 16:02:53
muallifi Gabriela
Qo‘y go‘shtini istye’mol qiling...

Muallif FaridaBo'lim Salomatlik

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2710
So'nggi javob 03 Fevral 2008, 16:43:55
muallifi Farida
Tort bezashni bilasizmi? Unday bo'lsa tomosha qiling!

Muallif AnsoraBo'lim Tortlar

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 29308
So'nggi javob 22 Fevral 2011, 16:10:31
muallifi Ansora